11-Mavzu: Dasturlash asoslari. Asosiy savollar


TSpeedButton va TBitBtn tugmalari


Download 485.81 Kb.
bet24/28
Sana02.01.2022
Hajmi485.81 Kb.
#201394
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28
Bog'liq
2 5465462316428429474

TSpeedButton va TBitBtn tugmalari.


Bu tugmalar TButton vazifalarini bajaradi. Yagona farqi matndan tashqari racmlarni ham aks ettiradi. TSpeedButton tugmasi fokus olmaydi. Bu shuni bildiradiki, agar matn qatorida satr terib, bu tugma bosilsa, shu hodisa qayta ishlangandan so’ng fokus yana matn qatoriga qaytib keladi. TAB tugmasi bilan bu tugmani ajratib bo’lmaydi.

Tugmaga rasm o’rnatish uchun ikki marta Glyph xossasi qatorida chertish lozim. Natijada rasm paydo bo’lgan yuklash oynasida Load tugmasini bosish lozim. Ko’p rasmlar Program Files\Common Files\Borland Shared\Images \Buttons katalogida joylashgandir.
TBitBtn va TSpeedButton tugmalari deyarli bir xil xossalarga egadir. Ular uchun umumiy Layout, xossasi rasm va matn o’zaro joylashuvini o’zgartirishga imkon beradi. Quyidagi rasmda har xil qiymatlar mos variantlari ko’rsatilgan
TBitBtn tugmasining yana bir xossasi Kind bo’lib oldindan tayyorlangan standart tugmalarni tanlash imkonini beradi. Quyidagi rasmda standart tugmalar va ularga mos qiymatlarni ko’rish mumkin.

YAna bir xossa ModalResult – dialog oynasi uchun tugma qaytaradigan natijani tanlashga imkon beradi.



TSpeedButton tugmasining GroupIndex xossasi tugmalarni guruhlashga imkon beradi. Buning uchun bir guruhga tegishli tugmalarning GroupIndex xossasi bir xil qiymatga masalan 1 ga teng bo’lishi kerak. Guruhlangan tugmalarning biri bosilsa, qolganlaridan ajralib qoladi. Buning uchun Down xossasi qiymati true ga teng bo’lishi kerak.

Download 485.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   28




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling