11-dars جjim, چchim


Chim harfining yozilishi va tilaffuzi


Download 35.67 Kb.
bet2/3
Sana22.10.2023
Hajmi35.67 Kb.
#1715847
1   2   3
Bog'liq
11-dars. Jim, chim, he, xe harflarining talaffuzi va yozilishi

Chim harfining yozilishi va tilaffuzi.

Chim jim harfiga shakldosh harfdir. Faqat nuqtalarining uchta ekani bilan farq qiladi. Bu harf ham ikki xil shaklga ega. Chim yuqorida ko‘rib o‘tganlarimiz ژ پ harflari qatorida forslar tomonidan alifboga keyinchalik qo‘shilgan harflardan biridir. Bu tovush arablarda mavjud emas. Shu sabab u faqat o‘zbek va fors-tojik tilidagi so‘zlarda yoziladi
جابر جنوب وج جان جایز جواب جون جور رواج جزا جبر جبّار بُرج درّاج جانزاد جای جانباز پنج زنجیر بجا تجارت

  1. Xe harfining yozilishi va tilaffuzi.

Xe harfi o‘zbek tilidagi qattiq «x» tovushini ifodalaydi. U chim va jim harflariga shaklan o‘xshash, faqat nuqtasining bitta ekani va harf ustiga qo‘yilishi bilan farqlanadi. Ikki xil shaklga ega. Har ikki tomondagi harflarga qo‘shilib yoziladi. Xalq, baxt, taxt, muxbir kabi so‘zlarning yozilishida ishtirok etadi. Harflarning o‘zaro ulanishi:
درخت تخت بخت جبار جناب خبر خاتون خروس خیر خرج خرد خندان خان خون خوناب اخبار

  1. Hoye hutti harfining yozilishi va tilaffuzi.

Hoyi hutti harfi yumshoq «h» tovushini ifodalaydi. Bu tovush o‘zbek tilida mavjud emas. Ammo yumshoq «h» harfi bilan yoziladigan hosil, haykal, hokim kabi arab tilidan o‘zlashgan so‘zlarda istifoda etiladi. Hoyi hutti tovushi halqumdan portlab chiqadi, shu sabab uni bo‘g‘iz tovushi, ya’ni ayn harfining jarangli jufti deb ham ataydilar.
Hoyi hutti harfining yozilish shakllari jim, chim, he harflarining yozilishi bilan bir xil, faqat nuqtalarning mavjud emasligi bilan farqlanadi. Harfning bog‘lanishiga diqqat qiling:
جفا جدّی جراحت اجاد جنّت تاج حیا حجّت حاجت حرارت احباب تینچ آچ حزین حیات حج روح . جابر حیرتی اجادیدان خبر بیردی . وژدانی بار راحتدادور.


Qo‘sh. Hol.

alohida

o‘qil.

nomi





ج

j

jim



چ

ch

chim



ح

h

he



خ

x

xe
Bosma shaklining ulanishiga misollar حجاج hujjoj – haj qiluvchilar, حجم hajm – hajm چرخ charx – g‘ildirak, خرج xarj – sarf, xarajat.
ح Hoyi hutti harfi arab tilidan kirib kelgan "h" tovushini ifodalaydi. Yuqori bug‘iz undosh tovushi bo‘lib ‘‘x’’ tovushidan yumshoq talaffuz qilinadi.
M azkur harflarning yozilishiga jim harfi asos qilib olingan. Jim harfi qadimgi somoy tasviriy yozuvdagi qaml – tuya tasviridan yasalgan. Kirill yozuvida “Г” shu asosida shakllagan. Chim, haye hutti, xe harflari esa jim asosida paydo bo‘lgan.

Download 35.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling