11-mavzu: axborot va kommunikasiya Reja
Download 0.65 Mb.
|
Менежмент маъруза 1
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.1. Axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarishdagi roli Axborot
- Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari
11-MAVZU: AXBOROT VA KOMMUNIKASIYa Reja: 11.1. Axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarishdagi roli 11.2. Boshqarishda foydalaniladigan axborotlarga qo’yiladigan talablar 11.3. Boshqaruv axborotlarini turkumlanishi 11.4. Kommunikasiya va kommunikasion jarayon 11.5. Axborot almashuv jarayonidagi muammolar 11.1. Axborot tizimi tushunchasi va uni boshqarishdagi roli Axborot bu ma’lumot va xabarlar to’plami bo’lib, mazmunan yangilik unsurlariga yega bo’ladi va boshqaruv vazifalarini hal yetish uchun o’ta zarurdir. Ishonchli va zarur axborotlarsiz boshqarishni amalga oshirib bo’lmaydi. Axborotlar boshqaruv negizi hisoblanadi. Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar o’rtasidagi o’zaro aloqalar axborot vositasida quyidagicha amalga oshiriladi (chizma):
Boshqaruv tizimidagi axborot aloqalari Boshqaruvchi organ boshqariluvchi obyektning holati hamda boshqariluvchi obyekt bog’liq bo’lgan tashqi muhim holati haqida axborotlar olib turadi. Bu axborot boshqaruvchi va organ tomonidan qabul qilinadi va shu axborot asosida u boshqaruvchi axborot (qaror, buyruq)ni ishlab chiqadi. Shundan keyin axborot boshqariluvchi obyektga ta’sir o’tkazadigan boshqaruvchi tizimning ijroiya organiga yuboriladi va bajarilishi nazoratga olinadi. Boshqaruv tizimida axborotni uzatish, olish, qayta ishlash va berish jarayoni amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishning borishi to’g’risidagi ichki axborot boshqaruvchi tizimga muttasil kelib tushadi. Bu: ish o’rinlarigva xom-ashyoning kelib tushishi; stanok, uskunalarning ishlashi; ishchilarning ishlab chiqarish normalarini bajarishi; tayyorlangan buyumlar miqdori va ularning sifati; mahsulotlarni sotishi haqidagi axborotlar. Tashqi axborotlar, ya’ni: yuqori tashkilotlardan olinadigan farmoyish, qaror va topshiriqlar; mahsulot iste’molchilari talablari; boshqa korxonalarning ilg’or tajribalari; raqobatdoshlarning xatti-harakatlari; bozorlardagi holat, ulardagi muvozanat; inflyasiya va ishsizlik darajasi; byudjetga to’lovlar va hokazolarda oid ma’lumotlar shu turkumdagi axborotlar sirasiga kiradi. Bo’lar tashqi muammolardan kelib chiquvchi axborotlar hisoblanadi. Agar korxona ichida axborot oqimlarining kelishi va tashqi dunyo bilan aloqalar buzilsa, korxonaning yashashi xavf ostida qoladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling