11-Ma’ruza 11-mavzu: Standartlar va o‘lchov vositalari ustidan davlat nazorati. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llanish soxalari va ob’ektlari. Reja
Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llanish soxalari va ob’ektlari
Download 52 Kb.
|
1 2
Bog'liq11-Ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari: 1.
11.2. Davlat metrologik tekshiruv va nazorati qo‘llanish soxalari va ob’ektlari. O‘zbekiston Respublikasi xududida joylashgan xalq xo‘¬jaligining hamma tarmoqlarida standartlar, texnik shart¬larni joriy etish va ularga rioya etishni, o‘lchash vositalarini holatini davlat nazoratini “O‘zstandart” agentligi va uning tasarrufida bo‘lgan idoralari amalga oshiradi. U tarmoq¬lararo xarakterga ega bo‘lib, korxona va tashkilotlarning ishlab chiqarayotgan mahsuloti va ko‘rsatadigan xizmatlarini sifat ko‘rsatkichlariga ma’suliyatini yanada ortishiga asos bo‘¬ladi. Davlat nazorati mulkchilik shaklidan qat’iy nazar mah¬sulot ishlab chiqaruvchi, uni rejalashtiruvchi va loyihalash¬tiruvchi hamma tashkilotlar va korxonalar uchun majburiydir.
Davlat nazorati standartlashtirish sohalarida davlat intizomini oshirish, standartlar va texnik shartlarni buzish holatini va standart talablariga javob bermaydigan mahsu¬lotlarni ishlab chiqarishni oldini olish maqsadida o‘tkazi¬ladi. Davlat nazoratining asosiy shakli sifatida “O‘zstandart” agentligi rejasiga muvofiq o‘tkaziladigan tanlab olib tek¬shirishlar hisoblanadi. Bu rejada xalq xo‘jaligi uchun o‘ta muhim bo‘lgan sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tekshirish asos qilib olinadi. SHuningdek, asosiy buyumlarni tayyorlovchi korxonalar¬nigina emas, balki xomashyo, materiallar, butlovchi buyumlarni etkazib beruvchilarni ham kompleks tekshirish nazarda tuti¬ladi. Davlat nazorat idoralariga keng vakolatlar berilgan bo‘lib, ularga standart va texnik shart talablarini buzuvchi yoki o‘z vaqtida joriy qilmagan korxona va tashkilotlarga samarali ta’sir etish huquqiga egadirlar. Davlat nazorat idoralari standart yoki texnik shart talablariga mos kelmaydigan, sifatsiz mahsulotlarni etkazib beruvchi korxonalar, shuningdek savdo tashkilotlari va sotish uchun etkazib beruvchi tashkilotlarning faoliyatini to‘xtatish huquqiga egadirlar. Agarda standart va texnik shartga mos kel¬maydigan mahsulot sotilgan bo‘lsa, korxona va tashkilotlarning bundan oldingi foydalarining hammasi davlat byudjeti hisobiga undiriladi, hamda mahsulot ishlab chiqarish hiso-botiga kiritish taqiqlanadi. YUqorida aytilganidek davlat nazoratining mahsulot si¬fati bo‘yicha olib borilayotgan tekshiruvlari va talablarini ortishi korxonalarni mahsulot sifati ko‘rsatkichlarini yuqo¬ri darajaga ko‘tarish uchun o‘zlarida bor hamma imkoniyatlarni ishga solishga majbur etadi. Davlat nazorati idoralarini sohalar bo‘yicha ish yuri¬tishlari ham xalq xo‘jaligi uchun o‘ta muhim bo‘lgan mahsu¬lotlar ishlab chiqarishga alohida e’tiborni kuchaytiradi. Davlat nazoratining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: – standartlar va texnik shartlarni o‘z vaqtida joriy etish va unga rioya qilishni ta’minlash; – o‘lchashlarni birxilliligini va talab etiladigan aniqligini ta’minlash; – standart va texnik shartlar talablarini buzilishi shu¬ningdek, sifatsiz mahsulotlarning ishlab chiqarilishi sabablarini aniqlash; – bozor iqtisodiyoti sharoiti talablariga mos kelmaydigan texnik hujjatlarni aniqlash hamda standartlar va texnik shartlarni ilmiy-texnik darajalarini oshirish chora tadbirlarini ko‘rish; – standartlashtirish va metrologiya xizmatlari faoliyati-ni nazorat qilish; – mahsulot sifatini boshqarish tizimini mavjudligini va uni joriy etilishini nazorat qilish. Respublika xalq xo‘jaligi tarmoqlariga davlat standartlarini joriy etish bo‘yicha talablar: Standartni joriy etish tashkiliy-texnik tadbir hisob¬lanib, u standartga rioya qilishni ta’minlashga qaratilgan. Standartlarga rioya qilish deb, standartlarda belgilangan ta’sir doirasi va tarqatilgan xududida uning talablarini bajarilishiga aytiladi. Standartlarni joriy etish uni amalga kiritish mud¬datiga qadar tamomlanishi zarur. Korxona yoki tashkilotlarda standartni joriy etilgan deb, uning tarqatilgan va ta’sir doirasi mos keladigan talablarga rioya etilishi, ishlab chiqa¬rilayotgan mahsulot sifatini barqarorligini ta’minlashga erishilganda hisoblash mumkin. Agarda standart ta’sir etuvchi doirada ishlab chiqari¬layotgan mahsulot yoki standartlashtirishning boshqa ob’ektlarda, uning amal qilish muddatidan so‘ng belgilangan talablarga javob bermasa, standartga rioya qilinmagan deb hisob¬lash zarur. Standartni joriy etish yuridik shaxslarning (vazir¬liklarning) asosiy tashkiliy – texnik tadbirlar rejalariga mos ravishda amalga oshiriladi va shularning asosida korxo¬nalar ham moddiy-texnik va tashkiliy tayyorgarliklarni hi¬sobga olgan holda tashkiliy-texnik tadbirlar rejalarini yaratadilar. Bu esa standartlarni o‘z vaqtida joriy etishni ta’minlaydi. Korxonalar standartni joriy etishni amalga oshirish uchun, joriy etilayotgan standartlarga bog‘liq bo‘lgan ishlab chiqarishni moddiy-texnik va tashkiliy tomondan tayyorlash, shuningdek, standartni joriy etishning ekspluatatsiyadagi buyumlarning ehtiyot qismi detallarini ishlab chiqishni tashkil etish yoki ularni keltirish uchun shartnomalar va boshqa xo‘jalik shartnomalarini tuzish, standartni joriy etish, texnik-iqtisodiy samaradorligini aniqlash va boshqa zarur bo‘l¬gan ishlarni amalga oshiradilar. Standartlarni joriy etish ishlari standartni joriy etilishi haqida bayonnoma tuzilib, korxona rahbari tomonidan tasdiqlanishi bilan yakunlanadi. Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) da standartlash¬tirish, metrologiya va sertifikatlashtirish bo‘yicha davlatlararo kengash mavjud bo‘lib, uning majlislarida davlatlararo standartlarning loyihalari, MDH mamlakatlari doirasida metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yi¬cha o‘zaro hamkorlik masalalari tasdiqlanadi. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati turlari . Davlat metrologiya tekshiruvi quyidagi tarzda amalga oshiriladi: o‘lchash vositalarining turlarini sinash va tasdiqlash; o‘lchov vositalarini Hamda o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarini metrologik attestatsiya qilish; o‘lchash vositalarini, shu jumladan etalonlarni tekshiruvdan o‘tkazish, kalibrlash; o‘lchash vositalarini Hamda o‘lchashlarning bajarilish uslubiyotlarini sinash, tekshiruvdan o‘tkazish, metrologik attestatsiya qilish, o‘lchash vositalarini va metrologiya faoliyatning boshqa muayyan turlarini kalibrlash huquqiga ega bo‘lishi uchun metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalarini akkreditatsiya qilish; yuridik va jismoniy shaxslarning o‘lchov vositalarini tayyorlash, realizatsiya qilish, ularning ijarasi bilan shug‘ullanishga doir faoliyati litsenziyalanayotganda mazkur shaxslarning belgilangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etishlarini baholash, hamda tasdiqlash; o‘lchovlarning bajarilish sifatini va metrologiya faoliyatining boshqa turlarini baHolash. Davlat metrologiya nazorati: o‘lchov vositalarini tayyorlash, ta’mirlash, ularning ijarasi bilan shug‘ullanish, ularni realizatsiya qilish, ularning holati va qo‘llanilishi (fizik o‘lchamlar birliklari etalonlarini, moddalar va materiallar tarkibi, hamda xossalarining standart namunalarini, o‘lchash tizimlarini qo‘shgan holda); o‘lchovlarning bajarilish uslubiyotlarining qo‘llanilishi; belgalangan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishi Hamda akkreditatsiya qilingan metrologiya xizmatlari, markazlari, laboratoriyalari faoliyati ustidan amalga oshiriladi. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi qism), (Oldingi taxririga qarang) Zarur Hollarda "O‘zstandart" qaroriga binoan metrologiya tekshiruvi va nazoratning boshqa turlari va shakllari xam belgilanishi mumkin. (O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son Qonuni taxriridagi qism), (Oldingi taxririga qarang) Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati davlat metrologiya xizmati organlari tomonidan metrologiya normalari va qoidalariga rioya etilishini tekshirish maqsadida amalga oshiriladi. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati metrologiya sohasidagi qonun xujjatlari talablariga muvofiq amalga oshiriladi. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati ob’ektlari. Quyidagilar davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratining ob’ektlari hisoblanadi: etalonlar; o‘lchash vositalari; moddalar va materiallar tarkibi, hamda xossalarining standart namunalari; axborot-o‘lchashtizimlari; o‘lchashlarni bajarish uslubiyotlari; metrologiya normalari va qoidalarida nazarda tutilgan o‘zga ob’ektlar. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati tatbiq etiladigan doiralar. Davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati: sog‘liqni saqlash, veterinariya, atrof-muhitni muhofaza qilish; moddiy boyliklarni va energetika resurslarini hisobga olish; savdo-tijorat, bojxona, pochta va soliq operatsiyalarini o‘tkazish, telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish; zaxarli, engil alangalanuvchan, portlovchi va radioaktiv moddalarni saqlash, tashish hamda yo‘q qilib tashlash; davlat mudofaasini ta’minlash; mehnat xavfsizligini va transport harakati xavfsizligini ta’minlash; sertifikatlanadigan mahsulotning xavfsizligi va sifatini aniqlash; geodezik va gidrometeorologik ishlar; o‘lchov vositalarini davlat sinovidan, tekshiruvdan, kalibrlashdan, ta’mirlash va metrologik attestatsiyadan o‘tkazish; foydali qazilmalarni qazib olish; milliy va xalqaro sport rekordlarini ro‘yxatga olishga nisbatan tatbiq etiladi. O‘zbekiston Respublikasining normativ hujjatlariga binoan davlat metrologiya tekshiruvi va nazorati faoliyatning o‘zga doiralariga nisbatan am tatbiq etilishi mumkin. Metrologiya to‘g‘risida O‘zR qonuni, mazkur qonunga O‘zR 26.05.2000 y. 82-II-son va O‘zR 25.04.2003 y. 482-II-son qonunlarga muvofiq o‘zgartirishlar kiritilgan: Qonun 5 bo‘lim va 21 moddalardan iborat. Nazorat savollari: 1. Davlat nazoratining bosh vazifasi nimalardan iborat? 2. Standartni ishlab chiqish tartibi qanday? 3. Standart loyihasini ishlab chiqish qanday amalga oshiriladi? 4. Standart loyihasini tasdiqlash ishiga izoh bering.sh tizimi asosiy turdagi standartlari. Download 52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling