11-Ma`ruza. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash


Titrash quyidagi ko`rinishda ifodalanadi


Download 151.58 Kb.
bet2/5
Sana23.03.2023
Hajmi151.58 Kb.
#1289415
1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Mavzu. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash

Titrash quyidagi ko`rinishda ifodalanadi:
-titrash chastotasi f (Gts);
-titrash amplitudasi A (mm);
-titrash tezligi V (mm/s);
-titrash tezlanishi w (mm/s2).
Titrash uskuna, jihoz va kommunikatsiyalarning mexanik mustahkamligini va germetikligini sifatsizlanishiga olib kelishi va har xil avariyalarning sababchisidir. Titrash ta`sirida inson tanasidagi a`zolarning funktsional holatlarini ishdan chiqishi, markaziy asab, yurak va qon aylanish tizimida hamda harakatlanish a`zolarida salbiy o`zgarishlar sodir buladi. Uning zararli ta`siri charchash, boshning, panja va suyak bug’inlarining og’rishi, haddan tashqari asabiylashish va harakat faoliyatining buzilishi bilan namoyon buladi va ayrim hollarda tebranish kasalligining rivojlanishiga olib keladi. Uning og’ir shakllari, mehnat qobiliyatining qisman yoki butunlay yo`qolishiga olib keladi. Shovqin va titrashning ish joylarida ruxsat etilgan darajalari SanPiN N0067-96 berilgan.

-rasm. Shovqinni o`lchash asboblari: a- shovqin va tebranishni o`lchash asbobi


ISHV-1.
1-"Detsibel-1" ulagichi: 2-mikrofonni ulash joyi; 3- davriylik fil’trlarini ulagichi; 4-5-boshqaruv vintlari; 6-"Mikrofon-datchiq" ulagichi; 7- "Kalibr" teshigi; 8- darak beruvchi lampa; 9- sezgir millik o`lchov asbobi; 10- erga ulanish joyi;11- chiqish teshigi; 12- ish turini ulagichi; 13- "Detsibel-P" ni ulash joyi; 14-"o`lchash turi" ni ulagichi; 15- mikrofon M-101; 16- mikrofonni tutqichi; 17-tovush uzatuvchi ichakli o`tkazgich.
b- shovqin o`lchagich SH-63 asbobi; v-shovqinni spektrlari buyicha tahlil qiluvchi ASH-2M moslamasi bilan ishlovchi shovqin o`lchagich SH-ZM; g- GDRda ishlab chiqarilgan qisqa muddatli kuchli tovush to`lqinlarini o`lchashga mo`ljallangan R81-201 asbobi.
2. SHovqin va titrashga qarshi kurash usullari.
Shovqin va titrashga qarshi kurash mashina, jihoz, uskuna va texnologik jarayonlarning loyihalashning dastlabki bosqichlarida boshlanishi maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Korxonalarning bosh rejalarini tuzish jarayonida, albatta shovqinga qashi kurash chora -tadbirlar ko`rib qo`yilishi shartdir. Bunda asosan, sershovqin tsexlarni bar joyga, iloji borcha, ularni ishlab chiqarish hududining chekka tomonlariga joylashtirish, sershovqin tsexlarni boshqasidan tovush o`tkazmaydigan to`siqlar bilan to`sish, sershovqin binolarning eshik va derazalarini maxsus tovush o`tkazmaydigan maxsus materiallardan tayyorlangan bulishi zarur.
Shovqinga qarshi kurash chora-tadbirlari uni keltirib chiqaruvchi manbaning o`zidayoq kamaytirishga harakat qilishdan boshlanishi kerak. Mashina, jihoz, uskunalarning sifatli o`rnatish, o`z vaqtida ta`mirlash va uning dinamik kuchlarini muvofiqlashtirish, yaxshi natija beradi.
Ba`zi qurilmalar tovush to`lqinlari quvvatini tarqatib yuborish xususiyatiga ega. Shovqin to`lqinlari g’ovaksimon shovqin yutuvchi materiallar yuzasiga tushgach, shovqin quvvatini ko`pgina qismi tor g’ovakdagi havoni tebranma harakatga keltirish uchun sarflanadi. G’ovaklardagi havo qisilib isiydi va natijada shovqin quvvati issiqlik quvvatiga aylanishi natijasida tashqi muhitga tarqalib shovqin yo`qoladi.
Shovqinga qarshi kurashning yana bir usuli, texnologik jarayonlarni to`g’ri tanlash, mashina, jihoz, uskunalarning va texnologik jarayonlarni quyi kuchlanishda ishlashini ta`minlash, ularni sifatli yig’ish hamda o`z vaqtida ta`mirlash ishlarini bajarish ham katta ahamiyatga ega hisoblanadi.

Download 151.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling