11-mavzu: Fuqarolik huquqida shaxslar


Yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalari


Download 145.36 Kb.
bet20/21
Sana28.01.2023
Hajmi145.36 Kb.
#1134814
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
11-маъруза

Yuridik shaxslarning filiallari va vakolatxonalari
Yuridik va jismoniy shaxslar o‘z vazifalarini amalga oshirish va aholiga yaqindan xizmat ko‘rsatish maqsadlarida o‘z filiallari (bo‘limlari, idoralari, agentliklari)ni tashkil etishlari mumkin. Filial yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidir (FKning 47-moddasi, 2-bandi).
Filial yuridik shaxsning tarkibiy qismi bo‘lib, mustaqil yuridik shaxs hisoblanmaydi va muayyan bir joyda yuridik shaxs-ning vazifalarni boshqarishga xizmat ko‘rsatish maqsadida tuzila-di. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 14 fevraldagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida “Xususiy tadbirkorlik to‘g‘risida”gi Nizomning 7-moddasida xususiy korxonalar ham o‘z filiallarini, sho‘ba korxonalari va vako-latxonalarini tashkil etishlari mumkin deyilgan.
Filiallar o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida ba’zi yuridik harakatlarni qilishlari mumkin. Ammo bunday harakatlar natijasida olingan majburiyatlar yuzasidan yuridik shaxs mulkiy javobgar bo‘ladi.
Chet el investitsiyalari to‘g‘risidagi, O‘zbekiston Respublikasi qonunining 7-moddasida ko‘rsatilishicha, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxona ushbu Qonun talablariga rioya etgan holda O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik shaxs huquqiga ega bo‘lgan sho‘ba korxonalar, filiallar, shuningdek yuridik shaxs bo‘lma-gan vakolatxonalar va boshqa alohida bo‘limlar ochishi mumkin.
Vakolatxona yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida bo‘linmasdir. Qonunda boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa, vakolatxona va filiallar yuridik shaxs hi-soblanmaydi. Ular o‘zlarini tashkil etgan yuridik shaxs tomonidan mol-mulk bilan ta’minlanadilar hamda u tasdiqlagan nizomlar asosida ish olib boradilar. Vakolatxona va filiallarning rah-barlari yuridik shaxs tomonidan taynilanadi hamda uning ishonch-nomasi asosida ish olib boradi (FKning 47-moddasi).
Vakolatxona va filiallar ularni tashkil etgan yuridik shaxs-ning ta’sis hujjatlarida ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

Download 145.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling