11-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan emt va komplekslar. Reja
Download 227.89 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq11-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Raqamli dasturiy boshqariladigan elektr yuritma (RDB).
11-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan EMT va komplekslar. Reja 1.Raqamli boshqariluvchan EMT va komplekslarning funksional sxemalari. 2.Asosiy elementlari. Dasturiy boshqariladigan elektr yuritmalar ishchi mashina ijro organining xarakatini ma’lum bir, oldindan berilgan dastur bo‘yicha ta’minlaydi. Bunday boshqariladigan yuritmalar, ko‘p xollarda, metallarni qayta ishlashda qo‘llaniladi. Misol uchun, detallar partiyasi, teshish, frezerlash, silliqlash va boshqatexnologik operatsiyalarni amalga oshirish imkoniyatini beruvchi ko‘p operatsiyali dastgoxda qayta ishlashdan o‘tishi zarur. Dasturiy boshqarishdan foyda-lanilganda, detalni qayta ishlashdan oldin, mos ravishda dastur tuziladi, unda instrumentni almash-tirish tartibi, detal max-kamlangan stolni kerakli siljishi instrumentni ish rejimi va boshqa texnolo-gik ma’lumotlar berilgan bo‘ladi. SHundan so‘ng dastgox ijro organlari-ning elektr yuritmalari Ushbu dasturni bajarilishini amalga oshirildi. Dasturiy boshqariladigan dastgoxlarni qo‘llash, ularning unumdorligini keskin ortiradi, ishlab chiqarishni va detal almashtirilgandagi texnologik jixozlarni tayyorlash muddatini uzaytiradigan brakni kamaytiradi, ko‘p dastgoxli xizmat ko‘rsatishiga o‘tishni va o‘zaro almashtirshni ta’minlaydi, bularni barchasi sizlarni iqtisodiy samara olish imkoniyatini beradi. Dasturiy boshqarishdan foydalanish, ayniqsa kichik seriyali ishlab chiqarishda va qayta ishlanayotgan detallarning nomenklaturasi tez-tez almashganda samaralidir. Raqamli dasturiy boshqariladigan elektr yuritma (RDB). Ushbu elektr yuritma dasturiy boshqariladigan universal tizimdir. U dastgoxlardagi turli buyumlarni qayta ishlashda keng qo‘llanishga ega bo‘lib, detallarni qayta ishlash sifati va mexanik unumdorligini sezilarli darajada oshishni ta’minlaydi. RDU li elektr yuritmalar qo‘llanilganda buyumlarni qayta ishlash bo‘yicha barcha texnologik ma’lumotlar buyum yoki qayta ishlovchi instrumentning tezligi va siljishi ishlab berishdagi operatsiyaning ketma – ketligi va boshqalar raqamlar ko‘rinishida beriladi. Barcha raqamlarning majmuasi Ushbu buyumga ishlov berish dasturini tashkil etadi. Dastur oldindan mos ravishda xisoblandi, kodlashtirilgan u yoki bu turdagi dastur tashuvchiga yoziladi. Buyumga ishlov berish oldidan dastur elektr yuritmaning dasturiy qurilmasiga kiritiladi. U operatorning bevosita qatnashi ishsiz buyumga ishlov berishni ta’minlaydi. Boshqa buyumga ishlov berish uchun faqat dasturni almashtirish talab qilinadi. U yordamchi operatsiyalarni (instrumentni olib kelish va chetlashish detalni o‘lchash, keltirish kattaliklarini xamda kesish tezliklarini o‘rnatish va boshqalar) chiqarib tashlashi xisobga ishlov berish vaqtini sezilarli kamaytiradi. SHunday qilib, RDB li dasturiy boshqarish tizimi (DBT)3. dasturiy boshqariladigan elektr yuritmaning ma’lum birko‘rinishidir. RDU lik tizimlar analogi, (uzluksiz) va diskretli (impulsli) tizimlarga bo‘linadi. Analogli ROU tizimlarda buyumlarga ishlov berish dasturlarini tashkil qiluvchi raqamlar majmuasi qandaylir uzluksiz o‘zgaruvchi analogli fizikaviy kattalikka (o‘zgarmas tok kuchlanishi sinusoid kuchlanishning fazsi yoki amplitudasi va boshqalar) o‘zgartiriladi. Bu kattalik elektr yuritma uchun kirish, boshqaruvchi ta’siri bo‘ladi. Diskretli RDB tizimlarida dastur boshqaruvchi impulslar ketma-ketligi sifatida berilib, ularning xar biriga buyum yoki instrumentning ma’lum bir siljishi mos keladi. Bunda impuls sonlari siljish qiymatini, ularning chastotasi esa siljish tezlanishini aniqlaydi. Download 227.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling