11-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan emt va komplekslar. Reja


Download 15.03 Kb.
bet1/2
Sana02.11.2023
Hajmi15.03 Kb.
#1739596
  1   2
Bog'liq
11-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan emt va komplekslar. Reja-fayllar.org


11-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan emt va komplekslar. Reja




11-ma’ruza 
Raqamli boshqariluvchan EMT va komplekslar. 

Reja 
1.Raqamli boshqariluvchan EMT va komplekslarning funksional sxemalari.
2.Asosiy elementlari.
Dasturiy boshqariladigan elektr yuritmalar ishchi mashina ijro organining xarakatini
ma’lum bir, oldindan berilgan dastur bo‘yicha ta’minlaydi.
Bunday boshqariladigan yuritmalar, ko‘p xollarda, metallarni qayta ishlashda qo‘llaniladi.
Misol uchun, detallar partiyasi, teshish, frezerlash, silliqlash va boshqatexnologik operatsiyalarni
amalga oshirish imkoniyatini beruvchi ko‘p operatsiyali dastgoxda qayta ishlashdan o‘tishi zarur.
Dasturiy boshqarishdan foyda-lanilganda, detalni qayta ishlashdan oldin, mos ravishda dastur
tuziladi, unda instrumentni almash-tirish tartibi, detal max-kamlangan stolni kerakli siljishi
instrumentni ish rejimi va boshqa texnolo-gik
ma’lumotlar berilgan bo‘ladi. SHundan so‘ng dastgox
ijro organlari-ning elektr yuritmalari Ushbu dasturni
bajarilishini amalga oshirildi.
Dasturiy boshqariladigan dastgoxlarni qo‘llash,
ularning
unumdorligini
keskin
ortiradi,
ishlab
chiqarishni va detal almashtirilgandagi texnologik
jixozlarni tayyorlash muddatini uzaytiradigan brakni
kamaytiradi, ko‘p dastgoxli xizmat ko‘rsatishiga
o‘tishni va o‘zaro almashtirshni ta’minlaydi, bularni
barchasi sizlarni iqtisodiy samara olish imkoniyatini
beradi. Dasturiy boshqarishdan foydalanish, ayniqsa
kichik seriyali ishlab chiqarishda va qayta ishlanayotgan detallarning nomenklaturasi tez-tez
almashganda samaralidir.
Raqamli dasturiy boshqariladigan elektr yuritma (RDB). Ushbu elektr yuritma
dasturiy boshqariladigan universal tizimdir. U dastgoxlardagi turli buyumlarni qayta ishlashda
keng qo‘llanishga ega bo‘lib, detallarni qayta ishlash sifati va mexanik unumdorligini sezilarli
darajada oshishni ta’minlaydi.
RDU li elektr yuritmalar qo‘llanilganda buyumlarni qayta ishlash bo‘yicha barcha
texnologik ma’lumotlar buyum yoki qayta ishlovchi instrumentning tezligi va siljishi ishlab
berishdagi operatsiyaning ketma – ketligi va boshqalar raqamlar ko‘rinishida beriladi. Barcha
raqamlarning majmuasi Ushbu buyumga ishlov berish dasturini tashkil etadi. Dastur oldindan mos
ravishda xisoblandi, kodlashtirilgan u yoki bu turdagi dastur tashuvchiga yoziladi.
Buyumga ishlov berish oldidan dastur elektr yuritmaning dasturiy qurilmasiga kiritiladi. U
operatorning bevosita qatnashi ishsiz buyumga ishlov berishni ta’minlaydi. Boshqa buyumga
ishlov berish uchun faqat dasturni almashtirish talab qilinadi.
U yordamchi operatsiyalarni (instrumentni olib kelish va chetlashish detalni o‘lchash,
keltirish kattaliklarini xamda kesish tezliklarini o‘rnatish va boshqalar) chiqarib tashlashi xisobga
ishlov berish vaqtini sezilarli kamaytiradi.
SHunday qilib, RDB li dasturiy boshqarish tizimi (DBT)3. dasturiy boshqariladigan elektr
yuritmaning ma’lum birko‘rinishidir. RDU lik tizimlar analogi, (uzluksiz) va diskretli (impulsli)
tizimlarga bo‘linadi. Analogli ROU tizimlarda buyumlarga ishlov berish dasturlarini tashkil
qiluvchi raqamlar majmuasi qandaylir uzluksiz o‘zgaruvchi analogli fizikaviy kattalikka
(o‘zgarmas tok kuchlanishi sinusoid kuchlanishning fazsi yoki amplitudasi va boshqalar)
o‘zgartiriladi. Bu kattalik elektr yuritma uchun kirish, boshqaruvchi ta’siri bo‘ladi. Diskretli RDB
tizimlarida dastur boshqaruvchi impulslar ketma-ketligi sifatida berilib, ularning xar biriga buyum
yoki instrumentning ma’lum bir siljishi mos keladi. Bunda impuls sonlari siljish qiymatini,
ularning chastotasi esa siljish tezlanishini aniqlaydi.



Download 15.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling