11-ma’ruza. Qattiq jismlar fizikasi reja
Download 56.69 Kb.
|
11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Atomlar orasidagi o‘zaro ta’sir energiyasini masofaga bog‘liqligi.
11-MA’RUZA. QATTIQ JISMLAR FIZIKASI Reja: Qattiq jismlarning kristallik tuzilishlari. Bog‘lanish kuchlari. Erkin elektronning energetik sathlari. Kristallarning sohaviy nazariyasi. Sohaviy nazariyada metallar, yarim o‘tkazgichlar va dielektriklar. Qattiq jismlar o‘zlarining tuzilish xususiyatlariga qarab quyidagi turlarga bo‘linadilar. Amorf moddalar, qandaydir aniq kristallik tuzilmalarga ega bo‘lmagan moddalar; Polikristall moddalar, alohida dona – dona yoki kichik sohali kristallik tuzilmalardan tashkil topgan bo‘ladi. Har bir dona – dona tuzilmalar aniq kristall tuzilmalardan iborat bo‘lib, ularning qo‘shni sohalardagi o‘lchami va oriyentatsiyalari butunlay ihtiyoriy bo‘ladi. Monokristall moddalar, ularning atomlari fazoviy tartibli joylashgan bo‘ladi va kristall panjara deb ataladigan uch o‘lchamli davriy tuzilmani tashkil etadi. Qattiq jismlarning kristall panjaralari rasmda keltirilgan tartibli davriy tuzilmalar modellari orqali tasvirlanadilar. Kristall panjarada kristall bo‘yicha davriy takrorlanadigan elementar yacheykani ajratish mumkin. Kristall panjarada atomlarning markazlari joylashgan nuqtalar – tugunlar, ular orasidagi sohalar tugunlararo sohalar deb ataladi. Elementar yacheykadagi barcha atomlar elementar yacheykaning bazisi deb ataladi. Elementar yacheykani tavsiflash uchun, umumiy holda oltita kattalikni kiritish zarur: elementar yacheykaning uch qirrasi va ular orasidagi uchta burchaklar. Bu kattaliklarni elementar yacheykaning parametrlari, a, b, c kesmalarni esa, o‘q birliklari deb atashadi. Atomlar orasidagi o‘zaro ta’sir energiyasini masofaga bog‘liqligi. Download 56.69 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling