11-mavzu. Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati


Download 152.89 Kb.
bet16/17
Sana24.03.2023
Hajmi152.89 Kb.
#1291452
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Merged document (1)

Diniy ekstremizm – jamiyat uchun an’anaviy bo‘lgan diniy qadriyatlar va aqidalarni rad etish, ularga zid bo‘lgan g‘oyalarni aldov va zo‘rlik bilan targ‘ib qilishga asoslangan nazariya va amaliyot.
Aqidaparastlik (arabcha – “ishonch”, “biror narsani ikkinchisiga bog‘lash”) muayyan sharoitda, biron-bir g‘oya yoki tamoyilga qat’iy ishonch va uni mutlaqlashtirish asosida shakllangan qoida va tartiblarni sharoit, holat, vaziyatni hisobga olmagan holda, ko‘r-ko‘rona qo‘llashga urinishni anglatadi. U muayyan qonun va qoidalar ta’sir doirasini sun’iy ravishda kengaytirishga urinishda yorqin namoyon bo‘ladi. U yoki bu hodisa, qoida yoki tamoyilni mutlaqlashtirishga asoslangan yondashuvni ijtimoiy hayotning istagan sohasidan topish mumkin.
Mutaassiblik (“fanatizm”, – fransuzcha - “ibodat”) muayyan g‘oyalarning to‘g‘ri ekaniga qattiq ishonish, ularga mukkasidan berilish, “o‘zgalar” va “o‘zgacha” qarash va g‘oyalarga murosasiz munosabatda bo‘lish, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda, ularni tan olmaslikda namoyon bo‘ladi.
Mutaassiblik barcha davrlarda turli din va yo‘nalishlar orasida keskin nizo va to‘qnashuvlar kelib chiqishiga sabab bo‘lgan. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o‘zlari qilayotgan ishlarni to‘g‘ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar.
Terrorizm (lotincha terror – “qo‘rqitish”, “vahimaga solish”) – aholining keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otish, jamiyatda beqarorlikni keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadiga qaratilgan jinoiy faoliyatdir. Musulmon mamlakatlarida terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani uchun aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.
Xalqaro terrorizm” tushunchasi davlatlar, xalqaro tashkilotlar, siyosiy partiya va harakatlarni beqarorlashtirishga qaratilgan siyosiy qo‘poruvchilik faoliyatini ifodalaydi. U eng og‘ir jinoyat bo‘lib, uzoq davom etgan jarayonlarning hosilasi hisoblanadi.
Xalqaro terrorchilik harakatlarining asosiy belgilari:
– xalqaro huquq himoyasidagi ob’ekt yoki sub’ektlarga qarshi qaratilgan;
– davlatlar chegarasini buzish orqali amalga oshiriladi;
– a’zolari ikki yoki undan ortiq davlat fuqarolari, shu jumladan, yollanma shaxslar bo‘lgan ekstremistik guruhlar tomonidan sodir etilishi;
– ekstremistik guruhlar tarkibida qo‘poruvchilik harakatlari bo‘yicha xorijlik yo‘riqchilar qatnashadi;
– ekstremistik guruh a’zolarining boshqa davlatlar hududida tashkil etilgan maxsus lagerlarda tayyorgarlik ko‘rishi;
– tayyorgarlik ko‘rish va qo‘poruvchilikni sodir etishda xorijiy davlatlar va ekstremistik uyushmalar yordamidan, xalqaro tus olgan noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va narkobiznesdan keladigan moliyaviy manbalardan foydalanilish.

2. Diniy ekstremizm faqat islom olamiga tegishli bo`lib qolmay, balki dunyodagi barcha dinlarga mansubdir. Ayniqsa o`rta asrlarda xristian ruhoniylari «muqaddas kitoblarda belgilangan har qanday aqidalarga qarshi chiqish Xudoning irodasini buzish demakdir» deb uqtiradilar. Cherkov qanchalik kuchli bo`lmasin, baribir unga qarshi chiquvchilar ko`payib bordi. Ekstremist ruhoniylar bunday kishilarni «dindan qaytganlar» ya`ni «shakkoklar» deb atab, ularni ayovsiz jazolardilar. Chunki ilmni, ilg`or fikrli kishilar barchani halol mehnat bilan yashashga, ma`rifatli bo`lishga da`vat qilardilar.


XIII asrda Rim papasining qo`shinlari Fransiyaning janubida 20 ming kishini qirib tashladilar, ayniqsa ilg`or fikrli ziyolilarga qarshi inkvizisiya sudlari joriy etilib, mustaqillik uchun kurashgan Yan Gus o`ldirildi. Mashhur astronom J.Bruno o`tda yondirildi, G.Galiley besh oy qiynoqqa solinib, o`z fikridan qaytarishga harakat qilindi.
Diniy ekstremizm qanday nom yoki ko’rinishda bo’lmasin, uning asosiy maqsadi jangiri guruhlarga xizmat qilish yo’li bilan ularni hokimiyat tepasiga olib kelishdan iboratdir.
Islom ekstremizmi o’zining ikki xususiyati bilan ajralib turadi:
1. Ularning aqidasiga ko’ra, go’yo barcha hozirgi zamon musulmon jamoalari islomiy qiyofalarini yo’qotganlar va johiliya asri jamiyatlariga aylanganlar. Bunday yondashuvhukumat va uniing olib borayotgan siyosatini tanqid qilishga «asos» bo’lib xizmat qiladi.
Ular go’yo faqat «haqiqiy musulmonlar» hokimiyatga kelgach barpo bo’lajak «islomiy tartibni» o’rnatish uchun keskin va agressiv harakat qilish zarur, deb hisoblaydilar.
Islom ekstremizmining g`oyaviy manbalarini quyidagi kishilarning qarashlari tashkil etadi.
1. Taqiyiddin ibn Taymiya (1263-1328)

Islom qonunlariga to’la amal qilmayotganlarga (ular imon keltirgan bo’lsalar ham) qarshi urush olib borish, islomning asosiy shartlarini bajarmagan yoki o’zi boshqarayotgan davlatda uni buzilishiga imkon bergan hokimga qarshi jihod e`lon qilinishi shart deb hisoblaydi.

  1. Hasan al-Banno (1906-1949) «Islom davlati» g`oyasini ishlab chiqdi, u uch bosqichdan iborat:

    • boshlang`ich: umumiy ma`rifiy va xayriya faoliyati, ya`ni ommaga islom g`oyasini singdirish;

    • tashkiliy: guruhlarga jalb qilingan a`zolarnijangovar kurash usullariga o’rgatish, mujohidlar tayyorlash;

    • kuch ishlatish: islomiy tartib o’rnatish uchun hal qiluvchi jangga kirishish

Mazkur bosqichlar ketma-ket, navbat bilan amalga oshirilishi shart emas, balki bir vaqtning o’zida har uchala bosqich olib borilishi mumkin.

  1. Sayyid Qutb (1906-1965).

    • o’zini musulmon deb hisoblovchilarning aksariyati aslida musulmon emas va dunyodagi barcha davlatlar islomga qarshidirlar.

    • Hozirgi zamon musulmon jamiyatlari johiliya davridagi holatdadir. Shu bois ularni tarbiyalashdan naf yo’q.

    • keng xalq qo’zg`oloni emas, balki katta bo’lmagan «haqiqiy musulmonlar» jamoasi boshlab beradigan fuqarolar urushi barcha masalalarni hal qiladi.

4. Abdussalom Farraj.

  • hozirgi zamon musulmon jamiyatlari kofirlar jamiyati emas, balki hamma gap mamlakat boshliqlari va ular tadbiq etgan qonunlardadir.

  • maxfiy guruhlar tashkil etish

  • armiya va davlat tarkiblariga o’z vakillarini kiritish orqali hokimiyatni qo’lga olish

  • jamiyatni islomlashtirish

3. O‘z diniy e’tiqodi va tutgan yo‘li, mazhabi yoki maslagini boshqalarnikidan to‘g‘ri deb sanash, boshqalarni adashgan deb qarash, ularga nisbatan keskin fikrda bo‘lish estremizm, aqidaparastlik va mutaassiblik ko‘rinishlaridir. Bunga misol tariqasida ayrim holatlarni keltirish mumkin:


A) o‘zi musulmon bo‘lib, boshqa din vakillariga nisbatan yomon munosabatda bo‘lish; Bunda ekstremistik qarashdagi mutaassib kishi xristianlik, yahudiylik, buddaviylik kabi dinlarga e’tiqod qiluvchilar barchasi birdek kofir, ular bilan muomala qilish mumkin emas, hatto ularni o‘ldirish zarur, kabi johilona fikrda bo‘ladi. Bunday qarash islom dini ta’limotidan, Payg‘ambarimiz (s.a.v.)ning hayotlaridan, butun boshli islom tarixidan mutlaqo bexabarlik hosilidir. Zero, Qur’oni karimda boshqa din vakillari bilan yaxshi munosabatda bo‘lish targ‘ib qilinadi: “Dinlaringiz to‘g‘risida sizlar bilan urushmagan va sizlarni o‘z diyorlaringizdan (haydab) chiqarmagan kimsalarga nisbatan yaxshilik qilishlaringizdan va ularga adolatli bo‘lishlaringizdan Alloh sizlarni qaytarmas. Albatta, Alloh adolatlilarni sevar” (Mumtahana: 8). Payg‘ambarimiz (s.a.v.) esa, huzurlariga kelgan najronlik xristianlarga misli ko‘rilmagan lutf bilan munosabatda bo‘lganlar. Ularni o‘z masjidlariga tushirib, hatto ibodat qilishlariga ham to‘sqinlik qilmaganlar;
B) boshqa mazhabdagi musulmonlarni adashgan sanash, ularni hatto kofirga chiqarish; bu ham musaffo islom ta’limotidan bexabarlik, fiqhiy mazhablar mohiyatini bilmaslik, qolaversa, nopok maqsadli ayrim shaxslarga ko‘r-ko‘rona taqlid qilish natijasidir. “Ko‘r tutganini, kar eshitganini qo‘ymaydi” qabilida ish tutish, bir necha kichik risolani o‘qib islom dinini to‘la-to‘kis bilib oldim, deb da’vo qilish juda ham xatodir. Diniy arkonlarning ijrosiga bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanuvchi butun dunyoda e’tirof etilgan hanafiy, shofi’iy, molikiy va hanbaliy mazhablari asrlar davomida sayqallangan. Bular orasida hanafiy mazhabi o‘zining g‘oyat aniqligi, insonlarning barcha ehtiyoj va manfaatlarini hisobga olgani, har qanday sharoit va vaziyatga mos ekani bilan alohida ajralib turadi. Bu mazhab qarashlarining rivojlanishiga hissa qo‘shgan allomalarning naqadar chuqur bilim, ne chog‘li keng tafakkur egasi bo‘lganlarini ularning asarlaridan ko‘rish mumkin. Bu asarlar bilan tanishmasdan turib, ularning ilmiy dalillarini o‘rganmay turib, hanafiy mazhabini xatoga chiqarish katta nodonlikdir.
Diniy ekstremistik harakatlar o‘zlarining g‘ayriinsoniy g‘oyalari bilan odamlar ongu shuurini egallash, diniy ritorikadan foydalangan holda ularni chalg‘itish, jamiyatda tartibsizlik va parokandalikni keltirib chiqarish orqali hokimiyatga erishish maqsadlarini ko‘zlaydilar. Buzg‘unchilik esa ular o‘zlari jar solayotgan, o‘zlari “intilayotgan” mazmun-mohiyati va shaklu shamoyili noma’lum bo‘lgan jamiyatga erishishning yo‘li sifatida chiqadi.
Ekstremistik tashkilotlar kurashning terrordan boshqa yo‘lini rad etishini, jangariligi hamda yuqori darajada ijtimoiy xavfliligi bilan ajralib turadi. Noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi va narkobiznes yordamida mablag‘lar to‘plash va undan tartibsizlik va beqarorlikni keltirib chiqarishda foydalanish ekstremistlarning asosiy yo‘li hisoblanadi.
Ommaviy axborot vositalari ta’sirining kuchayishi bugungi kunda ekstremizmning beqiyos ko‘lam kasb etishini keltirib chiqarmoqda. Zero, bugun ekstremizm ommaviy axborot vositalari orqali yoritilmas ekan ko‘zlangan “samarani” bermaydi. Ekstremistlar faoliyati ommaviy axborot vositalarida qanchalik keng yoritilsa ushbu faoliyatdan kutiladigan natija shunchalik bevosita va yuqori bo‘ladi. Bu esa, undan ko‘zlanadigan asosiy maqsad hisoblanadi. Axborot maydoni rivojlanib borayotgan, ammo uni etkazishda ham mazmunan, ham shaklan o‘zibo‘larchilik ustuvorlik qilayotgan hozirgi davrda OAV ekstremistlar qo‘lidagi kuchli qurolga aylanib qolmoqda.
Islomda “salaf” (arabcha – “ajdodlar”, “avval yashab o‘tganlar”) deganda, hadislarga ko‘ra, Muhammad Payg‘ambar alayhissalom zamonida hamda undan keyingi ikki davrda yashagan musulmonlar tushuniladi. Shunga ko‘ra, islom ulamolari ilk musulmonlarni “salaf solih”, ya’ni “solih ajdodlar” deb hisoblashda yakdildirlar. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan “salaf” yoki “salafiy”lar tushunchalarini ishlatish mumkin emas.
Biroq, so‘nggi yillarda “salaf solihlarga ergashish” shiorini niqob qilib olgan va musulmon jamiyatlarini ilk islom davri holatiga qaytarishni targ‘ib qiluvchi mutaassib, soxta salafiylar paydo bo‘lganini alohida qayd etish lozim.
Mutaassiblik ko‘rinishlaridan bo‘lgan soxta salafiylikning zarur aqidaviy, huquqiy va falsafiy asoslarga ega bo‘lishi suriyalik Ibn Taymiya (1263-1328) faoliyati bilan bog‘liq. Ibn Taymiyaning turli aqidaviy masalalarda ash’ariylik va moturidiylikka zid fikrlari keyinchalik turli mutaassib guruh va harakatlar etakchilari mafkurasiga asos bo‘lib xizmat qildi. Jumladan, XVIII asrda tarixiy adabiyotlarda “ad-Da’vat ud- damaviya”, ya’ni “qonli da’vat” nomini olgan harakatlar paydo bo‘ldi.
Soxta salafiylik» g‘oyalari XIX asrning ikkinchi yarmidan o‘z oldiga xalifalikka asoslangan islom davlatini barpo etish vazifasini qo‘ygan “islohotchilik”, “panislomizm” niqobi ostida yangidan jonlandi. Bu o‘z navbatida “al-Ixvon al-muslimun”, “al-Jihod al-islomiy”, “SHabab Muhammad”, “at-Takfir val-hijra” kabi o‘ta radikal ekstremistik diniy-siyosiy tashkilot va oqimlarning vujudga kelishiga yo‘l ochib berdi.
Hozirda soxta salafiylik g‘oyalari ostida asosan SHimoliy Afrika, YAqin SHarq, Kavkaz va Markaziy Osiyoning ayrim hududlarida faoliyat olib boradigan harakatlar jamiyatdagi e’tiqodiy birlik, barqarorlik va taraqqiyot uchun real tahdidga aylanganini alohida ta’kidlash zarur.
Qanday shaklda chiqmasin va qanday g‘oya ostida harakat qilmasin soxta salafiylikning buzg‘unchi mohiyati o‘zgarmay qolmoqda. Buni uning islom asoslari buzilishiga olib boradigan:
- Qur’on oyatlarini so‘zma-so‘z talqin qilish, oyatlarning majoziy ma’nosi borligini rad etish;
- tavhidning yaxlit, bo‘linmasligini inkor etish;
- mavludni nishonlash va Payg‘ambarning shafoatidan umidvor bo‘lishni inkor etish;
- o‘zlariga ergashmagan musulmonlarni kofirlikda ayblash;
- jihodni islomning oltinchi arkoni, deb e’lon qilishdek g‘oyalar misolida ham ko‘rish mumkin.
Soxta salafiylarning jamiyatni “musulmonlar” va “dinsizlar”ga bo‘lishi, boshqa dindagilarni “dushman” deb e’lon qilishi e’tiqodiy birlik va konfessiyalararo hamkorlikka real tahdid hisoblanadi. U o‘zining mudhish qiyofasini ham namoyon etmoqda. CHunonchi, 1998 yilning fevralida soxta salafiylik g‘oyalari ostida harakat qiladigan, ko‘proq “al-Qoida” nomi bilan mashhur bo‘lgan “al-Qoida as-sulbah” (arabcha – “Mustahkam baza”) tashkiloti boshchiligida “Al-jabha al-islamiyya al-alamiyya li-qital al-yahud vas-salibiyyin” (arabcha – “YAhudiy va Salbchilarga qarshi kurashish xalqaro islom fronti”) tuzilmasi tashkil topdi. Ushbu uyushma nomining o‘zi ham diniy ayirmachilikni keltirib chiqarish soxta salafiylarning asosiy maqsadiga aylanganidan dalolat beradi.

Download 152.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling