11-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan emt va komplekslar. Reja
Download 15.03 Kb.
|
1 2
Bog'liq11-ma’ruza Raqamli boshqariluvchan emt va komplekslar. Reja-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
11.1- расм. Дастурий
бошқариладиган ЭЮ нинг тузилмавий схемаси RDB li tizimlar quyidagi ikki rejimlardan biridan ishlaydi: pozitsiyalashbo‘yicha va konturli bo‘yicha ishlov berish. Pozitsion (koordinatali) RDB tizimlari buyumga yoki uning to‘g‘ri chiziqli siljishiga nisbatan instrumentni aniq o‘rnatishni ta’minlaydi. Bunday rejimlar frezerlash bir necha teshiklarni pormalashda yoki yo‘nishda, shuningdek buyumlarni randalash va silliqlashda kerak bo‘ladi. Bunda instrument yoki buyum instrument o‘rnatilgan (pozitsiyalashgan) nuqtalar orasidagi eng qisqa to‘g‘ri chiziqli yo‘l bo‘yicha siljiydi. Konturli (funksional) RDB li tizimlar buyum, instrument yoki buyumni ixtiyoriy traektoriyada siljishini ta’minlaydi, bu turli konfiguratsiyaga ega bo‘lgan buyumlarga konturli ishlov berishda talab qilinadi. RDB li tizimlar yopik yoki ochiq bo‘lishi mumkin. YOpiq tizimlarda datchiklar yordamida instrument yoki buyumning xaqiqiy o‘rin joyi o‘lchanadi. Va bu malumot teskari aloqa ko‘rinishda taqqoslovchi qurilmaga beriladi. Ushbu qurilmada u, dasturiy qurilma signali bilan solishtiriladi. Xaqiqiy o‘rin joyi topshiriqqa nisbatan farq qilganda elektr yuritmaning boshqarish tizimiga, instrument yoki buyumni o‘rin joyini kerakli korreksiya qilishni ta’minlovchi, qo‘shimcha boshqarish signali beriladi. SHu orqali yopiq RDB tizimlari, buyumlarga ishlov berishni yuqori aniqligini ta’minlaaydi. Ochiq RDB tizimlarida instrument yoki buyumning xarakati nazorat qilinmaydi va topshiriqqa nisbatan bevosita solishtirilmaydi. SHuning uchun, tizim ko‘rsatkichlarini yoki qandaydir tashqi ta’sirlarni, misol uchun, yuritma validagi qarshilik mrmentni, tasodifiy o‘zgarishi dasturga ishlov berish aniqligini kamayishini chaqiradi. SHu bilan bir qatorda ochiq tizimlar yopiqlarga nisbatan sozlash va ishlashda soddaroqdir. RDB tizimi dastgoxlarda buyumga ishlov berish jarayoniga bir necha bosqichlardan iborat bo‘lgan bunda tastur tashuvchini tayyorlash oldin keladi. Buyumga ishlov berish dasturini tuzish uchun boshlang‘ich ma’lumotlar sifatida quyidagi texnologik kattaliklar bo‘ladi: tayyorlamaning o‘lchovlari (chala maxsulot) va buyumning chizmasi, tayyorlamaning materialli, instrumentning xarakteristikalari, buyum tayyorlashning aniqlik darajasi, ishlov berishning ko‘rinishi va xarakteri. Dastur tuzishning 1-chi bosqichida maxsus chizma tayyorlanadi. Bunda buyum to‘g‘ri burchakli koordinatalar tizimida ko‘rsatiladi. (xajm bo‘yicha ishlov berilganda 3-koordinata xam beriladi) so‘ngra qabul qilingan koordinatalar tizimida instrument (buyum)ning siljishi dasturlanadi, bunda pozitsion RDB tizimlari orasidagi siljishlar dasturlanadi, konturli RDB tizimlari uchun esa – instrument (buyum) markazini kerakli troektoriya bo‘yicha siljishi dasturlanadi. Dastur tayyorlashning keyingi bosqichida buyumga ishlov berishning texnologikkartasi tuziladi. Unda kesim tezligi berilishi va chuqurligi va koordinata o‘qlari bo‘yicha siljish kattaliklari ko‘rsatilgan xolda instrument (buyum)ning barcha siljishlarining ketma-ketligi aniqlanadi. Ma’lumotlarning kiritishga qulay bo‘lishi va dastur tashuvchining uzunligini kamaytirish uchun texnologik kartadagi barcha ma’lumotlar kodlashtiriladi. RDB tizimlarida ikkilangan va ikkilanmagan–10 li kodlar eng ko‘p tarqalgan. Bunda ikkilangan va 10 li sanoq tizimdan foydalaniladi. Dastur tashuvchiga dastur aloxida. “Bo‘laklar” (bloklar) ko‘rinishida yoziladi. Xar bir blok texnologik siklining u4shbu bosqichidagi buyumga ishlov berishi tzg‘risidagi brcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Kordinata o‘qlari bo‘yicha siljish tezligi va yo‘nalishi, ishlov berish rejimlari. Sovutish rejimlari va boshqalar. Bu ma’lumot aloxida “So‘zlar” yordamida ifodalanib, ularning xar biri yoki koordinata o‘qlari bo‘yicha siljdish qiymatini yoki uning tezligi va yo‘nalishini yoki qandaydir yordamchi kamandalarni aniqlaydi. Buyumga ishlov berish dasturini o‘z ichiga olgan xolda tayyorlangan DT., elektr yuritmaning kirish qurilmasiga o‘rnatiladi. Kirish va dasturga ishlov bersh qurilmasi (KDIB.Q) da foto o‘quvchi F.O‘. va kuchaytirgich – shakllantirgich ksh yordamida dastur tashuvchi DT dagi kodlashtirilgn axborot aloxida kadrlar bo‘yicha o‘qiladi va elektrik signallarga o‘qiladi. O‘qilayotgan bir kadr to‘g‘risidagi ma’lumot bufer (oraliq xotiraga yozilguncha R.D.B) tizimining ishchi xotirsi va keyingi bloklarida oldingi kadrlar to‘g‘risidagi axborotlarg ishlov berish amlg oshiriladi. Ishchi xotira bo‘shatilishi mobaynida unga bufer xotirasidan ma’lumotlar o‘tkaziladi, bu orqali dastgoxni boshqarish jarayonini uzluksizligi ta’minlanadi. Bufer va ishchi xotir qurilmasi XQ tarkibiga keyingi xotiradan elektrik signallar interpolyator (deshifrator) I kirishiga beriladi. U ushbu kodlashtirligan signallarni elektr impulslar ketma – ketligi (bular unitar kod deb ataladi) ga o‘zgartiradi va ularni elektr yuritma kirishiga beradi, elektr yuritma impulslar ketma – ketligini qayta ishlashini amalga oshirib, dastgox ijro organini siljishi ta’minlaydi. Bunda, impulslar soni siljish kattaligini ularning qaytalanish chastotasi esa siljish tezligini aniqlaydi. Xotira qurilmasi XQ boshqarish pulti BP bilan bog‘langan. RDB tizimi shuningdek, mos ravishda turli elektro mexanik va elektromagnit qurilmalarni–elektromagnit nuqtalar, dastgoxlarning turli mexanik vositalarining elektromagnitlari, rele va kontaktorlar-ning g‘altaklarini xamda boshqarishni ta’minlaydi. 11.2– rasmda ular shakli ravishda elektro avtomatika bloki EB tarzida ko‘rsatilgan. 11.2- rasmdagi RDB sxemasi detalga ishlov berish texnologik jarayoni ko‘rsatkichlarining datchiklari (TJD bloki) bilan to‘lg‘azilishi mumkin. Bunday xolatda RDB tizimi yopiq tizim bo‘lib, detalga ishlov bershning yuqori sifatini ta’minlaydi, bundan tashqari RDB li elektr yuritma sxemasi dasturlarni kiritish va o‘chirishni nazorat qilish, dastgox elektr qurilmalarini ishlardagi ximoya, blokirovka va signallashtirishni ta’minlovchi bir qator bloklar va jixolarga xam ega bo‘ladi. Nazorat savollari 1.Raqamli booshqarish nima? 2.Tuzilish sxemasini tushuntiring. 3.Elementlarini izoxlang. 11.2-rasm. Dasturiy boshqariladigan EYU ning tuzilmaviy sxemasi http://fayllar.org Download 15.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling