1- amaliy mashg‘ulot temir tsementit xolat diagrammasi. Po'latlarga termik ishlov berilganda po'latlarning strukturasiga va xossalariga ta'sirini o'rganish Po'latlarga kimyoviy-termik ishlov berishni o'rganish. Temir-sementit Fe-Fe


Uglerodli po’latlarni toblash amaliyoti


Download 381 Kb.
bet7/8
Sana03.02.2023
Hajmi381 Kb.
#1148655
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1-ameliy

Uglerodli po’latlarni toblash amaliyoti:
Po’latni toblash uchun toblash rejimini to’g’ri tanlash kerak. Toblash rejimiga quyidagilar kiradi:
- po’latni qizdirish harorati;
- toblash haroratigacha qizdirish vaqti va shu haroratda tutib turish vaqti;
- qizdirilgan po’latni sovitish tezligi.
Po’latni qizdirish kerak bo’lgan harorat temir - sementit qotishmalarining holat diagrammasidan yoki maxsus spravochniklardan topiladi.
Po’latlarni toblash uchun qizdirishning umumiy vaqti (τu) po’lat buyumni zarur haroratgacha qizdirishga sarflangan vaqt (τq), buyumni shu haroratda tutib turish vaqti (τt.t.) yig’indisiga teng:
τu = τq + τt.t.
Qizdirish vaqti (τq), asosan, pechning haroratiga, buyumning o’lchamiga, shakliga va materialiga bogliq bo’lib, uni belgilash uchun 11.1-jadvaldan foydalanish mumkin.
Po’latlarni termik ishlash uchun laboratoriya pechlarida qizdirish vaqti me‘yorlari

Qizdirish harorati, 0C

Buyumning shakliga qarab belgilanadigan vaqt, minut



Aylana

Kvadrat

Plastina

Diam. 1mm ga

Qalinligining har 1mm ga

600

2

3

4

700

1,5

2,2

3

800

1,00

1,5

2

900

0,8

1,2

1,6

1000

0,4

0,6

0,8

Po’latni zarur haroratda tutib turish vaqti (τT.T) uni qizdirish vaqtining 1/4...1/5 qismiga teng qilib olinadi.


Toblash haroratigacha qizdirilgan po’lat har xil tezlik bilan sovitilganda uning strukturasi ham o’zgaradi. Po’latni talab etilgan tezlik bilan sovitish katta ahamiyatga ega.
Austenitning martensitga aylanishi uchun po’latni tez sovitish kerak. 400...6500S haroratlar oraligida austenitning barqarorligi nihoyatda past bo’lib, u ferrit bilan sementit aralashmasiga (perlitga) oson aylanadi. Binobarin, shu harorat oraligida sekin sovitish kerak.
Amalda qo’llaniladigan sovitish muhitlari va ularning sovitish qobiliyatlari 11.2-jadvalda keltirilgan.

Har xil sovituvchi muhitlarda po’latning sovish tezligi
Po’latni toblash muhiti

Haroratlar oralig’ida sovitish tezligi, grad./sek

550...6500C

200...3000C

Harorati 180C o’lgan suv . . . . . . . . . . .



600

270

Harorati 500S bo’lgan suv . . . . . . . . . . .

100

270

Harorati 750S bo’lgan suv . . . . . . . . . .

30

270

Osh tuzining suvdagi 10%-li eritmasi. . .. . . . .

1100

300

Sodaning suvdagi 10%-li eritmasi. . . . .

800

270

Sulfat kislotasining 10%-li eritmasi. . .

750

300

Mineral moylarning suvdagi emulsiyasi. . . .

70

200

Sovunli suv. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .

30

200

Mineral mashina moyi . . . . . . . . . . . . . . . .



150

30

Transformator moyi. . . . . . . . . . . . . . . . . .

120

25


Ishni bajarish uchun zarur jihozlar, material va asboblar: mufelli pech, termoelektrik pirometr, sovitish vannalari, turli xil sovitgichlar, turli xil po’lat namunalari, qattiqlikni aniqlash asbobi, TK-2M, TSh-2M, qisqich, sekundomer va boshqalar.



Download 381 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling