11-Мa’ruza: Gaz quvurlarini korroziyadan himoyalash
Download 36.44 Kb.
|
11-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Elektr-kimyoviy korroziya.
11-Мa’ruza: Gaz quvurlarini korroziyadan himoyalash Reja: 11.1. Metall quvurlarning korroziyalanishi 11.2.Gaz quvurlarini korroziyadan himoyalashning aktiv va passiv usullari 11.1. Metall quvurlarning korroziyalanishi Gazning tarkibiga gazning quvuri materialiga, gaz quvurlarining turiga qarab, ya'ni, o'tkazish usuliga qarab gaz quvurlari ichki yoki tashqi korroziyaga uchraydi. Ichki korroziya asosan gaz tarkibidagi agressiv qo'shimchalarga bog'liq (H2S, O2, suv bug'i va boshqalar). Ular gaz quvurini ichidan korroziyaga olib boradi. Bunday korroziyadan qutilish uchun gazni gaz konlaridan chiqqan joyida yaxshilab tozalash kerak. Gaz quvurlarining tashqi korroziyasi ularni o'tkazish usuliga bog'liq bo'ladi, agarda yer usti gaz quvuri bo'lsa, uni ikki marta bo'yash kerak. Yer osti gaz quvurlarida esa har xil korroziyaga qarshi qoplamalar qo'llaniladi. Yer osti gaz quvurlari korroziyasi uchga bo'linadi: kimyoviy korroziya; elektrokimyoviy korroziya; elektr korroziya. Bu korroziya eng oddiy korroziya bo'lib, bunda gaz quvurlariga namlik, kislorod ta'sirida gaz quvurlari zanglaydi. Bunday korroziyada gaz quvuri sirtida korroziya mahsuloti - zang bir tekisda qoplaydi va korroziyaniig keyinchalik bo'lishini kamaytiradi. Bu korroziya xavfli emas. Elektr-kimyoviy korroziya.Elektrokimyoviy korroziya davrida yer osti gaz quvuri metali quvur qoplamasi buzilgan joylarda tuproqdagi tuzlar, ishqorlar va namlik ta'sirida galvanik juftlik hosil qilib, past kuchlanishdagi elektr toki paydo bo'ladi va quvurda katod va anod zonalari hosil bo'ladi(7.1,7.2-rasm). Bu zonalar orasida elektr tokining harakati vujudga keladi. Bu tok, katod zonada gaz quvuriga kiradi, anod zonada esa undan chiqadi. Tokning quvurdan chiqish jarayonida u o'zi bilan metall ionlarini olib chiqadi. Buning natijasida quvur devorida kichkina yara hosil bo'ladi. Keyinchalik kengayib, chuqurlashib, quvurning teshilishiga olib keladi. Shuning uchun quvurlardagi anod zonalari korroziya jihatdan xavfli hisoblanadi. Download 36.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling