11-Mavzu: Aylanma pechlarda klinkerni hosil bo‘lishi Reja


Klinkerlar klassifikatsiyasi va portlandsement turlari


Download 53.24 Kb.
bet4/6
Sana15.11.2023
Hajmi53.24 Kb.
#1774804
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
aylanma pech kurs ishiga

Klinkerlar klassifikatsiyasi va portlandsement turlari
S.D.Oqoroqov klinkerlardagi asosiy minerallar yig‘indisini C3S+C2S=75%; C3A+S4AF=25% deb qabul qilib, klinkerlarning kuyidagi klassifikatsiyasini taklif qildi (12-jadval).
Agar klinker birdaniga ko‘p miqdorda silikatli minerallar yoki eruvchan minerallar yig‘idisidan iborat bo‘lsa, ular misol uchun alit-alyuminatli, belit-alyuminatli va hokazo deb ataladi yoki klinker mineralogik tarkibini o‘zgartirib va ular asosida turli qo‘shilmalar bilan sement tayyorlansa, turli qurilish xossalariga ega bo‘lgan gidravlik bog‘lovchi moddalarni tayyorlash mumkin.
1-jadval

Klinker

Tahminiy miqdor, %

C3S

C2S

C3A

S4AF

Alitli

60 ko‘pi bilan

15 kamida

-

-

Normal

60…37,5

15…37,5

-

-

Belitli

37,5 kamida

37,5 ko‘pi bilan







Alyuminatli

-

-

15 ko‘pi bilan

10 kamida

Normal (alyuminatli miqdoriga ko‘ra)

-

-

15…7

10…18

Selitli

-

-

7 kamida

18 ko‘pi bilan

Hozirgi kunda portlandsementning quyidagi asosiy turlari ishlab chiqarilmoqda:



  1. Tarkibida 30…70% donador domna toshqoli bo‘lgan portlandsement.

  2. Tarkibida 20…45% putssolan qo‘shilmasi bo‘lgan putssolan portlandsement.

  3. Tez qotuvchan portlandsement.Plastik va gidrofob portlandsement.

  4. Tarkibida ko‘pi bilan 50% C3S va 5% C3A bo‘lgan sulfatga chidamli portlandsement.O‘rtacha ekzotermiyali portlandsement.Oq va rangli portlandsementlar.



Klinker hosil bo‘lish jarayonini tezlashtirishda ishlatiladigan moddalar
Klinker hosil bo‘lish jarayonini tezlashtirish, shuningdek, tarkibida C3S ko‘p bo‘lgan klinkerlar tayyorlash uchun ba’zi moddalar (kalsiy ftorid CaF2, temir oksid va boshqalar) ishlatiladi. Bu moddalar silikat aralashmalarning erish temperaturasini pasaytiradi. Suyuq faza ancha barvaqt hosil bo‘lsa, bu hol klinkerning hosil bo‘lish jarayonini nisbatan yuqori temperaturalar sohasiga suradi.
Zamonaviy zavodlarda klinkerning pishish jarayoni avtomatik ravishda ko‘zatib turiladi. Bu esa klinker sifatini ancha yaxshilashga imkon beradi. Bundan tashqari, avtomatik ko‘zatish klinker hosil bo‘lish jarayonlarini boshqarishga imkon yaratadi va texnologik rejimning buzilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Natijada mehnat unumdorligi oshadi va mahsulot ishlab chiqarish ko‘payadi, Bundan tashqari, klinkerni kuydirish sifatini avtomatik tekshirib, jarayonni kerak tomonga o‘zgartirib turish shlam, yoqilg‘i sarfini hamda pech barabanning aylanish tezligini, ya’ni materialning baraban buylab harakat tezligini tegishlicha o‘zgartirish yo‘li bilan pechning har bir zonasida doim bir xil temperatura va gaz rejimini saqlashga yordam beradi. Ayniqsa, tarkibida C3S ko‘p bo‘lgan klinkerning hosil bo‘lishini tezlashti­rish uchun maxsus qo‘shimchalar mineralizatorlar (CaF2, Na2SiF6 yoki MgSiF6, Fe2O3, gips va fosfogips) qo‘shiladi. Mineralizator­lar faqatgina pishirish temperaturasi va erigan eritma qovushoqligini kamaytirmay, C2S va C3S ning hosil bo‘lishiga ham katalitik ta’sir ko‘rsatib, ular kristallarining shakllanishini tezlashtiradi. Natijada temperatura 100…150°C gacha pasayadi. Bundan tashqari, ftorid xom ashyo tarkibidagi ishqoriy elementlarni tutun gazlari bilan uchirib yuborishga yordam beradi va uning klinker tarkibida qoladigan miqdorini ancha kamaytiradi. Bu masala ishqori ko‘p bo‘lgan xom ashyolardan klinker olishda katta ahamiyatga ega. Ftoridning portlandsement tarkibida qolgan ishqorlarning tishlashish va qotish jarayonlariga manfiy ta’sir ko‘rsatishi quyiroqda ko‘riladi.



Download 53.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling