11-Ma`ruza. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash


Download 151.58 Kb.
bet1/5
Sana23.03.2023
Hajmi151.58 Kb.
#1289415
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-Mavzu. Ishlab chiqarishda shovqin va titrash




11-Ma`ruza. ISHLAB CHIQARISHDA SHOVQIN VA TITRASH
Reja.
1. Shovqin va titrash haqida umumiy ma`lumotlar.
2. Shovqin va titrashga qarshi kurash usullari.
3. Shovqindan himoyalanish usullari va vositalari.
4. Titrashdan himoyalanish usullari va vositalari.
5. Jamoa va shaxsiy himoya vositalari.
Tayanch iboralar
Shovqin, titrash, baxtsiz hodisalar, jarohatlanishlar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, yong’in, dermotologik vositalar, portlashlar, himoya vositalari, dezinfektsiyalash, dezaktivatsiyalash.
1. Shovqin va titrash haqida umumiy ma`lumotlar.
Shovqin va titrash qattiq, suyuq, gazsimon va boshqa xil jismlarning mexanik tebranishlaridir.
Me`yordan yuqori, uzoq ta`sir etgan shovqin va titrashlar, keyinchalik organizmini zararlantirib, og’ir kasbiy kasalliklar kelib chiqishi sababchisidir. Sukunatni buzib, foydali tovush eshitishga xalaqit beradigan tovushlarga shovqin deb ataladi.
Titrash qattiq jismlar, mashina va jihozlarning tebranishidir. Kuchli, keskin va uzoq
davom etadigan shovqin va titrashlar insonning sog’lig’iga salbiy ta`sir ko`rsatib, natijada insonni tez charchatadi, ish unumdorligini pasaytiradi, asab va yurak tizimini ish faoliyatini buzadi.
Insoning eshitish organi mexanik tebranishning 16 - 20000 Gts.gacha bulgan to`lqinlarini eshitadi. 15 Gts. dan past chastotadagi shovqin infratovush, 20000 Gts. dan yuqorisi esa ul’tratovush hisoblanib, inson organizmiga salbiy biologik ta`sir ko`rsatadi.
Tovush intensivligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
J=P2 /p·C
bu erda:
J–tovush intensivligi, vt/m
Ptovush bosimining miqdori, Pa;
ρ – muhit zichligi kg/m3 ;
C – tovush tezligi, m/s.
Tovush to`lqinlarining 200 S haroratli muhitidagi tarqalish tezligi 343 m/s, po`latda 5000 m/s, betonda 4000 m/s. ga teng.
Mashina va uskunalarda, kommunikatsiya va qurilmalarda mexanizatsiyalarning harakatdagi qismlarining nosozligi sababli, suyuqlik va gazlar quvurlar orqali bosim ostida uzatilganda paydo buladigan qisqa to`lqinli tebranishlar titrash deb ataladi.

Download 151.58 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling