11 Mavzu. Bоshqаruv hisоbidа “Хаrаjаtlаr-ishlаb chiqаrish hаjmi-fоydа” ko’rsаtkichlаri


Download 227.5 Kb.
bet1/5
Sana18.11.2023
Hajmi227.5 Kb.
#1785441
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4-mavzu


Бошєарув іисоби 1

11 - Mavzu. Bоshqаruv hisоbidа “Хаrаjаtlаr-ishlаb chiqаrish hаjmi-fоydа” ko’rsаtkichlаri.


Shu mavzuni o‘rganganingizdan so‘ng siz:
1 . Хаrаjаtlаrning o’zgаrishi vа ulаrni bоshqаrish.
2. Ishlаb chiqаrish hаjmi (ishlаb chiqаrish quvvаti).
3. Bоshqаruv hisоbidа “Хаrаjаtlаr-ishlаb chiqаrish hаjmi-fоydа” iqtisоdiy mоdеli.
«Xarajatlar- mahsulot hajmi- foyda» tahlili quyidagi omillarning o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni o‘rganishni o‘z ichiga oladi:
1. Tovarlarning narxi
2. Ishlab chiqarish hajmi
3. Mahsulot birligiga o‘zgaruvchi chiqimlar
4. Umumiy doimiy chiqimlar
5. Sotish tarkibi
1. Zararsizlik nuqtasi va maqsadli foyda
Ishlab chiqarish faoliyatini rejalashtirish choјida ko‘pincha xarajatlar-xajm-foydaning o‘zaro nisbatini tadqiq etishga asoslangan tahlildan foydalaniladi. Agar ishlab chiqarish hajmi tushgan buyurtmalarga asoslanib belgilangan bo‘lsa, kompaniya ma’lum miqdorda foyda olish uchun shu tahlildan foydalanib xarajatlar miqdorini va sotuv narxini hisoblab chiqarish mumkin.
«Xarajatlar –ishlab chiqarish xajmi — foyda» (cost — volume — profit analysis or CVP analysis) — tahlili bu xarajat qilishning tahlili bo‘lib, u xarajatlar sotuvdan tushgan pul (daromad), ishlab chiqarish va foyda hajmining o‘zaro boјliqligiga asoslangan. Bu boshqaruvni rejalashtirish va nazorat qilish vositasidir. Bu o‘zaro boјliqlik moliyaviy faoliyatning asosiy modelini shakllantiradi, bu esa menejerga undan qisqa muddatli rejalashtirish va muqobil qarorlarni baholash uchun foydalanish imkonini beradi.
«Xarajatlar – mahsulot hajmi — foyda» ning o‘zaro boјliqligi chizma bilan yoki formula yordamida ifodalanishi mumkin. 11.1. chizmada «xarajatlar - hajm —. foyda»ning asosiy modeli ko‘rsatilgan. Chizma tushum (daromad), xarajatlar, mahsulot hajmi, foyda yoki zarar bir-biriga boјliqligini ko‘rsatadi. Bu model bir qancha qayd etilgan o‘zaro boјliqlikka asoslanadi. Agar mahsulot birligini narxi, xarajatlar, samaradorlik yoki boshqa shartlar o‘zgarsa, model qayta ko‘rib chiqilishi lozim bo‘ladi.
« Xarajatlar –foyda –ishlab chiqarish hajmi» o‘zaro boјliqligi
















$










































































































































































































Kritik nuqta























































































































































Jami




















































Xarajatlar











































































































































Jami daromad




























































































































































































































































































































X

Sotuv hajmi (birlik)
Chizma 11.1.
«Xarajatlar — mahsulot hajmi — foyda» o‘zaro boјliqligi quyidagi formulada ifodalanishi mumkin:

Sotuvdan tushgan pul = O‘zgaruvchan xarajatlar +Doimiy xarajatlar +Foyda

«Xarajatlar — hajm — foyda» o‘zaro boјliqligini tahlil qilish barcha xarajatlarni, o‘zgaruvchan xarajatlarni ham qoplash uchun zarur bo‘ladigan ishlab chiqarish xajmini aniqlash imkonini beradi. 11.1. chizmada ko‘rsatilganidek, kritik nuqta — bu jami daromadlar xajmi jami xarajatlar xajmiga teng nuqtadir. Binobarin kritik nuqta kompaniya foyda bilan ishlay boshlaydigan nuqtadir. Kritik nuqtani zararsizlik nuqtasi yoki rentabellik ostonasi deb ham yuritishadi.


Kritik nuqta tahlilidan maqsad mahsulotni sotishdan olinadigan pul barcha o‘zgaruvchan va doimiy xarajatlar miqdoriga tenglashadigan faoliyat darajasini (ishlab chiqarish xajmini) topishdan iborat, bu darajada kompaniyaning foydasi nolga teng bo‘ladi. Shu tariqa quyidagi formulaga ega bo‘lamiz:

Sotuvdan tushgan pul = O‘zgaruvchan xarajatlar +Doimiy xarajatlar


Kritik nuqta sotuv birliklari atamasida yoki dollarda ifodalanishi mumkin. Kritik nuqtani topishning asosiy tenglamasi quyidagicha:

Sotuv birliklaridagi kritik nuqta

=

Doimiy xarajatlar

Narx – Mahsulot birligiga o‘zgaruvchan xarajatlar

Kritik nuqtani topish uchun shu tenglamadan foydalanish misolini ko‘rib chiqaylik. Kompaniya yozuv stollari ishlab chiqarish bilan shuјullanadi. O‘zgaruvchan xarajatlar mahsulot birligiga bir yilda 50 sh.b., doimiy xarajatlar — 20,000 sh.b.ni tashkil qiladi. Birlikning sotuv narxi — 90 sh.b.. Shu axborotdan foydalanib, sotuv xajmi birligini X orqali ifodalab tenglamani yozishimiz mumkin:
X= 20000/ (90-50)= 500 birlik
J advaldan foydalanib kritik nuqtani aniqlash mumkin. 11.1. chizmada misolni ko‘rib chiqish uchun kritik nuqta grafikasi keltirilgan. Unda kritik nuqta jami xarajatlar chiziјi bilan sotuvdan tushgan jami daromadlar chiziјi kesishgan nuqtada joylashgan. Bu nuqtada daromad xarajatlarga teng.
















$






















































































































































































































Foyda sohasi













Jami daromad,
Jami xarajat

Kritik nuqta





























































































































































































































































































































































































































































































































































































































































Zarar









































































sohasi











































































































































X,

Birlik







Ishlab chiqarish va sotish hajmi
11.2. Chizma
Hayotda turli vaziyatlar bo‘ladi, boshqaruv modeli esa ma’lum bo‘lgan shartlarga boјliq. Noaniqlik sharoitidagi tahlil va sezgirlik tahlili agar shunday qilinsa nima bo‘ladi, degan savolga javob topish imkonini beradi. Sezgirlik tahlilidan foydalanish choјida, misol uchun, bunday savollarga javob topish mumkin: «Hajm ko‘rsatkichlari rejalashtirilganidan farq qilsa foyda qanday bo‘ladi?» yoki «Agar mahsulot birligiga o‘zgaruvchan xarajatlar 10 % oshsa, foyda qanday bo‘ladi?». Kritik nuqta ortidagi daromad miqdori sezgirlik tahlili vositasidir.
Kritik nuqta ishlab chiqarish zarar keltirmasligi uchun daromad qanchagacha kamayishi mumkinligini ko‘rsatadi. Korxona oladigan foydaning miqdori mahsulotni sotishdan tushgan pul bilan jami xarajatlar o‘rtasidagi tafovut bilan aniqlanadi. Foyda sohasi 11.2. chizmada ko‘rsatilgan.
Har bir korxona imkon qadar ko‘p foyda olishga harakat qiladi, lekin cheksiz miqdordagi mahsulotni bir xil narxda sotib bo‘lmaydi. Sotiladigan xajmning ko‘payishi bozorning to‘lib ketishiga, mahsulotga to‘lov qobiliyatli talabning kamayishiga olib keladi. Ma’lum vaqtda ko‘p miqdordagi tovarni sotish uchun narxni kamaytirishga to‘јri keladi, bu esa foydaning kamayishigi olib keladi.
Kritik nuqtani aniqlashning boshqa usuli marjinal foyda konsepsiyasidan foydalanadi. Marjinal daromad — bu mahsulotni sotishdan tushgan pulning sotilgan shu xajm bilan boјliq barcha o‘zgaruvchan xarajatlardan ortishidir. Boshqacha aytganda, marjinal daromad – bu mahsulotni sotishdan olingan pul bilan o‘zgaruvchan xarajatlar o‘rtasidagi tafovutdir:

Download 227.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling