1- amaliy mashg‘ulot temir tsementit xolat diagrammasi. Po'latlarga termik ishlov berilganda po'latlarning strukturasiga va xossalariga ta'sirini o'rganish Po'latlarga kimyoviy-termik ishlov berishni o'rganish. Temir-sementit Fe-Fe


Download 381 Kb.
bet1/8
Sana03.02.2023
Hajmi381 Kb.
#1148655
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ameliy




1- AMALIY MASHG‘ULOT 
Temir - tsementit xolat diagrammasi. Po'latlarga termik ishlov berilganda po'latlarning strukturasiga va xossalariga ta'sirini o'rganish Po'latlarga kimyoviy-termik ishlov berishni o'rganish.

Temir-sementit (Fe-Fe3S) holat diagrammasi. 

Ishdan maqsad: Fe-Fe3S holat diagrammasini tashkil etuvchi strukturalar bilan tanishish va qotishmalarning sovush hamda qizdirish egri chiziqlarini qurishorqali fazalar ózgarishini tahlil qilish. 
Topshiriq: 1. Fe-Fe3S holat diagrammasini masshtabda chizing. 
2. Diagrammani tashkil etuvchi strukturalarni tariflang va mexanik xossalarini keltiring. 
3. Berilgan variant buyicha qotishmalarning sovush va qizdirish egri chiziqlarini quring va taxlil qiling. 
Nazariy maolumotlar 
Pólat bilan chóyan óz tarkibi jixatidan murakkab, kóp tarkibiy qismli qotishmadir. Ammo ólarning tarkibiga ikkita asosiy element -temir ( Fe) va uglerod ( S ) kiradi, shuning uchun bu qotishmalar temir - uglerod qotishmalarni deb
qarash mumkin. Fe3S holat diagrammasini qurishdan oldin shu qotishma 
tarkibidagi asosiy komponentlar bilan tanishaylik. Temir(Fe) tabiatda sof 
holda deyarli uchramaydi, u boshqa elementlar bilan birikma holda uchraydi.Temir oq kumush rangda bólib, zichligi  = 7,86 g/cm3 teng. Toza texnik temir
mustaxkamlik xususiyatlari uncha yuqori emas (NV=75...90, =250...350 
Mpa), plastikligi esa yuqoridir. Qattik holatda temirning tórtdi modifikatsiyasi (allotropik shakl ózgarishi) bóladi, bular Fe, Fe, Fe, Fe. Sof-temirning 
sovish egri chiziǵi 1 rasmda tasvirlangan. Fe, Fe, Fe modifikatsiyalarning 
kristallik panjaralari hajmi markazlashgan kub, ularning tomonlari A= 2,83A, A=2,90A, A=2,93A modifikatsiya yeqlari markazlagan kub A,=3,64A.

Shuning uchun Fe - temirning boshqa modifikatsiyalarga qaraganda 


ancha farq qiladi. 1-rasm. Sof temirning sovish egri chiziǵi Texnik temir
15390C da eriydi ya’ni suyuqlanadi. Uglerod esa metalmas material bólib 
zichligi (=2,5g/sm3, erish temperaturasi- 35000 0C. Erkin holatda uni
olmos va grafit xolatda uchratish mumkin. Uglerod temir qotishmasi tarkibida metall xossaga ega bóladi. Fe –Fe3C holat diagrammasini tuzishi xuddi Rb-Sb qotishmalarining xolat diagrammasini tuzish kabi termik analizga assoslanadi. Temir-uglerod qotishmalari asta–sekin sovitilganda turli temperturalarda sodir bóladigan ózgarishlar holat diagrammasida qórsatiladi. Temir - uglerod qotishmalarining holat diagrammasini órganish amaliy jihatdan katta ahamiyatga ega bólib, chóyan va pólatlarni termik ishlash jarayenlari ana shu diagrammaga asoslanadi. Bunday diagrammalarni órganishda sof temir (Fe) dan sof uglerod (C) gacha bólgan turli xil tarkibli qotishmalarning holatini kórib chiqish lozim, ammo amalda ishlatiladigan temir-uglerod qotishmalari tarkibida 5% gacha uglerod bóladi xolos. Shu sababli temir uglerod qotishmalarining holat diagrammalarini órganishda temir bilan uglerodning sementit deb ataluvchi va Fe3S tarkibli ximiyaviy birikma hosil qilgan qotishmalari kórib chiqiladi. Bunda sistemaning tashkil etuvchilari, ya’ni komponentlari temir (Fe) bilan uglerod (S) emas, balki temir (Fe) – bilan (Fe3S) sistemasining holat diagrammasi deyiladi. 2 rasm Fe - Fe3C holat diagrammasi Diagrammaning ASD chiziǵı kristallanish boshla-nish chiziǵi bólib, undan yuqorida qotishma suyuq eritma holatda 
bóladi. Bu chiziq likvidus (lotincha sóz bólib suyuq demakdir) chiziǵi deyiladi.AESF chiziǵi qotishma kris-tallanishining tugashi chiziǵi bólib, undan pastda esa qotishma qattiq eritma xolotda buladi. Bu chiziq solidus (lotincha sóz bólib qattiq demakdir) chiziǵi deyiladi. Kotishma ASD va AESF chiziqlar orasida suyuq hamda qattiq xolatda bóladi (nuqtalarning koordinatalari 1 chi jadvalda, chiziqlardagi fazoviy ózgarishlar esa 2 -jadvalda berilgan). 
Fe Fe3S holat diagrammasi asosan ikki qismga bólinadi: 
-tarkibida 0 dan 2,14% gacha S bólgan pólat qismi;
- tarkibida uglerod miqdori 2,14% dan 6,67%gacha bulgan chuyan qismi. 
Temir uglerod qotishmalari suyuq holatdan asta sekin uy temperaturasiga 
sovutilganda ularda ferrit, austenit, sementit perlit va ledeburit singari asosiy
strukturalarni kórish mumkin. Diagrammaning chap qismida joylashgan temir 
bilan uglerodning birikishidan hosil bólgan pólat qotishmasini kórib chiqamiz. Pólat deb, tarkibida 2,14% gacha uglerod bólgan temir uglerod
qotishmasiga aytiladi. 
Pólat yumshatilgandan sóng muvozanat holatidagi tuzilishi uch sinfga bólinadi: 
1. Evtektoidgacha bólgan pólatlarda uglerodning miqdori 0,8% gacha bóladi. Yumshatilgandan sóng muvozanat holatidagi tuzilishi 7270S dan past haroratda ferrit va perlitdan iboratdir. 
2. Evtektoid pólatlarda uglerodning miqdori 0,8% ni tashkil qiladi. Bunday
pólatlarning muvozanat holatidagi tuzilishi perlitdan iboratdir.
3. Evtektoiddan keyingi pólatlarda uglerodning miqdori 0,8% dan 2,14% gacha uzgarib turadi. Bunday pólatlarning muvozanat holatidagi tuziligi perlit va ikkilamchisementitdan iborat (P+Cp) dir. 
Pólatlarda qanday tuzilishlar va fazalar mavjud ?
Austenit deb uglerodning Fe-temirdagi singish qattiq eritmasiga aytiladi. 
Bu fazada uglerod 11470S da maksimial miqdorda 2,14 % gacha eriydi, 7270S da 0,8% gacha eriydi. Austenitning atom kristall panjarasi yeqlari markazlashgan kub panjara bólib, uning a, v va s parametrlari 3,64 A0ga teng. Austenit magnitsiz va qovu-shoq fazadir. Ferrit yeki Fe - temir pastroq haroratda hosil bólib, u uglerodning temirdagi singish qattiq eritmasi-dir. Bu fazada maksimal miqdorda, ya’ni 7270S da 0,025% uglerod eriydi. Fe- temirning 
atom kristall panjarasi hajmi markazlashgan kub panjara bólib, uning a, v va s parametrlari 2,68 A0ga teng. 

Sementit uglerod bilan temirning kimeviy birikmasidir ( Fe3S). Sementitda 6,67% uglerod eriydi. Sementit temir uglerod qotishmalari orasida eng qattik


bólib, uning Brinell bóyicha qattiqligi NV= 800 -1000 kg/mm2, plastikligi =0%, suyuqlanish temperaturasi 16000S chamasidadir. Sementit uch xil kórinishda, ya’ni birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi bóladi. Birlamchi sementit
chóyanning kristallanishida likvidus SD chizigidan pastki suyuq fazadan ajrab chiqadi. Ikkilamchi sementit harorat pasayishida uglerodni Fe temirda eruvchanlik chegarasining kamayib borishi tufayli, ECF chiziq pastida ikkilamchi kristallanishda ajraladi. Uchlamchi sementit xaroratning pasayishi davomida, uglerodning Fe -temirda eruvchanlik chegarasining kamayib borishi tufayli, PQ chizigidan pastda ferritdan ajraladi. Perlit ikki fazali, ya’ni ferrit bilan sementitning mexanik aralashmasidan hosil bólgan tuzilishdir bu tuzilish 7270S dan pastda S nuqtasida hosil bóladi. Perlitda 0,8 % S eriydi. Perlit kristal-lari ikki xil kórinishda, ya’ni donador va plastinkali bólib kristallanishi mumkin. Bu tuzilish evtektoidli tuzilish hisoblanadi.

Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling