Boshqaruv tizimlarni modellashtirish. Statik va dinamik modellar.
Boshqarish ob’yekti xususiyatlarini o‘rganish, boshqaruvchanlik darajasini bilish, turli
masalalarni loyihalash, optimallashtirish, bashoratlash, tashxislash va hakozolarni
yechish uchun murakkab boshqarish tizimining matematik modelini qurish kerak bo‘ladi.
Model – boshqarish ob’yektining asosiy xususiyatlari, bog‘lanishlari, parametrlari
orasidagi bog‘lanishlarni ifodalovchi yoki o‘xshatuvchi bo‘lib, belgilar (simvol) yoki
moddiy narsalar yordamida modellashtirilayotgan ob’yektni tasavvur qilish imkonini
beruvchidir.
Modellashtirish – model asosida (matematik yoki fizik) yoki o‘xshatish nazariyasini
qo‘llab yaratilgan qurilmada jarayon yoki voqea va hodisalarni o‘rganish usuli.
Boshqarish ob’yektining turli bo‘lishi, ularning xususiyatlari bir-biridan farq qilishi,
har bir ob’yektga alohida yondashish ayniqsa, boshqarish masalasini yechishda ma’lum
qiyinchiliklarga sabab bo‘ladi. Shu sababdan boshqarish ob’yektlarining xususiyatlarini
o‘rganib, ma’lum guruhlarga bo‘lish, ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shuning uchun
ob’yekt xususiyatlarini hisobga olib, boshqarish vositalarini yaratish uchun boshqarish
tizimini bir nechta tizimlarga bo‘lamiz: texnik tizimlar, iqtisodiy tizimlar, ijtimoiy
tizimlar, tibbiy tizimlar, biologik tizimlar va hakozo.
Ushbu tizim xususiyatlariga va yechiladigan funksional masalalariga ko‘ra o‘xshash
bo‘lganligi uchun bir tizimga keltirilgan.
Tizimlar oddiy va murakkab bo‘ladi. Murakkab tizimlar bir nechta elementlardan
tashkil topadi. Ular orasidagi bog‘lanishlar uzviy bo‘lsada, qanday bog‘langanligi
noaniq bo‘ladi. Ushbu tizimning ifodasini tuzish ma’lum qiyinchiliklarni keltiradi.
Tizimlar ikki xil ko‘rinishda bo‘ladi: ochiq modda va energiya beriladi va olinadi.
Yopiq tizimlarda esa modda va energiya berilmaydi va olinmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |