57-mashq.
1. Uzoqlardan keng vodiy quchog‘ida goh ko‘m-ko‘k o‘t bosib yotgan yaylovlar ko‘rinadi, goh qop-qorong‘i daralar ko‘zga tashlanadi. (ayiruv b-li b.q.g.; galma-gal) 2. Tansiq goh shap-shup suv kechib yuradi, goh uning oyoqlari yelimday loyga botadi. (ayiruv b-li b.q.g.; galma-gal) 3. Mashinaning nuqsoni tuzatiladi yo yana yaxshirog‘i yasaladi. (ayiruv b-li b.q.g.; ikkisidan biri) 4. Yo zardo‘zi to‘ning to‘zibmi qoldi, Yoki so‘kildimi suvsar telpaging. (ayiruv b-li b.q.g.; ikkisidan biri)
58-mashq.
Xona ichida goh pashshaning g‘o‘ng‘illagani eshitiladi, goh xonadon sohibining ohista yo‘talgani quloqqa chalinadi. (ayiruv b-li b.q.g.; galma-gal)
59-mashq.
1. Dam kun birdan qizib ketadi, dam bulut kelib, jala quyadi. (ayiruv b-li b.q.g.; galma-gal) 2. Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo o‘zini bilmaganlikka soladi. (ayiruv b-li b.q.g.; ikkisidan biri) 3. Yo urug‘ aynigan yoki agrotexnika qoidalari buzilgan. (ayiruv b-li b.q.g.; ikkisidan biri) 4. Goh qah-qah kulgi ovozi eshitiladi, goh musiqa sadosi avjiga chiqadi. (ayiruv b-li b.q.g.; galma-gal)
Do'stlaringiz bilan baham: |