11. Kvas texnologiyasi
-rasm. Quruq solod qorishmalaridan kvas suslosi konsentratini olishning
Download 227.66 Kb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu
11.1-rasm. Quruq solod qorishmalaridan kvas suslosi konsentratini olishning
apparatur-texnologik sxemasi: 1 – javdar, arpa solodlari va un solingan qop; 2 – tarozi; 3 – noriya; 4 – maydalash mashinasi; 5, 8, 9 – javdar, arpa solodlari va un uchun keriladigan apparatlar; 6 – aralashtirgichlar. 7 – nasoslar; 10 – qaynatgich; 11 – to‘plagich-o‘lchagich; 12 – zator apparati; 13 – filtr-press; 14– bosim to‘plagichi, 15 – bug‘lash apparati; 16 – vakuum-apparat; 17 – konvertor; 18...20 – muvofiq ravishda kvas suslosining tayyor konsentrati va kvas quyqasi uchun to‘plagichlar va kvas quyqasini yuvish uchun to‘plagich. Fizikaviy-kimyoviy va organoleptik ko‘rsatkichlarni yaxshilash, olingan konsentratga aniq ifodalangan non hidi va o‘ziga xos ta’m berish uchun, shuningdek uni sterillash uchun issiqlik yordamida ishlov beriladi. Issiqlik yordamida ishlov berish bug‘ ko‘ylagi va aralashtiruvchi moslama bilan jihozlangan reaktorda olib boriladi. Konsentrat reaktorda 30...60 daqiqa mobaynida 110...120 °C haroratda va aralashtirgich uzluksiz ishlab turgan sharoitda ushlab turiladi. Tayyor konsentrat issiqlik almashinish qurilmasida 35...40 °C haroratgacha sovutiladi, o‘lchanadi va saqlashga yuboriladi. Keyinchalik mos taraga quyiladi va kvas ishlab chiqaruvchi zavodlarga yoki chakana savdo tarmoqlariga jo‘natiladi. 11.3. Kvas suslosini bijg‘itish. Kvas ishlab chiqarishda bijg‘itishning texnologik jarayoni quyidagilardan tashkil topgan: mikroorganizmlar kulturalarini ko‘vaqtirish; shakar qiyomi va kvas suslosini tayyorlash; susloni bijg‘itish; kvasni kupajlash va quyish. Bijg‘itish kvaslari texnologiyasi asosida spirtli va sut kislotali bijg‘itishning anaerob jarayonlari yotadi. Barqaror yuqori sifatli non kvasi kvas achitqilarining M, S- 2, 131-K rasalari, hamda sut kislotasi bakteriyalarining 11 va 13 rasalari toza kulturalaridan olingan kombinasiyalangan tomizg‘idan foydalangan holda olinadi. Achitqi va sut kislotasi bakteriyalari kvas suslosiga oldindan tayyorlab olingan kombinasiyalangan tomizg‘i ko‘rinishida solinadi. Tomizg‘i zavod lasboratoriyasida saqlanadigan mikroorganizmlar toza kulturalarini quruq moddalari konsentrasiyasi 8 g/100 g bo‘lgan steril kvas suslosida izchil qayta ekish yo‘li bilan olinadi. Mikroorganizmlarni qayta ekish va ko‘vaqtirish bosqichma-bosqich dastlab laboratoriyada, so‘ngra esa toza kulturalar bo‘limida va keyin ishlab chiqarish sharoitlarida amalga oshiriladi. Ko‘vaqtirish hajmlari suslo qo‘shish hisobiga birinchidan oltinchi bosqichgacha oshirib boriladi. Achitqilar quruq moddalari miqdori 8% bo‘lgan steril suslo yordamida ko‘vaqtiriladi: toza kultura solingan probirkada suslo-agarda – 10 sm 3 kvas suslosi solingan probirkada – 25 sm 3 kvas suslosi solingan kolbada – 2 dm 3 kvas suslosi solingan butilkalarda – 20 dm 3 kvas suslosi solingan apparat yoki toza kulturalar uchun mo‘ljallangan butilkalarda (AChK). Birinchi uch bosqichning har birida bijg‘itish davomiyligi 30 °C haroratda 24 soatdan, to‘rtinchi bosqichda 30 °C haroratda 12 soatni tashkil qiladi. Tarkibida kamida 40 mln kl/sm 3 bo‘lgan 18 dm 3 miqdordagi yetiltirilgan achitqi ajratmasisidan kombinasiyalangan tomizg‘i olish uchun foydalaniladi. Qolgan achitqi razvodkasiga (2 dm 3 ) achitqi konsentrasiyasini tiklash uchun 20 dm 3 30 °C haroratli steril suslo solinadi. Sut kislotasi bakteriyalarining toza kulturasi quruq bakteriya kulturalaridan tayyorlanadi. Uchta steril probirkaga 10 sm 3 dan steril suslo solinadi, ularning har biriga 11 rasa sut kislotasi bakteriyalarining toza kulturasi solinadi va 24 soat mobaynida 30 °C haroratda termostatda ushlab turiladi. Shunga o‘xshash tarzda boshqa uchta probirkaga sut kislotasi 13 rasasining toza kulturalari solinadi. 24 soat o‘tgach oltita probirka ichidagi 1 dm 3 steril suslo solingan kolbaga to‘kiladi va 30 °C haroratda 24 soat mobaynida ushlab turiladi. Keyinchalik kolbaning ichidagi 20 dm 3 suslo solingan butilkaga quyiladi. 30 °C haroratda 48 soatlik tindirishdan so‘ng sut kislotasi ajratmasi shakar qiyomi qo‘shilgan 400 dm 3 suslo solingan ishlab chiqarish apparatiga (kvasga sarflanadigan me’yorning 25 foizi) uzatiladi. Suslo 30 °C haroratda 48 soat mobaynida kislotaliligi 100 sm 3 razvodkaga 6,8...7,0 sm 3 1 n. NaOH eritmasi bo‘lgunicha bijg‘itiladi. 360 dm 3 miqdordagi tayyor sut kislotasi razvodkasi kombi- nasiyalangan tomizg‘i tayyorlash uchun jo‘natiladi, qolgan qismidan esa sut kislotasi razvodkasini qayta tiklash uchun foydalaniladi. Bunday hajmli-etkazib quyish usulini achitqilar uchun ko‘pi bilan 15 marta va sut kislotasi bakteriyalari uchun ko‘pi bilan 7 marta qaytarish mumkin, so‘ngra razvodka yana birinchi bosqichdan boshlab toza kulturalardan olinadi. Kombinasiyalangan tomizg‘i tayyorlash uchun sut kislotasi razvodkasi 320 dm 3 suslo bilan to‘ldirilgan to‘plagichga ko‘chirib o‘tkaziladi. Unga yana kislotaliligi 100 sm 3 ga 6,8...7,0 sm 3 1 n. NaOH eritmasiga erishgandan keyin 18 dm 3 achitqi razvodkasi solinadi. Achitqi va sut kislotasi bakteriyalarining birgalikda bijg‘ishi 6 soat davom etadi. Kvas suslosi umumiy hajmining 2...4% miqdoridagi tayyor kombinasiyalangan tomizg‘i bijg‘itish apparatiga yuboriladi. Kvas suslosi germetik yopiladigan po‘latdan bo‘lgan bijg‘itish-kupaj apparatlarida bijg‘itiladi. Susloning bijg‘ish haroratini boshqarish va kvasni sovutish uchun bu apparatlar ko‘ylak bilan jihozlanadi. Apparatlarda kvas suslosining bijg‘ishi, achitqilarning ajrashi, non kvasining kupajlanishi va non kvasini tindirish sodir bo‘ladi. Bijg‘itish-kupaj apparatlarida non kvasi olishning apparatur-texnologik sxemasi 11.2-rasmda keltirilgan. Kvas suslosi konsentrati aralashtirgich va bug‘ ko‘ylagi bilan jihozlangan oldindan suyultirish apparatida suv bilan suyultiriladi. Olingan eritmaning chidamliligini oshirish va kvasni mikrobiologik jihatdan tozalash uchun pasterizasiya qilinadi. Pasterizasiya oqimda plastinkali pasterizasiyalash-sovutish qurilmalarida amalga oshiriladi. So‘ngra kvas suslosi konsentrati eritmasi sovuq ichimlik suvi bilan quruq moddalari miqdori 1,6...2,0% bo‘lguncha suyultiriladi va aralashtiriladi. Shundan so‘ng eritmaga hisoblangan miqdorda (umumiy miqdorning 25 foizi) shakarli qiyom qo‘shib turib, konsentrasiyasi 2,8...3,2% bo‘lgan asosiy kvas suslosi tayyorlanadi. Tekshirishdan keyin suslo bijg‘itishga yuboriladi. Download 227.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling