11-ma’ruza Kompyuter lingvistikasi metodlari Reja
Download 177.75 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Topshiriqlar
- Qo‘shimcha adabiyotlar
Senariy: restoran
Rollar: tashrifchi, ofitsiantka, xo’jayn, kassir. Maqsad: Qorinni to’yg’izish uchun ovqat olish. Sahna I. Kirish Restoranga kirildi Bo’sh o’rindiqlar bor joyga nazar tashlanadi O’tirish uchun joy tanlanadi Tanlangan joyga boriladi O’tiriladi Sahna II. Buyurtma Taomnoma (menyu) olinadi Menyu o’qiladi Nimani buyurtma qilish haqida kelishiladi Ofitsiantkadan tanlangan taomni keltirish so’raladi Sahna III. Taom Ovqat olinadi Ovqat yeyiladi Sahna IV. Chiqish. Hisob so’raladi Chek olinadi Kassirning oldiga boriladi Pul to’lanadi Restorandan chiqiladi Ko’pchilik mutaxassislarning fikricha, ekspert tizimlari va neyron tarmoqlari sun’iy intellekt bo’yicha izlanishlarda o’zaro musobaqalashuvchi ikki muqobil yo’nalishlardir. Har ikkala yo’nalishning o’ziga xos afzalliklari va kamchilik tomonlari mavjud. Shuni e’tiborga olgan holda aytish mumkinki, neyron tarmoqlari va ekspert tizimlarini birgalikda ishlashini ta’minlovchi gibrid tizimlar ishlab chiqilishi lozim. Shunda qo’yilayotgan masalaning xarakteridan kelib chiqqan holda mos tizim tanlash va muammoga optimal yechim topish imkoniyati yuzaga keladi. Agar masala “qoyida bo’yicha” (implikatsiya – if …, then… - agar…-sa, u holda…) hal etilsa, ekspert tizimlariga murojaat qilsih zarur. Agar masalada ko’pgina empirik ma’lumotlar mavjud bo’lsa, neyron tarmoqlaridan foydalanish maqsadga muvofiq. Yoki obrazlarni tanishda (masalan, moliyaviy holatni aniqlashda) asosan neyron tarmoqlaridan, obraz aniqlangandan keyin bajariladigan mantiqiy amallarda esa ekspert tizimlaridan foydalanilsa, yuqori samaradorlikka erishish mumkin. Topshiriqlar 1. Kompyuter lingvistikasi fanining zamonaviy yo’nalishlari haqida Internet ma’lumotlarini toping. 2. Lingvistik kompyuter dasturlarning ishlash samaradorligini oshirish uchun nimalar qilish lozim? 3. Ekspert tizimlari qaysi sohalarda ishlatilmoqda? 4. Sun’iy intellekt tizimi bo’yicha erishilgan yutqlarga nimalarni kiritish mumkin? 5. Sun’iy intellekt tizimini yaratish yuzasidan qanday yondashuvlar mavjud? Adabiyotlar Abduraxmonova N. Mashina tarjimasining lingvistik ta’minoti (monografiya). –Toshkent: Muharrir, 2018. Abduraxmonova N. Kompyuter lingvistikasi (dasrlik) Toshkent: Nodirabegim, 2021, 400 b. Jurafsky D., J. H. Martin. Speech and Language Processing: An introduction to natural language processing, computational linguistics, and speech recognition. 2006 Mitkov R. The Oxford handbook of Computational linguistics. Oxford university press, 2003 Qo‘shimcha adabiyotlar: Xolmonova Z. Kompyuter lingvistikasi (o‘quv qo‘llanma) Toshkent- 2019 Douglas A. Machine Translation: An Introductory Guide. London, 1994. Rahimov A. Kompyuter lingvistika asoslari. Toshkent: Akademnashr, 2011. Polatov A. Kompyuter lingvistikasi Toshkent: Akademnashr, 2014. Alexander Clark, Chris Fox, and Shalom Lappin. (Edited) The Handbook of Computational Linguistics and Natural Language Processing. 2010. Bolshakov I. A., Alexander G. Computational Linguistics Models, Resources, Applications. – Mexico, 2004. Hutchins W.J., H.L.Somers An Introduction to Machine Translation, Academic Press, 1992. Марчук Ю.Н. Компьютерная лингвистика: учеб. пособие –Москва, Восток-Запад, 2007. Download 177.75 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling