11 biologiya olimlari va ularni qilgan ishini ko'rip chiqamiz
Kun uzunligi (fotoperiod)
Download 3.06 Mb.
|
11-SINIF QISQARTIRILGAN VARIANT
Kun uzunligi (fotoperiod) o‘simlik va hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Fotoperiod kun uzunligi bo‘lib, u yil fasllari bilan belgilanadi. Kun uzunligining o‘zgarishi natijasida yil fasllarining almashinishi sodir bo‘ladi.
Kun uzunligi organizmlardagi fiziologik jarayonlar va mavsumiy bioritmlar uzviyligini belgilovchi omil sanaladi. Kun uzunligining o‘zgarishi o‘simliklar va hayvonlar uchun signal vazifasini bajaradi. Bu omil o‘simliklarning o‘sishi, gullashi, meva tugishi, xazonrezgilik, tinim davriga o‘tish kabi muhim biologik jarayonlarni boshqaradi. Hayvonlarning tullashi, migratsiyasi, ko‘payishi ham kun uzunligi bilan belgilanadi. faolligi sutkaning yoritilganlik darajasiga bo‘g‘liq. Kunduzgi hayvon turlari ko‘pchilikni tashkil etadi (asalari, qaldirg‘och, quyon), ularning hayotiy faoliyati sutkaning yorug‘ vaqtida faol kechadi. Tungi hayvonlar (bo‘ri, ukki, chirildoq, suvarak) tunda faol harakatlanib, oziq izlaydi. Kechqurungi hayvonlar (ko‘rshapalak, may qo‘ng‘izi) o‘z faoliyatini quyosh botgan g‘ira- shira vaqtda boshlaydi. Hayvonlarning rang ajrata olish qobiliyati ham sutkaning qaysi vaqtida faol bo‘lishiga bog‘liq. Yirtqich sutemizuvchilar, yirtqich qushlar ranglarni farq qilmaydi, kunduzgi hayvonlardan primatlar, to‘tiqushlar, kolibrilar ranglarni ajrata olish qobiliyatiga ega. Yer yuzining turli kengliklarida kun uzunligi bir xil emas. Ekvatorda kun uzunligi yil davomida deyarli bir xil, taxminan 12 soatni tashkil etadi. Ekvatordan qutblarga borgan sari kun uzunligi yil fasllariga qarab farqlanadi. O‘simlik va hayvonlarning o‘sishi, rivojlanishi kun uzunligiga bog‘liq. Bu hodisa fotoperiodizm deyiladi. Fotoperiodizm kun uzunligining mavsumiy o‘zgarishlariga nisbatan tirik organizmlarning javob reaksiyalari hisoblanadi. Fotoperiodizm yorug‘likning intensivligiga emas, balki sutkaning yorug‘ va qorong‘i vaqtlarining almashinish davriyligiga bog‘liq. Fotoperiodizm tirik organizmlardagi morfologik, fiziologik, biokimyoviy jarayonlarning kun Kun uzunligiga nisbatan javob reaksiyasiga ko‘ra o‘simliklar ekologik guruhlarga ajratiladi. Download 3.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling