11.4 – rasm. Katod himoyasi sxemasi.
1 – gaz quvuri; 2 – katod himoyasi qurilmasi; 3 – anod; 4 – kabel;
5 – daydi toklar oqimi; 6 – so’rib oluvchi kabel.
Katod qurilmasida 1,2 ÷2V kuchlanishli o’zgarmas tok manbai ishlatiladi. Anoddan yerga tok o’tgani sababli u o’zi bilan metal ionlarni olib chiqadi va sekin asta yemirilib boradi. Shuning uchun anodni ma’lum vaqt o’tgandan so’ng yangilash kerak. Quvur izolyatsiyaning holiga qarab bitta katod qurilmasi 1 – 20 km masofadagi yer osti gaz quvurini korroziyadan saqlashi mumkin.
Protektor himoyasi. Protektor himoyasida anod sifatida rangli metalldan tayyorlangan elektrodlar qo’llaniladi (11.5-rasm). Ular temirga nisbatan teskari potentsialga ega bo’lib, yerdagi tuz va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishib, kichik kuchlanishdagi tok hosil qiladi. Bu toklar anoddan yer orqali katod vazifasini bajaruvchi quvurga borib tushadi va undan kabel yordamida nazorat punktdagi tutashtiruvchi simdan o’tib, qaytib anodga tushadi.
11.5 – rasm. Protektor himoyasi sxemasi.
1 – anod; 2 – kabel; 3 – gaz quvuri; 4 – nazorat punkti.
Natijada tutashgan elektr zanjiri hosil bo’ladi va gaz quvurini korroziyadan saqlaydi. Bunday himoya asosan shahardan tashqarida qo’llanilishi mumkin. Korroziyadan saqlash zonasi katta bo’lmaydi (70 m gacha).
Nazorat savollari:
1.Gaz quvurlari necha xil korroziyaga uchraydi?
2.Ichki korroziya qanday qo'shimchalarga bog'liq bo'ladi?
3.Gaz quvurlariniig tashqi korroziyasi nimaga bog'liq bo'ladi?
4.Yer osti gaz quvurlari korroziyasi necha turga bo'linadi?
5.Nima sababda kimyoviy korroziya sodir bo'ladi?
6.Nima sababda elektrokimyoviy korroziya sodir bo'ladi?
7.Nima sababda elektr korroziya sodir bo'ladi?
8.Qaysi korroziya eng xavfli hisoblanadi?
9.Tuproqning korrozion aktivligini nimalar belgilaydi?
Do'stlaringiz bilan baham: |