"Fikrlash dizayn" atamasi turli talqinlarga ega


Download 19.94 Kb.
bet1/5
Sana23.09.2023
Hajmi19.94 Kb.
#1685445
  1   2   3   4   5
Bog'liq
4 amaliy raqamli iqtisod


“Fikrlash dizayn” atamasi turli talqinlarga ega. Interaction Design Foundation (O'zaro hamkorlik dizayni fondi) tomonidan eng yaxshi ta'rif berilgan:fikrlash dizayni deganda, foydalanuvchining motivatsiyasi va ehtiyojlarini o'rganish, noto'g'ri taxminlarni rad etish va muammoni yangicha echim topish uchun mo'ljallangan ko'p bosqichli jarayon tushuniladi.
Fikrlash dizayni (inglizchadan. “design thinking”) - bu foydalanuvchilar manfaatlariga mos keladigan murakkab muammolar echimlarini topishga yordam beradigan uslub. Ushbu uslub antropotsentrizm tamoyiliga asoslanadi, unga ko'ra har qanday tadqiqot va ishning maqsadi korxona, rahbar, loyiha menejerlari va byurokratik tuzilmalar emas, balki shaxsning manfaatlaridir. Dizayn fikrlashning vazifasi mavjud stereotiplar va muammolarni hal qilishning standart usullaridan (“thinking outside the box” – “qutidan tashqarida o'ylash”) o'tib ketishdir.
Bunday fikrlash uslubi deyarli hamma joyda qo'llaniladi: sayohatni rejalashtirishda, kvartirani ta'mirlashda, yangi ommaviy axborot vositalarini ochishda, biznesni ochishda, korporativ identifikatori va logotipini ishlab chiqishda.
Fikrlash-dizayn — bu dunyo qarash, muammolarni hal qilish metodi. Qandaydir bir g'oyaga uni butun amalga oshirish yo'lida hamrohlik qiladigan uzluksiz jarayon: miyaga kelgan fikr, uni test va aprobatsiyadan o'tkazishdan tortib, to prototiplashda mujassam etish va hayotga tatbiq qilish.
Ijodiy yondashuv, bir jamoa bo'lib ishlash, odamlarga yo'naltirish, qiziqish va nekbinlik – dizayn-fikrlashning asosiy tarkibiy qismlaridir. Dizayn-fikrlashning asosiy xususiyati shundaki, u tahliliy fikrlashdan farqli o'laroq tanqidiy bo'lmagan tahlil, ijodiy jarayon bo'lib, bunda umuman kutlmagan g'oyalar muammoning eng yaxshi echimiga olib keladi.
Fikrlash dizayni - usuli olti bosqichdan iborat: Har bir bosqich ikki qismdan iborat: divergent (lat. divergere – tarqalish) – bitta muammoning ko'plab yechimlarini izlash va convergent (lat. sonvergere – to'planish) – vazifani hal qilish bo'yicha yo'riqnomadan aniq foydalanish.

Download 19.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling