11-mavzu. Betonlar Ma’ruza rejasi


Beton tayyorlash uchun materiallar


Download 0.85 Mb.
bet2/5
Sana21.02.2023
Hajmi0.85 Mb.
#1217799
1   2   3   4   5
Bog'liq
11-ma\'ruza

Beton tayyorlash uchun materiallar
Sement. Beton tayyorlashda portlandsement va uning turlari, shlakli, pussolanli, giltuproqli va boshqa sement turlari ishlatiladi.
Sementning markasi betonning markasiga nisbatan quyidagi mutanosiblikda belgilanadi:

Sement markasi muayyan beton markasi uchun tavsiya etilganidan yuqori bo‘lsa, sement tarkibiga maydalab tuyilgan aktiv minerallar qo‘shilishi kerak. Yuqori aktivlikdagi sementlar kabiga diatomit, trepel, opoka, gli-yej kabi tabiiy, domna va yoqilg‘i shlaklari, kullar va shu kabi qo‘shilib sement tejaladi.
Mayda to‘ldirgich. Barcha tabiiy va sun'iy tosh materiallarning 0,15-5mm fraksiyasi mayda to‘ldirgich - qum sifatida ishlatiladi.
Oddiy og‘ir beton tayyorlashda tog‘ jinslarining tabiiy yemirilishidan hosil bo‘lgan yoki qattiq tog‘ jinslarini maxsus mashinalar yordamida maydalab saralangan qumlar ishlatiladi. Qum donachalari mineral tarkibi, asosan, kvars, dala shpati, kalsit, sluda kabi vulkanik tog‘ jinslaridan iborat, ohaktosh, dolomit kabi cho‘kindi tog‘ jinslari kamroq bo‘ladi.
Beton tayyorlashda daryo, dengiz qumlari yoki tog‘ qumlari ishlatiladi. Daryo va dengiz qumlari donalari silliq yuzali oval shaklda bo‘lib, loy bilan ifloslangan bo‘lishi mumkin. Tog‘ qumlari donalari serqirra shaklda bo‘lib, tarkibida changsimon aralashmalar bo‘ladi. Qum zich tog‘ jinslar shlaklar maydalab olinganida, serqirra va yuzasi g‘adir-budur donachalar hosil bo‘ladi. Maydalab olingan qumlar tabiiy hosil bo‘lgan qumlarga nisbatan toza bo‘ladi. Yuqori sifatli beton tayyorlash uchun qumlarni yuvib va quritib ishlatiladi. Betonning sifati mayda to‘ldirgichning mineral va donador tarkibiga, gil tarkibida loyli aralashmalar miqdoriga, organik aralashmalar mavjudligiga bog‘liq.
Qum 0,15-5 mm fraksiya oralig‘ida turli o‘lchamdagi donalardan iborat bo‘lishi zarur. Bunda qumning oraliq bo‘shliqligi kam bo‘lib, undan tayyorlangan beton esa zich strukturaga ega bo‘ladi.
Qum donador tarkibiga nisbatan yirik, o‘rtacha va mayda qumlarga bo‘linadi. Qum tarkibidagi changsimon va loysimon aralashmalar beton qorishma-sining suvga talabini oshiradi va sementning aktivligini pasaytiradi. Shuning uchun qum tarkibida 0,14 mm teshikli elakdan o‘tgan zarrachalar miqdori 10% dan, changsimon va loysimon zarrachalar esa 3% dan oshmasligi kerak. Qumni suv bilan yuvib changsimon va loysimon aralashmalardan tozalanadi.
Tabiiy qum tarkibida organik aralashmalar sement toshini yemirib, beton mustahkamligini pasaytiradi.

Download 0.85 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling