11-ma’ruza. Texnologik tizimlarini tahlil qilish, sintez qilish va optimallashtirish va modellashtirish. Reja
Matematik modellashtirish uch bosqichda olib boriladi
Download 327.96 Kb. Pdf ko'rish
|
TJA va NQ 11-ma\'ruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik modelni qurish
- Mazmuniy ifodani tuzish
Matematik modellashtirish uch bosqichda olib boriladi:
O‘rganilayotgan jarayon matematik modelini tuzish, Asosiy parametrlar qiymatlarini hisoblash uchun masalani yechishni dasturlash (algoritmlash), Modelni o‘rganilayotgan jarayonga adekvatligini aniqlash. Matematik modelni qurish Ob’yektda ketayotgan hodisalarni ifodalaydigan matematik tenglamalar tizimiga matematik model deyiladi. Shunga asosan, texnologik jarayonning matematik modelini tuzishni quyidagi uch aspektda ko‘rishimiz mumkin: mazmuniy, analitik va hisoblash. Birinchi, ob’yektning fizik mohiyati o‘rganilib, uning mazmuniy ifodasi tuziladi. Ikkinchi, mazmuniy ifodani analitik ko‘rinishda, ya’ni matematik tenglamalar tizimi ko‘rinishida ifodalanadi. Uchinchi, modelni hisoblash tomonlari, ya’ni modellashtirish algoritmi aniqlanadi. Bunda matematik ifodani yechish usuli va yechish ketma-ketligi aniqlanib, ya’ni yechish algoritmi tuziladi. Mazmuniy ifodani tuzish Har qanday matematik modelni tuzish ob’yektni mazmuniy ifodasini tuzishdan boshlanadi. Kimyo texnologiya ob’yektlarini modellashtirishda avval, ularning «elementar» jarayonlarini aniqlab olinadi. Odatda quyidagi «elementar» jarayonlarini inobatga olinadi: fazalar oqimlari harakati jarayoni; kimyoviy o‘zgarish jarayoni; fazalar orasidagi modda almashinuvi; issiqlik o‘tkazishi; modda agregat xolatining o‘zgarishi. Ba’zi bir to‘la o‘rganilmagan «elementar» jarayonlarni matematik modelga kiritilmasdan jarayonning matematik modelini tuzish mumkin, lekin bunda jarayon matematik modeli xatoligi juda katta bo‘lib ketmasligiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Modellashtirishdan olingan natijalar aniqligi ob’yektning har xil parametrlarini bu modelda qanchalik to‘la hisobga olinganligiga bog‘liqdir. Bu parametrlarga quyidagilarni kiritish mumkin: konstruktiv, fizik va elementar jarayon parametrlari. Konstruktiv parametrlarga, struktura parametrlari (oqimlar harakati tuzilishini ifodalovchi) va geometrik parametrlar (apparat parametrlari) kiradi. Fizik parametrlarga oqimning holat parametrlari (temperatura, konsentratsiya va boshqalar) va xususiyat parametrlari (issiqlik sig‘imlari, qovushqoqlik, zichlik va boshqalar) kiradi. «Elementar» jarayon parametrlariga gidrodinamik parametrlar (oqimlar harakatini ifodalovchi parametrlar, masalan: moddaning oqimda ko‘ndalang aralashtirish koeffitsienti) va fizik-kimyoviy parametrlar (issiqlik va modda almashinuv koeffitsienti, kimyoviy reaksiya tezligi konstantasi) kiradi. Download 327.96 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling