11-Мa’ruza: Gaz quvurlarini korroziyadan himoyalash
Gaz quvurlarini korroziyadan himoyalashning aktiv va passiv usullari
Download 36.44 Kb.
|
11-Maruza
11.2.Gaz quvurlarini korroziyadan himoyalashning aktiv va passiv usullari
Korroziyadan himoya qilish ikki xil bo’ladi: passiv himoya va aktiv himoya. Passiv himoyaga gaz quvurlarni korroziyaga qarshi izolyatsiya – qoplama bilan o’rash kiradi. Aktiv usullarga esa gaz quvurlarining elektr himoya usullari kiradi. Izolyatsiyada asosan neft bitumidan foydalaniladi. Bitumning mexanik mustahkamligini oshirish uchun unga 10÷15% miqdorida kaolin, sement, va mayda asbest kukunlari qo’shiladi. Izolyatsiyani kuchaytirish maqsadida brizol, gidroizol, shisha matosi va polixlorvinil yopishqoq lentalar ishlatiladi. Gidroizol – bu qalin asbest qog’oziga 10÷20% sellyuloza qo’shib, bitum shimdirilgan rulonli lenta. Brizol – bu eski avtomobil ballonlarini maydlab bitum bilan qaynatib undan tayyorlangan rulonli materialdir. Kuchaytiruvchi qatlamlamlarning soniga qarab gaz quvurlarning izolyatsiyasi uch xil bo’ladi: normal, kuchaytirilgan, o’ta kuchaytirilgan izolyatsiya. Normal izolyatsiya tarkibi: gruntovka; eritilgan bitum; kraft qog’ozi. Qoplamaning umumiy qalinligi 3mm bo’ladi. Kuchaytirilgan izolyatsiya tarkibi: gruntovka; eritilgan bitum; kuchaytiruvchi qatlam (gidroizol, brizol, yoki shisha matosi); eritilgan bitum; kraft qog’ozi. Qoplamaning umumiy qalinligi 6mm. O’ta kuchaytirilgan izolyatsiya tarkibi: gruntovka; eritilgan bitum; kuchaytiruvchi qatlam; eritilgan bitum; kuchaytiruvchi qatlam (gidroizol, brizol, yoki shisha matosi); eritilgan bitum; kraft qog’ozi. Qoplamaning umumiy qalinligi 9mm. Agarda yerning korrozion aktivligi past bo’lsa, unda normal izolyatsiya qo’llaniladi, agarda yerning korrozion aktivligi o’rtacha bo’lsa, unda kuchaytirilgan izolyatsiya qo’llaniladi. Qolgan hollarda esa o’ta kuchaytirilgan izolyatsiya qo’llaniladi. Shahar sharoitida yerning korrozion aktivligi qanday bo’lishdan qat’iy nazar faqat o’ta kuchaytirilgan izolyatsiya qo’llaniladi. Chunki shaharlarda yerning tarkibi har xil bo’lishi mumkin va bundan tashqari shahar yerlarida daydi toklar mavjud bo’ladi. Qoplama sifatida polixlorvinil lentalar qo’llanilganda quvur yaxshilab tozalanadi. Undan keyin unga gruntovka so’rilib, polixlorvinil yopishqoq lenta maxsus mashinalar yordamida quvurlarga o’raladi. Bu lentalar qalinligi 0,3mm bo’ladi, eni esa 0,4 – 0,5 m bo’ladi. Gaz quvurlarini izolyatsiya qilishdan oldin ularni metall schetka yordamida yaltiraguncha tozalanadi. Undan so’ng quvur benzin bilan artib chiqiladi va quvur sathiga gruntovka surtiladi. Gruntovkaning tarkibi uch qism benzin va bir qism eritilgan bitumdan iborat bo’lib, benzinga sekin asta 160÷180ºC li eritilgan bitum quyiladi va aralashtirilib turiladi. Teskarisini qilish, ya’ni eritilgan bitumga benzin quyish mumkin emas, chunki benzin yonib ketishi mumkin va benzin bitum bilan yaxshi aralashmaydi. Gruntovkani surishdan maqsad, u quvurga yaxshi yopishadi va yorilib ketmaydi. Download 36.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling