11-ma’ruza Kompyuter lingvistikasi metodlari Reja


Download 177.75 Kb.
bet3/6
Sana17.06.2023
Hajmi177.75 Kb.
#1532440
1   2   3   4   5   6
Agent (A) – harakat bajaruvchisi (inglizcha “agent” so’zidan olingan).

  • Tema (T) – predmet (inglizcha “theme” so’zidan olingan)

  • Manba (S) – harakat obyektining dastlabki holati (inglizcha “source” so’zidan olingan).

  • Maqsad (G) – harakat ijrosidan keyingi yakunniy holati (inglizcha “goal” so’zidan olingan).

  • Vosita (I) – harakat uchun qurol-vosita (inglizcha “instrument” so’zidan olingan).

  • Usul (W) – harakat usuli (inglizcha “way” so’zidan olingan).

    Freymlar sun’iy intellekt tarkibiga kiruvchi ekspert tizimlarida faol ishlatiladi. Freymning quyidagi turlari mavjud: freym-namunalar, freym-strukturalar, freym-rollar, freym-senariylar, freym-vaziyatlar. Freymlar tizimi birlashib semantik tarmoqni hosil qiladi. Freym kompyuter xotirasida bilimlar xazinasi va faktlar omboriga tayanib olamni maxsus shakllantiruvchi model vazifasini bajaradi. Freym slot deb atalgan bir yoki bir necha elementlarning majmui hisoblanadi. Slotlarda obyektlarga xos belgilar ma’nosi qayd etilgan bo’ladi.

    17-jadval


    Stol” freym fragmentining jadval ko’rinishidagi reprezentatsiyasi





    Slot nomi

    Slot mazmuni

    Oyoqchalar miqdori

    To’rtta, undan ko’proq bo’lishi ham mumkin

    Materiali

    Yog’och, plastmassa, shisha

    Yuzasi, sirti

    Oval, kvadrat, aylana

    Tumbaning (tagkursining) mavjudligi

    Ixtiyoriy tarzda

    Vazifalari

    Ovqatlanish uchun, dars tayyorlash uchun, ish uchun va hokazo

    va boshqalar




    Freym-senariy ba’zi harakat, voqea-hodisalarning harakterli unsurlarini o’z ichiga olgan tipik strukturalar hamda vaziyatlarning rivojlanishi, ketma-ketligi (algoritm bosqichlari) demakdir. Senariy bu oddiy voqea-hodisalar zanjiri emas, balki ushbu harakatlar ketma-ketligida kauzal bog’liqlik tamoyili ishlaydi, ya’ni har bir harakat natijasi shartli sanaladi, uning ta’siri va oqibatida navbatdagi ish-harakat sodir bo’lishi mumkin. Har bir senariyda rol bajaruvchilar mavjud. Senariylar real hayotda uchraydigan vaziyatlarni aks ettiruvchi holatlar asosida yuzaga keladi. Masalan, restoranga tashrif buyurish senariysini olib qaraylik.



    Download 177.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling