11-mavzu: Fuqarolik huquqida shaxslar


Muassasalar - yuridik shaxs sifatida


Download 145.36 Kb.
bet19/21
Sana28.01.2023
Hajmi145.36 Kb.
#1134814
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
11-маъруза

Muassasalar - yuridik shaxs sifatida
Davlat muassasalari yuridik shaxs sifatida davlat byudjeti-dan turadigan va mustaqil smetaga ega bo‘ladigan davlat muassasa-lari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lmagan faoliyat, chunonchi ma’muriy idora etish yoki ijtimoiy-ma’naviy ishlarni boshqarish-ni amalga oshiradi. Bular jumlasiga mustaqil smetaga, rahbarlar-ni kredit taqsimlash huquqiga ega muassasalar (shifoxonalar, oliy o‘quv yurtlari, teatrlar, sud-prokuratura va boshqalar) kiradi. Yuridik shaxs hisoblangan davlat muassasalari o‘z nizomlari doirasida o‘zlari yuritayotgan vazifalarni amalga oshirib, turli fuqarolik bitimlari tuzadilar, o‘zlariga biriktirilgan mulkdan operativ boshqarish huquqi asosida foydalanadilar. Davlat organlari o‘z qarzlari uchun javobgar bo‘ladi. Biroq mablag‘i yetmasa, belgilangan tartibda davlat ham uning uchun javobgar bo‘lishi mumkin.
Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari - yuridik shaxs sifatida
Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunning mazmuniga ko‘ra, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarishi - bu fuqarolarning Konstitutsiya va qonunlar bilan kafolatlangan, ularning o‘z manfaatlaridan, tarixiy xususiyatlaridan, milliy va ma’naviy qadriyatlardan, mahalliy urf-odatlar va an’analardan kelib chiqqan holda mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan masalalarni hal qilishlaridir.
Mahalliy o‘z-o‘zini boshqaruv organlari ichida mahalla alohi-da o‘rinni egallaydi. O‘zbekiston Respublikasida 1990 yil 31 oktyabrda qabul qilingan Mulkchilik to‘g‘risidagi qonunning 10-mod-dasida “mahallalar egalik qiladigan, foydalanadigan va tasar-ruf etadigan mol-mulk mahalla aholisining birgalikdagi mehnat faoliyati yoki ularning mushtarak daromadlari, shuningdek mazkur mol-mulkdan xo‘jalik maqsadlarida foydalanishdan kelgan tushum-lar, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy badallari moddiy va hayriya yo‘sinidagi yordamlari, xalq deputatlari mahalliy Ken-gashlari beradigan moddiy va moliyaviy resurslar asosida vujudga keltirilgan mol-mulkdan iborat”-deyiladi.
Mahallada istiqomat qiluvchi aholi mahalla mulkining sub’-yektidir. O‘zi saylab qo‘ygan organlar mahalla mulkini to‘la xo‘ja-lik yuritish asosida egallaydi, undan foydalanadi va uni tasar-ruf etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1994 yil 23 avgust-dagi “Kam ta’minlangan oilalarni ijtimoiy himoyalashni kuchayti-rishga oid tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan mahallaga to‘la yuridik shaxs huquqi berildi. Binobarin, mahalla turli fuqarolik-huquqiy munosabatlarida ishtirok etishi mumkin.
Bu borada Respublikamiz Prezidenti I.A.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisida 1995 yil 23 fevralda qilgan ma’-ruzasida: “Mamlakatimizda ko‘p qirrali islohotlar amalga oshayot-gan bir paytda mahalla jamiyat uchun ishonchli tayanch va ta’sirchan kuch bo‘lib xizmat qilishi lozim” -deb ta’kidlagan edilar.



Download 145.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling