11 mavzu. Din psixologiyasining predmeti va metodlari (2soat) Reja


Download 0.51 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana09.04.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1343891
1   2   3
Bog'liq
1-MAVZU

“Biz” 
qabila, 
oila 
“Biz emas” 
(dushman
 
qabila
) 
qurollantirgan. Bu esa, ularni qo’rquv, g’azab, nafrat, ojizlik kabi holatlar vujulga kelganda 
o’zini qo’lga olish, muvozanatni saqlab qolish, maqsad sari to’g’ri harakat olishga yordam 
byergan. Magiyaning asosiy vazifasi ham marosimlar yordamida odamda optimizm-nekbinlikni, 
muvaffaqiyatga ishonchni tug’dirishdan iborat bo’lgan. Malinovskiy Malaneziya orollaridagi 
tadqiqotlarida, bu erdagi aholi og’ir vaziyatlardagina magiya marosimlarini bajarganliklarini 
keltiradi. Ma’lumki ularning asosiy faoliyati baliq ovlash bo’lgan. Agar ular sayz ko’llar, 
ko’rfazlarda baliq ovlashga chiqsalar bu amallarni bajarmaganlar. Agar ochiq okeanlarga chiqish 
oldidan esa, albatta magiya bilan bog’liq turli marosimlarni bajarishgan. Malinovskiy fikricha
magiya oqibati ma’lum bo’lmagan faoliyatlardan oldin qo’rquv va ishonch holatlari o’rtasida 
ko’rash ketganda bajarilgan.
Ibtidoiy odamlarda bilim va tajribalarning kamligi, tasodiflarning ularda o’z kuchiga 
ishonmaslikni va oqibatda folbinlik, qur’a tashlash kabi amallarga ishonishni tug’diradi. Juda 
ko’p qabilalarda hozir ham muhimvazifalarni bajarishdan avval folbinlarga murojaat qilish yoki 
qur’a tashlash amallari bajarilar ekan. Psixolog L.S.Viganskiy muhim ish-harakatni bajarishdan 
avval qur’a tashlashni, insonning ma’lum bir ruhiy holati bilan bog’laydi, ya’ni vaziyat va oqibat 
noma’lum bo’lgan, odamlar o’z qarorlari va xatti-harakatlarini asoslay olmay turgan mubham 
holatda, qur’a tashlash, ularni maqsadli harakatlarga rag’batlantirar ekan.
Etnolog S.A. Tokarev turli zararli afsungarliklarning kelib chiqishida ibtidoiy odamlar 
yashayotgan muhit-qabilalar o’rtasidagi adovat, urushlar sabab bo’lgan, deb ko’rsatadi.
Bir qabila doimo boshqa qabilani o’zi uchun real dushman sifatida qabul qilgan.qo’shni 
qabilaning hujum qilishi, turli yo’llar bilan zarar etkazish xavfi ostida doimo ishonchsizlik, 
xavotirlik, qo’rquvda yashash oqibatida qabila odamlarida kutilayotgan xavf bilanreal xavfni 
farqlay olmaslik shakllanadi.
Masalan, kasallik yoki o’limni ular tabiiy holat sifatida emas, dushman qabilaning jodusi, 
deb qabul qilishi mumkin. O’zini xavfsizligini ta’minlash uchun afsungarlikka murojaat qiladi 
(«chernaya magiya» deyiladi).
Islomda har xil irim-sirimlar, folbinlik, azoyimxonlik kabi amallar qoralanadi. Lekin 
odamlarda hozir ham issiq-sovuq qilishga ishonish bor. Bu magiyaning qoldiqlari sifatida 
qaralishi kerak.
Insoniyat tarixida tabiatdagi jonsiz narsalarni jonlantirish, ularga insonlarga o’xshash 
sifatlar berish kabi davrlar bo’lgan. Bu ibtidoiy davr odamlarning o’zlarini voqelikni aks 
ettiruvchi sub’ekt sifatida obe’ktdan ajratmagan davrlarga to’g’ri keladi.
Shunga ko’ra, yosh bolalar o’z o’yinchoqlari yoki turli narsalarga jogli narsalardek 
qarashi, ular bilan muloqot qilishi, ularning insoniyat tarixini, aynan, shu bosqichini o’tayotgan 
davri bo’lsa kerak. 
«Men», «Sen» «U», «Ular» 
bu fikrni shu bilan asoslash mumkinki, bolada avval «biz» va «biz emas» tasavvuri 
bo’ladi. Keyinchalik «biz»dan «men», «sen», «biz emasdan» «u, ular» kabi tushunchalar 
shakllanadi.


Otnogenez filogenezni takrorlaydi, degan nazariya. Ontogenez «individ»ning 
tug’ilganidan boshlab,hozirgi davrigacha bosib o’tgan yo’li. Filogenez-«individ» tug’ilgan 
davrgacha bo’lgan insoniyatning taraqqiyot davridir.
Keyingi yillarda ilm-fan, texnologiya rivojlangan, taraqqiy etgan mamlakatlarda ham turli 
mistika, ekstatik (ekstaz-jazavani ifodalaydigan holat) sektalar va kult (sig’inish) lar, «satanizm», 
«spirtitizm (ruhlar bilan gaplashish)» kabi oqimlar, guruhlar ko’payib borayotganligi yozilyapti. 
Bunday hodisalarning asosida diniy e’tiqodlar emas, ijtimoiy-psixologik omillar yotadi. Ishlab 
chiqarishning intensivlashishishi, urbanizatsiyaning kuchayishi, ya’ni yirik shaharlarning 
vujudga kelishi va u bilan bog’liq asablarning taranglashishi, toliqishi, ekologik vaziyatlar, 
bo’zilishlar, turli xavf-xatarlarning kuchayishi kabi ijtimoiy faktorlar odamlarda umidsizlik, 
ojizlik, qo’rquv, ertangi kunga ishonmaslik kabi kayfiyatlarni tug’diradi. Bu xil kayfiyat va ruhiy 
holatlar kishilarni har xil sektalarga kirib qolishiga sabab bo’ladi. Huddi ibtidoiy qabilalardagi 
kabi har xil folbin, qur’a tashlashga ishonish.
Yoki boshqa turli yo’llarni tanlashi mumkin. Masalan, alkogolizm, narkomaniya yoki 
suiqasd (o’z joniga qasd qilish) kabi hodisalar taraqqiy etgan mamlakatlarda rivojlangan.
VOZ-XSSJning ko’rsatishicha, 100 ming kishidan 20 kishi suiqasd qilsa, jamiyat xavfli 
nuqtaga kelib qolganligini ko’rsatadi. 
Shuningdek, jamiyatdan begonalashish (otchujdeniya) depersonalizatsiya-o’z fikr-
mulohazalariga ega bo’lmaslik, boshqalar taqdiriga befarqlik, hamdardlikning yo’qolishi kabi 
bo’zilishga yaqin holat vu4judga kela boshlaydi.
Haddan tashqari intensiv ishlash, yirik shaharlardagi aholi zichligi, informatsiyalar 
oqimining ko’pligi kabi omillar bizga ham ta’sir etyapti. Ko’p qavatli uo’lardagi kvartiraga 
qamalib olib, vaqtinchalik bo’lsa ham tanho qolib, hamma narsani unutishga intilish 
kuchayyapti.
G’arbdagi bir qator dinshunos va din psixologiyasi bilan shug’ullanuvchi olimlar, bunday 
salbiy holatlardan din yordamida chiqish mumkin, deb ko’rsatishyapti. (P.Tillix-1886-1965) 
SAVOLLAR. 
1.Milliy xarakterni urganish uchun nimalarni bilish kerak ? 
2/Milliy xarakterni shakllanishiga nimalar ta’sir etadi ? 
3.Miliy xaratyerga kiruvchi xususiyatlarni sanab ko’rsating ? 
4/Nima uchun " mexmondustlikni " fakat bitta millatga xos xususiyat, deya olmaymiz ? 
ADABIYOTLAR RO‘YXATI:
1. X. Alimov. «Milliylik va ijtimoiy ruxiyat» T. 1992 y. 
2. V. M. Karimova «Psixologiya» T. 2000 y. 
3.E. G. Goziev. « Muomala psixologiyasi» T. 2001 y. 
4. I. Jabborov. «O’zbek xalq etnografiyasi» T. 1994 . 
5.M. Mamatov «Milliy psixologiyaqiyofava uning xususiyatlari» T. 1980y. 

Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling