6-bosqich - test o‘tkazish.Echim haqida va foydalanuvchi haqida ko‘proq bilib oling. Test o‘tkazish – yaratilga prototiplar haqida teskari aloqa olishdir. Bu foydalanuvchini tushunishga va uning ustida ishlanayotgan muammoga chuqur kirib borishiga yordam beradi. Ideal test o‘tkazish bu – foydalanuvchining o‘zinima va qanday tashkil qilinganini yaxshi bilishi bo‘lib, bu kamdan-kam hollarda uchraydi. Odatda kirish suhbati o‘tkazish kerak bo‘ladi. Agar gap tajriba haqida ketadigan bo‘lsa, real vaziyat atrofida rivojlanadigan ssenariy yaratish lozim. Agar real vaziyatning imkoni bo‘lmasa, shu vaziyatga maksimal darajada yaqin bo‘lgan holatni yaratish kerak. Test o‘tkazishda ikki yondashuvdan foydalanish mumkin bo‘ladi:
1. Оddiy kuzatish: foydalanuvchiga prototip berish va uning harakatlarini kuzatish;
2. Мazifa qo‘yish: biror-bir maqsadli harakatni amalga oshirish, masalan, dastur yordamida biznesni boshqarish strategiyasini ishlab chiqish.
Test o‘tkazishning vazifasi – muammoni eshitish va uning yuzaga kelish sababini tushunish hisoblanadi. Agar muammo paydo bo‘lgan bo‘lsa, uning yolg‘iz emasligi ehtimoli yuqori bo‘ladi. Asosiysi shuni esdan chiqarmangki, ishlab chiqarish bu – doimiy jarayon. Butun jarayon ham, uning alohida bosqichlari ham takrorlanishi mumkin.Mahsulotni barcha bir xil yoqadigan tarzda chiqarishning imkoni yo‘q. Foydalanuvchi, atrof-muhit, iqtisodiy va siyosiy vaziyat o‘zgaradi. Mahsulot rivojlanishi va yashashi lozim. Buning uchun ham ichki, ham tashqi sabablar mavjud.
Nazorat va muhokama uchun savollar
1. Fikrlash dizayni nimani anglatadi?
2. Fikrlash dizaynining tamoyllarini aytib bering?
3. Fikrlash dizaynining mahsulot, servis va xizmatlar ishlab chiqarishdagi ahamiyatini izohlab bering?
Do'stlaringiz bilan baham: |