Mavzu: biznes jarayonlarini boshqarishda fikrlash dizaynining xususiyatlari


Download 29.27 Kb.
bet1/5
Sana24.04.2023
Hajmi29.27 Kb.
#1395268
  1   2   3   4   5
Bog'liq
42. BIZNES JARAYONLARINI BOSHQARISHDA FIKRLASH - DIZAYNINING XUSUSIYATLARI.


MAVZU: BIZNES JARAYONLARINI BOSHQARISHDA FIKRLASH - DIZAYNINING XUSUSIYATLARI.


REJA:


KIRISH

  1. Fikrlashdizayni – foydalanuvchiga yo‘naltirilgan mahsulot, servis va xizmatlar.

  2. Fikrlash dizayni bosqichlari. Empatiya – insonga yo‘naltirilgan dizayn-jarayoni markazi sifatida.

  3. Biznes jarayonida fokuslashtirish. G‘oyalar ishlab chiqish. Prototiplash. Test o‘tkazish.


Kirish
Fikrlash dizayni gʼoyasi birinchi marta 1969 yilda “The Sciences of the Artificial” (“Sunʼiylik haqida fan”) kitobi muallifi Gerbert Simon tomonidan shakllantirilgan. Keyinchalik bu gʼoya Stenford universiteti olimlari tomonidan rivojlantirilib, fikrlash dizayni gʼoyasini ilgari suruvchi Stenford dizayn institutiga asos solindi.
“Fikrlash dizayn” atamasi turli talqinlarga ega. Interaction Design Foundation (Oʼzaro hamkorlik dizayni fondi) tomonidan eng yaxshi taʼrif berilgan: fikrlash dizayni deganda, foydalanuvchining motivatsiyasi va ehtiyojlarini oʼrganish, notoʼgʼri taxminlarni rad etish va muammoning yangicha yechimini topish uchun moʼljallangan koʼp bosqichli jarayon tushuniladi.
Fikrlash dizayni (inglizchadan “design thinking”) – foydalanuvchilar manfaatlariga mos keladigan murakkab muammolar yechimlarini topishga yordam beradigan uslub. Ushbu uslub antropotsentrizm tamoyiliga asoslanadi, unga koʼra har qanday tadqiqot va ishning maqsadi korxona, rahbar, loyiha menejerlari va byurokratik tuzilmalar emas, balki shaxsning manfaatlaridir. Dizayn-fikrlashning vazifasi mavjud stereotiplar va muammolarni hal qilishning standart usullaridan (“thinking outside the box” – “qutidan tashqarida oʼylash”) oʼtib ketishdir.
Fikrlash dizayni – dunyoqarash, muammolarni hal qilish metodi. Qandaydir bir gʼoyaga uni butun amalga oshirish yoʼlida hamrohlik qiladigan uzluksiz jarayon: miyaga kelgan fikr, uni test va aprobatsiyadan oʼtkazishdan tortib, to prototiplashda mujassam etish va hayotga tatbiq qilish.
Ijodiy yondashuv, bir jamoa boʼlib ishlash, odamlarga yoʼnaltirish, qiziqish va nekbinlik – dizayn-fikrlashning asosiy tarkibiy qismlaridir. Dizayn-fikrlashning asosiy xususiyati shundaki, u tahliliy fikrlashdan farqli oʼlaroq, tanqidiy boʼlmagan tahlil, ijodiy jarayon boʼlib, bunda umuman kutilmagan gʼoyalar muammoning eng yaxshi yechimiga olib keladi.

Download 29.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling