11-ma’ruza. Texnologik tizimlarini tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish va modellashtirish. Reja
Download 35.67 Kb.
|
11-ma’ruza. Texnologik tizimlarini tahlil qilish, sintez qilish -fayllar.org
Tayanch so‘z va iboralar
1. Texnologik tizim tahlili - texnologik tizim kirish parametrlarini oraliq va chiqish parametrlariga ta’sir o‘rganiladi. 2. Texnologik tizim sintez qilish - agar maqsaddagi mahsulotni olish usuli ma’lum bo‘lsa, unda shu mahsulotni olishni optimal sxemasini aniqlash. 3. Texnologik tizim optimallashtirish - optimallashtirish kriteriysining eng yaxshi qiymatlarini ta’minlovchi texnologiya parametrlarini aniqlash. 4. Texnologik tizimning kirish parametrlari - tizimga ta’sir ko‘rsatuvchi asosiy parametrlar. 5. Texnologik tizimning chiqish parametrlari - tizim holatini ko‘rsatuvchi asosiy parametrlar. 6. Texnologik tizimning oraliq parametrlari - tizim holatini ko‘rsatuvchi parametrlar. 7. Samaradorlik ko‘rsatkichi - tizimni effektiv ishlashini ko‘rsatuvchi ko‘rsatkich. 8. Optimal texnologik sxema - texnologik sxemaning eng yaxshisi. 9. Modellashtirish- texnologik jarayon xususiyatlarini uning modeli yordamida o‘rganish. 10. Fizik modellashtirish - texnologik jarayon xususiyatlarini uning fizik modeli yordamida o‘rganish. 11. Matematik modellashtirish - texnologik jarayon xususiyatlarini uning matematik modeli yordamida o‘rganish. 12. Mazmuniy ifoda - texnologik jarayonni mazmuniy aspektda ifodalangan ko‘rinishi. 13. Matematik ifoda - texnologik jarayonni analitik aspektda matematik tenglamalar yordamidagi ifodasi. 14. Modellashtirish algoritmi - matematik modelni echish ketma-ketligini belgilovchi algoritm. 15. Texnologik «elementar» jaraenlari - texnologik jarayon ierarxik tuzilishida jarayonni tashkil qiluvchi bir necha jarayonlar. 16. Fazalarning oqim tuzilishi - fazalarning oqimi harakati. 17. Moddaning agregat holatini o‘zgarishi - moddaning suyuqlik xolatdan bug‘ga, bug‘ holatdan suyuqlik holatiga o‘tishi va x.k.z. 18. Jarayonning konstruktiv parametrlari - jarayonning apparat konstruksiya parametrlariga bog‘liq bo‘lgan parametrlari. 19. Jarayonning fizik parametrlari - jarayonning holat va xususiyat parametrlari. 20. Parametrlari mujassamlangan modellar - parametrlari bir koordinata bo‘yicha o‘zgaruvchi modellar. 21. Parametrlari taqsimlangan modellar - parametrlari vaqt va yana bir boshqa koordinata bo‘yicha o‘zgaruvchi modellar. 22. Effektiv xisoblash algoritmlari - hisoblashni optimal ketma-ketligi. Download 35.67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling