Arduino apparat plotformasi asosida setodiodni boshqarish tizimini
loyihalash
Arduino asosida svetodiodni boshqarish jarayonini ko‘rib chiqamiz.
Loyihalash
uchun bizga Arduino platasi, svetodiod va 220
Om rezistor kerak
bo‘ladi.
Arduino platasida 14 ta raqamli kirish/chiqish pinlari mavjud. 13-raqamli (pin
13) chiqishga 220 Om rezistorni, rezistorga esa svetodiodning anodini (odatda uzun
oyoqchasi) ulaymiz. Katod esa GND nomli chiqishga ulanadi (11.2-rasm).
11.2-rasm. Arduino platasi va svetodiodning ulanish sxemasi.
Endi
Arduino integral dasturlash muhitidan
foydalanib dastur kodini
yozamiz.
Dastlab Setup funksiyasi ichida rin 13 ga chiqish rejimini o‘rnatamiz.
pinMode(13, OUTPUT);
Dasturning asosiy siklida(Loop funksiyasi ichida) svetodiodni yoqamiz:
digitalWrite(13, HIGH).
Ushbu koddan keyin 13-raqamli chiqishda 5 V kuchlanish hosil bo‘ladi va svetodiod
yonadi. Svetodiodni o‘chirish uchun quyidagi kodni yozamiz:
digitalWrite(13, LOW).
Svetodiodni yonib-o‘chishi odatda oniy vaqt davomida sodir bo‘ladi.
Inson
ushbu yonib-o‘chishni
anglashi uchun delay() funksiyasidan foydalamiz. delay()
funksiyasi belgilangan vaqt oralig‘ida svetodiodni maʼlum holatda ushlab turadi.
Masalan, delay(1000) – 1 sekund davomida.
Misol 3:
digitalWrite(13, HIGH) ;
delay(1000).
Ushbu dastur kodi svetodiodni bir sekund davomida
yoniq holatda ushlab
turadi.
Arduino asosida svetodiodni yonib-o‘chishini
boshqarish dasturi quyidagi
ko‘rinishda bo‘ladi.
Dastur kodi:
void setup()
{
// raqamli kirish/chiqish pinlarini chiqish rejimiga o‘rnatamiz.
// Arduino platasida svetodiod ulangan pinni belgilaymiz.
pinMode(13, OUTPUT);
}
void loop()
{
digitalWrite(13, HIGH); /* svetodiodni yoqamiz
delay(1000); /* bir sekund yongan holda ushlab turamiz
digitalWrite(13, LOW); /* svetodiodni o‘chiramiz
delay(1000); /* bir sekund o‘chgan holda ushlab turamiz
}
Dasturni yozib bo‘lgandan keyin tekshirish uchun
dasturlash muhiti ishchi
oynasida joylashgan tugmachasini bosamiz. Keyin kompyuterga USB kabel orqali
Arduino platasini ulaymiz va dasturni tugmasi yordamida plataga yuklaymiz.