Tta termiz filiali 107 b guruh talabasi Po’latov Samandarning Tibbiy biologiya va genetika fanidan mustaqil ishi


Download 0.94 Mb.
Sana17.06.2023
Hajmi0.94 Mb.
#1520585
Bog'liq
Abdusalimov Jasurbek

TTA Termiz filiali 105b guruh talabasi Abdusalimov Jasurbekning Tibbiy biologiya va genetika fanidan mustaqil ishi

Mavzu: A’zolar sistemasi ontofiliogenezi: endokrin tizimlar, qon aynalish, nafas olish, ayiruv, jinsiy tizimlar.


Mavzu: A'zolar sistemasi ontofilogenezi:endokrin tizimlar,qon aylanish,nafas olish,ayiruv jinsiy tizimlar
  • Reja;
  • Nafas olish
  • Qon aylanish
  • Ayiruv jinsiy tizimlar
  • Endokrin tizimlar
  • endokrin tizimi ham tananing boshqarilishida ishtirok etadi. Elektr signallar oʻrniga endokrin tizimi gormonlar deb ataluvchi kimyoviy signallardan foydalanadi. Ushbu gormonlar qon oqimi boʻylab harakatlanib, organ va hujayralarning faoliyatini boshqaradi.

Endokrin tizimlar
Masalan, qondagi qand miqdori oshqozon osti bezi tomonidan ishlab chiqariluvchi insulin va glyukagon gormonlari yordamida boshqariladi.
Agar qonda qand miqdori baland boʻlsa, oshqozon osti bezi insulin gormonini ishlab chiqaradi. Insulin qondagi glyukoza miqdoriga taʼsir qilib, uning meʼyordan ortib ketishiga yoʻl qoʻymaydi.
Agar qondagi qand miqdori kamaysa, oshqozon osti bezi glyukagon gormonini ishlab chiqaradi. Bu gormon taʼsirida glikogen zaxiralari parchalanib, qondagi glyukoza miqdorini normal darajagacha koʻtaradi
Qon aylanish
Qon aylanishi — yurak qisqarishi tufayli qonning qon oʻtkazish sistemasida harakatlanishi. Qon aylanishi organizm toʻqimalari bilan tashqi muhit orasidagi moddalar almashinuvi va gomeostaz turgʻunligini taʼminlaydi. Qon toʻqimaga kislorod, suv, oqsil, uglevodlar, yogʻ, mineral moddalar, vitaminlar va boshqa olib keladi va toʻqimadan karbonat angidrid hamda moddalar almashinuvida paydo boʻlgan boshqa chiqindi moddalarni olib ketadi.
Termoregulyatsiya va gumoral regulyatsiyaii amalga oshiradi. Immunitetning muhim omilidir. Qon aylanishi ni 1628-yil ingliz vrachi U.Garvey kashf qilgan.
Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlarda ochiq Qon aylanishi doirasi mavjud (gemolimfa gavda muskullari yoki tomirlar qisqarishi tufayli harakatlanadi). Odam va ayrim yuqori darajada rivojlangan umurtqasizlarda Qon aylanishi doirasi yopiq boʻladi. Suvda va quruqlikda yashovchilar, sudralib yuruvchilar, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi doirasi 2 ta. Odam. shu jumladan, sut emizuvchilar va qushlarda Qon aylanishi sxemasi bir xil.
Nafas olish
Nafas organlari - organizm bilan tashqi muhit (suv yoki havo) oʻrtasida gaz almashinuvi uchun ixtisoslashgan organlar. Hayvonlarda tana qoplagʻichi yoki ichagi devorining botib kirishi yoki boʻrtib chiqishi tufayli vujudga kelgan. Koʻpchilik umurtqasiz hayvonlar (gʻovaktanlilar, boʻshliqichlilar, chuvalchanglar, tuban qisqichbaqasimonlar, ignaterililar)da Nafas organlari boʻlmaydi.
Umurtqalilar orasida teri orqali nafas olish kam harakatlanadigan va mayda hayvonlar — ayrim baliqlar, suvda va quruklikda yashovchilar uchun xos. Nafas organlari dastlab chuvalchanglarda jabralar shaklida paydo boʻlgan. Kislorod tanqis boʻlgan, oqmaydigan loyqa suvlarda yashaydigan ayrim baliklarda atmosfera havosi bilan nafas oladigan organlar — oʻpkalar, labirint apparat rivojlangan.
Ayiruv jinsiy tizimlar
Chiqarish sistemasi, ayirish sistemasi, ekskretor sistema — tirik organizmlarda ortiqcha suv, moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari, tuz, shuningdek, unda hosil boʻladigan yoki tashqi muhitdan kiradigan zaharli moddalarni organizmdan tashqi muxitga chiqarib turadigan organlar majmui. Odam va yuksak sut emizuvchilar Chiqarish sistemasi bir juft buyrak, ulardan boshlanadigan bir juft siydik yoʻli, qovuq va siydik toʻkish nayidan iborat.
Jinsiy bezlar, gonadalar - odam va hayvonlarda jinsiy hujayralar (tuxum va spermatozoidlar) hamda jinsiy gormonlarni hosil qiluvchi aʼzolar. J. b. jinsni belgilaydi. Ayollar jinsiy bezi tuxumdon odamda kichik chanoq boʻshligʻida, koʻpchilik sut emizuvchilarda buyrakning orqa Femida joylashgan. Tuxumdonning poʻstloq va magʻiz (miya) qavati boʻlib, unda koʻplab follikulalar mavjud, ularning har birida bitta tuxum yetiladi.
Tuxumdonda estrogenlar, progestinlar, relaksin va b. gormonlar hosil boʻladi. Erkaklar jinsiy bezi — moyak odamda va talaygina sut emizuvchilarda urugʻ xaltachasi (yorgʻoq)da, boshqa hayvonlarda qorin boʻshligʻida joylashgan. Moyakda testosteron va b. gormonlar ishlab chiqaradigan erkak jinsiy hujayralari (spermatozoidlar) va b. maxsus xujayralar yetiladi.
E'tiborìngiz uchun rahmat!
Download 0.94 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling