11-ma’ruza: buxgalteriya hisobining registrlari va shakllari reja
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining umumiy chizmasi
Download 90.46 Kb.
|
Buxgalteriya hisobi jurnal-order shaklining umumiy chizmasi
Buxgalteriya hisobining avtomatlashtirilgan va soddalashtirilgan shakllari. Hisobning avtomatlashtirilgan shakli elektron hisoblash mashinalari(EHM)dan foydalanish asosida buxgalteriya hisobini to‘liq avtomatlashtirish va kompyuterlashtirishga asoslanadi. Hisob ma’lumotlariga ishlov berish uchun EHMdan foydalanishni ikki bosqichga bo‘lish mumkin. Birinchi bosqichda ishlab chiqilgan buxgalterlik hisobini EHMda to‘liq avtomatlashtirishning namunaviy loyihasi buxgalterlik hisobini EHMda to‘liq avtomatlashtirishning xususiyatlari saqlanib qolinganligi uchun EHM imkoniyatlaridan to‘liq foydalanilmagan. Bunda shartli doimiy ma’lumotlarning ko‘p qismi bevosita hujjatlardan kiritiladi. Natijada, u har bir muayyan holda mashinaga kiritilganligi uchun o‘zgaruvchan ma’lumotgatenglashtirilganday bo‘ladi. Bundan tashqari, ma’lumotlarni to‘plash va ro‘yxatga olish hamda hujjatlarga hisoblash-ishlov berish avtomatlashtirilmagan. Ikkinchi bosqichda hisob vazifalarini to‘liq avtomatlashtirish va pyerifyerik texnikadan keng foydalaniladi. Bunda dastlabki ma’lumotlarnigina qayd qilishni avtomatlashtirish, uni aloqa shahobchalari va boshqa usullar yordamida EHMga uzatishga imkon yaratiladi. Bu vaqtda ma’lumotlarga hisoblash-ishlov berish, axborotlarni saralash, mashinagrammalarni pechatlash, hamda nazorat qilish bilan aloqador bo‘lgan barcha ma’lumotlar avtomatlashtiriladi. Avtomatlashtirilgan hisob shaklining o‘ziga xos xususiyatlari quyidagilardan iborat: ma’lumotlarni yig‘ish va qayd qilish vositalaridan foydalanish; shartlidoimiy ma’lumotlarga o‘zgaruvchan ma’lumotlar bilan birgalikda ishlov berilganda, ulardan ko‘p marta foydalanish uchun EHMning xotirasida to‘plash va dastlabki hujjatlardan barcha shartli-doimiy rekvizitlarni chiqarish hisobiga ularning mazmunini soddalashtirish; dastlabki ish hujjatlarining ma’lumotlari va ma’lumot (EHMga kiritilgan shartli-doimiy ma’lumot) massivlari asosida ma’lumotlarning oraliq massivlarini shakllantirish; avtomatiknazorat qilish va xatolarni ma’lumotlarga ishlov berish texnologik jarayonining barcha bosqichlarida tuzatib borish: natijaviy ma’lumotlar registri sifatida zarur ko‘rsatkichlar oldindan harflar bilan belgilangan mashina hujjatlari-mashinagrammalardan foydalanish. Oraliq massivlar natijaviy ma’lumotlar olish uchun berilgan dastur bo‘yicha o‘zgartiriladi, ma’lumotlarni xos raqami (kod) bilan belgilash ayrim nomenklatura darajasida va to‘plamida ham bir xil amalga oshiriladi. Ular mashina xotirasiga rasmiylashtirilgan, tasniflagich ko‘rinishida kiritiladi. Bunda buxgalteriya hisobining asosiy tamoyili – xo‘jalik muomalalarini schotlarda ikki yoqlama aks ettirishto‘liq saqlanib qoladi. Natijaviy ma’lumot mashina chiqargichlarida va displey ekranida chiqishi mumkin. Elektron hisoblash mashinalari (EHM) asosida ishlab chiqarishni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini yaratish buxgalterlik hisobi oldiga yangi talablar qo‘yadi. Shunga ko‘ra, buxgalteriya hisobining shakllarini rivojlantirishga zaruriyat kuchaymoqda. Bu rivojlanish hisobni zamonaviy elektron hisoblash mashinalaridan foydalanishnegizida to‘la kompyuterlashtirish yo‘lidan bormoqda. Hisoblash texnikasini qo‘llash jarayonining butun tizimini takomillashtirish, ya’ni dastlabki hisobdanto davriy va yillik hisobotlar tuzgunga qadar nazorat, ishlab chiqarishni ilmiy rejalashtirish va boshqarish oldiga quyiladigan zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirilib borilishi lozim (3.5-rasm). Download 90.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling