11-mavzu. Etika fanining predmeti va jamiyat hayotidagi ahamiyati
Download 152.89 Kb.
|
Merged document (1)
Madina davri. Madinalik «ansor» (yordamchi)lar makkalik «muhojir»larni samimiy kutib oldilar. Muhammad payg‘ambarning Madinaga ko‘chib o‘tishi rabi’ al-avvalning sakkizinchi kuni, milodiy 622 yil 20 sentabrda yuz berdi.
Islomning Madina davri uning tarixida juda katta ahamiyatga ega. Musulmonlar birinchi marta alohida diniy jamoa (Umma) bo‘lib yashay boshladilar. Bu esa o‘z navbatida diniy qoidalarning takomillashuvini tezlashtirib yubordi. Asta-sekin namoz, azon va boshqa amallar tartibga solindi. Payg‘ambar bu shaharga uchinchi taraf vakili sifatida taklif etilgan edi. Avval murosasiz Avs va Xazraj arab qabilalari hamda Banu Qurayza, Banu Qaynuqo’, Banu Nadir yahudiy qabilalari bilan o‘zaro sulh tuzildi. Hijratning ikkinchi yili ramazon oyida (mil. 624 y.) musulmonlar ummasi qo‘shinlari va makkaliklar o‘rtasida Badr jangi bo‘ldi. Bu jang Madinadan 80 mil (taxminan 150 km.) uzoqda Suriya karvon yo‘lida joylashgan Badr qudug‘i yaqinida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan jang musulmonlar g‘alabasi bilan tugadi. Bu jangdan so‘ng Umma mavqei Madina ahli orasida beqiyos o‘sdi. Shu davrdan boshlab Muhammad payg‘ambar yetakchiligidagi islom jamoasi kuchli bir davlatning vazifalarini bajara boshladi. O‘zlarini musulmon deb e’lon qilib, aslida esa Payg‘ambar va musulmonlarga muxolif ish yuritganlar munofiqun deb nomlandilar. Ko‘pxudolikka e’tiqod qiluvchilar mushriklar deb ataldi. Musulmon jamoasi davlat darajasiga ko‘tarilib, boshqa qabilalar va qabilalar ittifoqlari bilan o‘zaro qisqa va uzoq muddatli sulh shartnomalarini tuzildi. Shu yili zakot islomning asosiy amallaridan biri sifatida farz qilindi. Yahudiy, xristian va sobi’iylar ahl al-kitob mavqeiga ega bo‘lishdi. Ular – Madina davlati xazinasiga har bir voyaga yetgan erkak boshidan to‘lov (jizya) yig‘ib berib, o‘z ijtimoiy-diniy avtonomiyalarini saqlab qolish huquqiga ega bo‘ldilar. Ammo Madina davlatining asosiy muxolifi Makka jamoasi bo‘lib qolaverdi. Hijratning oltinchi yilida Makka qurayshiylari bilan tuzilgan Hudaybiya shartnomasi eng muhim g‘alabalardan biridir. Makka fathidan (630 y.) so‘ng islom davlati Arabiston yarim orolida to‘la g‘alabaga erishdi. Shuni alohida ta’kidlash zarurki, Makkaning olinishi musulmonlar uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi, chunki shundan so‘ng musulmonlar jamoasi Arabiston muhitida yetakchi davlat va siyosiy kuchga aylandi. Shu bilan bir qatorda Madinada diniy qoida va tartiblar bir tekis shakllana boshladi. Musulmonalar va yahudiy qabilalari o‘rtasida o‘zaro mojarolar bo‘lib o‘tdi. Qibla Quddusdan Makkadagi Ka’baga o‘zgartirildi, ahl al-kitobga (yahudiylar, xristianlar, sobi’iylar) ahl az-zimma (musulmon davlati himoyasi ostidagi diniy jamoa) mavqei berildi. Payg‘ambar Umma hayotini ko‘p hollarda atrofdagi odamlar uchun odatiy bo‘lgan qoidalar asosida boshqardi. Muhim hollarda yangi diniy va ijtimoiy qoidalar vahy orqali kiritildi. 11 hijriy yil 12 rabi’ al-avval/632 milodiy yil 8 iyun kuni Payg‘ambar vafot etdi. Bu bilan islom tarixida ilk davr – Qur’oniy davr yoki teokratiya davri tugadi. Bundan buyon musulmon-arab davlati tarixida podshohlar – xalifalar, islom dini me’yorlarini shakllantirish va rivojlantirishda diniy ilmlar bilimdonlari – ulamolarning roli tobora oshib boraverdi. Payg‘ambar vafoti haqidagi xabar Madina ahli orasida yoyilgach, ansorlar Umma boshchisi – xalifalikka nomzod masalasini hal qilish maqsadida Banu So’ida qabilasining Saqifa nomli guzariga oshiqdilar. Bir qancha muhojirlar va ansorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qizg‘in bahs va tortishuvlardan so‘ng xalifalikka (xalifat rasulilloh) Abu Bakr as-Siddiqni (632-634) saylab, barcha unga bay’at qildilar. Abu Bakr diniy va dunyoviy hokimiyatni o‘z shaxsida birlashtirdi. Payg‘ambar vafotidan so‘ng islomni qabul qilgan ba’zi qabilalar Madina shahar-davlati yangi yo‘lboshchisi Abu Bakr davrida zakotni berishdan bosh tortdilar. Soxta payg‘ambarlar harakatlari vujudga keldi. Ilk islom tarixidagi ushbu voqealar «Ridda» nomi bilan ataladi. Abu Bakr bunday xatti-harakatlarni qat’iylik bilan bostirdi. Bu davrda Arab qo‘shinlari islomni tarqatish g‘oyasi bilan Arabiston yarim orolidan tashqariga chiqa boshladilar. Bu esa o‘z navbatida islomning jahon diniga aylanishiga zamin yaratib berdi. Download 152.89 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling