11-bob. Matlab dasturida grafiklar qurish. O ’quv modullari
Download 1.6 Mb. Pdf ko'rish
|
matlab grafik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-§. Animatsiyani bajarish vositalari. O ’quv modullari
11-BOB. MATLAB DASTURIDA GRAFIKLAR QURISH. O ’quv modullari Matlabda animatsiya vositalari, Diskreptorli grafika, Foydalanuvchi interfeysini yaratish, O b ’ektlar diskreptorlari, GUI with Uicontrols, GUI with Axes and Menu, Modal Question Dialog. MATLAB tizimiga terminal ekranida 2D va 3D grafikani va taqdimot grafik vositalarini qo'llab-quvvatlaydigan kuchli grafik quyi tizim kiradi. Grafik ob'ektlar bilan ishlashning bir necha darajasini ajratish kerak. Avvalo, bu oxirgi foydalanuvchiga yo'naltirilgan va to'rtburchaklar va qutb koordinatalarida, gistogrammalarda va chiziqli jadvallarda, uch o'lchovli sirtlarda va darajadagi chiziqlarda, animatsiya uchun grafikalar yaratish uchun mo'ljallangan buyruqlar va funksiyalar. Yuqori darajadagi grafik buyruqlar avtomatik ravishda masshtabni, ranglarni tanlashni, grafik ob'ektlarning xususiyatlarini manipulyatsiya qilishni talab qilmasdan boshqaradi. 1-§. Animatsiyani bajarish vositalari. O ’quv modullari Kramer qoidasi, determinant, teskari matritsa usuli, Gauss usuli, augment, rref, cols.. Matlabda animatsiya vositalariga doir bir nechta komandalar mavjud.Ulardan biri, nuqtaning tekislikda harakatlanish traektoriyasini aks ettirishini ko’rsatuvchi comet komandasidir. Bunda nuqta izga ega bo’lgan kometaning yadrosini eslatadi. Ushbu komanda quyidagi ko’rinishlarda qo’llaniladi: 245 comet(y) - “kometa”ningy vektor bilan berilgan traektoriya bo’yicha harakatlanishini aks ettiradi; comet(x,y) - “kometa”ning y va x vektorlar juftligi bilan berilgan traektoriya bo’yicha harakatlanishini aks ettiradi; comet(x,y,z) - avvalgi komandaga o ’xshash, faqat kometa izining uzunligini ham ko’rsatish mumkin. Kometaning izi boshqa ranga bo’yalgan bo’ladi, u p*length(y) ko’rinishida beriladi (length(y)- y vektorning o ’lchami, p<1, sukut bo’yicha p=0,1). Quyidagi comet komandasidan foydalanishga doir misol keltirilgan: > > t=0:.01:2*pi; >> comet(y,x,0.3); >> y=sin(2*t).*(sin(t).A2); >> x =cos(2*t).*(cos(t).A2); >> comet(y,x,0.3); 11.1.1-rasm. N uqaning fazoda harakatlanishi Nuqtaning uch o’lchovli fazoda harakatlanishini kuzatish uchun quyidagi ko’rinishlarga ega bo’lgan comet3 komandasidan foydalaniladi: comet3(z)- nuqtaning z vektor bilan berilgan uch o ’lchamli egri chiziq bo’yicha harakatlanishini aks ettiradi. 246 Download 1.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling