№11 ma’ruza yoriq va choklarni kuzatish uchun qo‘llaniladigan asboblar va ularni joylashtirish tamoyillari. Reja


Download 0.81 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1620895
Bog'liq
Kanal GTIF - 11


№ 11 - ma’ruza
YOriq va choklarni kuzatish uchun qo‘llaniladigan asboblar va ularni joylashtirish tamoyillari.
Reja:
YOriq va choklarni kuzatish uchun qo‘llaniladigan asboblar;
YOriq va choklarni kuzatish uchun qo‘llaniladigan asboblarni joylashtirish tamoyillari.
Adabiyotlar:
1. Bakiev M.R., Raxmatov N., Ibraimov A. Kanaldagi gidrotexnika inshootlaridan foydalanish. Darslik. FAN.Toshkent, 2018.- 243 b.
  • Kaveshnikov N.T. Ekspluatatsiya i remont gidrotexnicheskix soorujeniy. – Moskva: Agropromizdat, 1989. – 272 s.
  • P.Novak “Hydraulic Structures”, fourth edition, University of McGill (Canada)

YOriq va choklarni kuzatish uchun qo‘llaniladigan asboblar
Gidrotexnika inshootining elementlarida yoriqlar notekis cho‘kish, tashqi yuklanmadan zo‘riqish, shuningdek harorat o‘zgarishi natijasida yuzaga keladi. YOriqlarni kuzatish to‘g‘on elementlarini o‘zaro siljishlarini tahlil qilish, inshootlar mustahkamligini baholash va yoriqdan usti ochilib qolgan armaturalarning holatini aniqlash maqsadida olib boriladi.
YOriqlar ustidan kuzatish olib borishning oddiy usuli bo‘yoq yoki o‘tkir asbob bilan yoriq chegarasini belgilab qo‘yishdir. Ma’lum bir vaqt o‘tgandan so‘ng yoriq chegarasi qaytadan belgilanadi va oldingi kurinishi bilan taqqoslash orqali yoriqni holati aniqlanadi. Etarli kenglikdagi (> 1 mm) yoriqlarni nafaqat uzunligini, balki chuqurligini ham o‘lchash lozim. Buning uchun щupdan foydalaniladi yoki yoriqqa bo‘yoq quyiladi. Bo‘yoqq urigandan so‘ng betonni bir tomoni ehtiyotkorlik bilan uchirib tushiriladi. Buyoqni kirgan izining uzunligi bo‘yicha yoriq chuqurligi aniqlanadi. Agar beton sirti yaqinida armatur joylashgan bo‘lsa bu usulni qo‘llab bo‘lmaydi. Bu holda o‘lchash lineyka yoki shtangensirkul yordamida bajariladi.
Inshootdagi yoriqning holatini baholash uchun gips, alebastr, sementli aralashmalardan iborat mayaklardan keng foydalaniladi. Ba’zan mayaklar organik oyna yoki metalldan qilinadi. Mayak o‘rnatiladigan joy chang va ifloslikdan tozalanadi, siqilgan havo bilan puflanadi va suv bilan yuviladi. Mayak ustiga yoki unga yaqin joyga tartib raqami va o‘rnatilgan sana yoziladi. YOriqni holatini oddiy baholash quyidagicha: agar vaqt o‘tishi bilan yoriq joylashgan joyda mayak ustida yoriq hosil bo‘lmasa, demak yoriq ochilmayapti (kengaymayapti); mayakda yoriq hosil bo‘lsa kuzatilayotgan yoriq rivojlanmoqda.
Gipsli mayak kengligi 5...10 sm, qalinligi 1..3 sm va uzunligi 10…20 sm qilib quyuq aralashmadan shpatel yordamida tayyorlanadi (11.1,a – rasm). Organik oyna yoki oddiy oynadan iborat mayaklar (11.1,b,v – rasmlar) qalinligi 3…10 mm. li 2 plastinadan iborat. Plastinalar bir uchi bilan aralashmaga, ikkinchi oxiri bilan bir birini ustini 2…3 sm yopadigan qilib qavat-qavat qo‘yiladi. Qo‘yishdan oldin har bir plastinkada chiziqlar orasini ochilishiga qarab yoriqning holatiga baho beriladi.
Nam joylarda mayaklar sementli aralashma yoki ivimaydigan (metall, tekstolit, plastmassa va boshq.) materiallardan yasaldi. Bir qator holatlarda alebastrdan mayak yasaladi (11.1,g – rasm). Metall mayaklar diametri 3…4 mm. li, uzunligi 20…30 sm. li, yoriqga ko‘ndalang o‘rnatiladigan simdan yasaladi. YOriq ochilganda simni qotirish uchun qo‘yilgan sementli aralashma buzuladi. YOriqni ochilishi simni siljishi bo‘yicha aniqlanadi. Ba’zan chiziqchalar chizib oddiy shakldagi metall plastinkalar ishlatiladi (11.1,d – rasm). Ularni bir birini ustiga yoki tutashtirib qo‘yishadi.
11.1 - rasm. YOriqlarni kuzatish uchun mayaklar:
a - gipsli; b va v – organik va oddiy oynadan; g – alebastrli; d – metalli;
e, j – I.M.Litvinov konstruksiyalagan mayak; z – F.A.Belyakov konstruksiyalagan mayak; 1 – yoriq; 2 – mayak.
Mayak turi va o‘rnatish usuli yoriqni joylashgan o‘rni, qo‘l ostidagi material va inshootning ma’suliyatligiga qarab tanlanadi.
Oddiy mayaklar va yoriq o‘lchagich (щelomerы) lar orasida konstruksiyasi bo‘yicha murakkab bo‘lgan mayaklar ham mavjud. Masalan, I.M. Litvinov kons-truksiyalagan mayaklar (11.1,e,j – rasmlar) yoriqni son va sifat ko‘rsatkich-larini olish imkoniyatini beradi. SHtangelsirkul bilan o‘lchangan mayaklar ilgaklari orasi yoriqni ochilish qiymati to‘g‘risida xulosa qilishga imkon beradi. Bunda o‘lchash aniqligi 0,02 mm. dan ko‘pni tashkil qilmaydi. Inshootlar elementlarining burchaklarida vujudga kelgan yoriqlar uchun 11.1, j – rasmda keltirilgan konstruksiyali mayaklar qo‘llaniladi. F.A.Belyakov yoriqni ikki tomoni bo‘ylab ikki gipsli, alebastrli yoki sementli aralashmali 10 x 6 x 2 sm (11.1,z – rasm) o‘lchamli plitkalarni o‘rnatishni taklif qilgan. Aralashmalar qurishidan oldin har bir plitkaga beshtagacha nina joylashtiriladi, ular sirtdan 1…2 mm chiqib turadi. Plitkalar shunday joylashtiriladiki, bunda ninalarning yuqorigi qatori bir chiziqda, pastkisi esa ikkinchi chiziqda, ikkala plitkalar uchun birinchi qator parallel bo‘ladi. Faneraga qotirilgan qog‘oz varag‘ini ninalar ustiga davriy ravishda qo‘yib qog‘ozda teshikchalar olinadi. Nuqtalar orasi masofalari bo‘yicha yoriq holati to‘g‘risida xulosa qilinadi. O‘rnatilgan mayaklar ustidan dastlabki ikki-uch haftada har kuni, undan so‘ng turg‘unlanishiga qarab 7…10 kunda bir kuzatiladi.
Ma’suliyatli (kapitalligi I…III klass bo‘lgan) inshootlarda yoki elementlarda ko‘pchilik holatda qurilish paytida o‘rnatilib qoldirilgan yoki ustiga qo‘yiladigan (nakladnaya) yoriq o‘lchagich (щelomer) lar yordamida kuzatishlar olib boriladi, ular shartli ravishda bir o‘qli, sirtga va fazoviy o‘rnatiladigan turlarga bo‘linadi.
Bir o‘qli yoriq o‘lchagich (11.2 – rasm) belgilab qo‘yilgan boshchasi (mixparchin) bilan yoriqning ikkala tomoniga qotiriladigan ikki metall elementdan iborat, shtangensirkul yoki mikrometr yordamida ular orasidagi masofa o‘lchanadi.
11.2 – rasm. Bir o‘qli yoriq o‘lchagichlar:
a – vaqtinchalik kuzatishlar uchun shtыrli qurib qoldirilgan; b – uzoq kuzatishlarni olib borish uchun qurib qoldirilgan; v – Lengidep konstruksiyalisi; g – aniqligi 0,01 mm.gacha bo‘lgan soat turidagisi; d – (ugolok) burchaklik materialdan ustiga qo‘yiladigan; e – keng (50…60 sm) choklarni ochilishini kuzatish uchun; 1 – chok (yoriq); 2 – belgilab qo‘yilgan boshcha; 3 – tayanch; 4 – soat turidagi indikator; 5 – kronshteyn; 6 – qisadigan vintli tayanch tekislik; j – ustiga qo‘yiladigan yoriq o‘lchagich; 1 – metall plita; 2 – sterjenlar; 3 – shtangensirkul; 4 – shariklar; 5 – gayka; 6 – tayanch; 7 – tayanch qo‘shmixi; 8 – chok. O‘lchamlari mm.d
Tekislik yoriq o‘lchagichlari ikki yo‘nalishda shkala o‘yilgan va tayanch chiziqchalari bilan bir birini ustini yopadigan plastinkalarga ega.
Fazoviy yoriq o‘lchagichlarning har xil konstruksiyalari 11.3 – rasmda qo‘rsatilgan. Ular sterjenli (11.3 a – rasm) va markirovka qilingan (11.3,b – rasm) turlarga bo‘linadi.
Sterjenli yoriq o‘lchagichlar ikki po‘lat sterjen yoki plastinkadan iborat, ular orasida ikki tekislik bo‘yicha o‘lchov olib borish mumkin bo‘ladigan qilib qiyshaytirib qo‘yilgan. YOriqlarni ikki tekislik bo‘yicha ochilishini aniqlash uchun, shuningdek, Lengidep konstruksiyalagan yoriq o‘lchagichlardan (4.9,v – rasm) foydalaniladi. Bu konstruksiyalar tayanch chiziqlarga ega bo‘lishi lozim. V.P. Bombchinskiyning markirovka qilgan yoriq o‘lchagichlari keng tarqalgan (4.8,b – rasm). U tomonlari 200…600 mm bo‘lgan teng tomonli uchburchak uchiga o‘rnatiladigan uch marka tizimidan iborat. CHokga parallel yo‘naltirilgan uchburchakni bazis tomoniga ikki marka joylashtiriladi, boshqa tomoniga – bitta. YOriq o‘lchagichning markalarini balandlik markalari sifatida ham ishlatish mumkin.
Markalardagi silindrik teshiklarning mavjudligi shtangen yoriq o‘lchagich yordamida ular orasidagi masofani o‘lchash imkoniyatini beradi (4.9,v – rasm).
Ochiq kuzatishning imkoniyati bo‘lmagan, tashqi sirtga 1,5…2 m yaqinlashmagan joylarda distansion o‘rnatiladigan yoriq o‘lchagichlarning odatda, torli turidan, shuningdek teletenzometrlardan foydalaniladi.
YOriq o‘lchagichlar shablon (qolip) yordamida o‘rnatiladi, so‘ng qolip olinadi va 7…10 kun o‘tgandan keyin nul sanog‘i olinadi. YOriq hosil bo‘lgan dastlabki davrda har kuni kuzatishlar olib boriladi. YOriq ochilishi turg‘unlashgandan so‘ng yoki ishlatishning birinchi yili har 7…10 kunda 1 marta kuzatish o‘tkaziladi. Inshoot 3 yil ishlagandan so‘ng oyiga 1 marta kuzatish amalga oshiriladi. YOriq o‘lchagich ko‘rsatkichlarini yozayotganda havo va suvning harorati (agar yoriq o‘lchagich suv sathidan pastda bo‘lsa) ham ko‘rsatilishi zarur. Kuzatish jurnalida yoriqni tartib raqami, kuzatish olib borilgan sana, dastlabki sanoq va keyingi sanoqlar yoziladi. Keyingi sanoqlar natijalarini dastlabki sanoq natijalari bilan solishtirish orqali yoriqni holati taxlil qilinadi.
11.3 – rasm. CHoklar (yoriqlar) tekislikda (a), fazoda (b) ochilishini o‘lchash uchun yoriq o‘lchagichlar va shtangen yoriq o‘lchagich (v) :
1 – tayanch ninasi; 2 va 3 – halqali va silindrik sath; 4 – shkalasi bilan lineyka; 5 – ninalar barabani; 6 – dvijok; 7 – mikrometrik nina. O‘lchamlari mm.da.
Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling