11-mavzu. G’aznachilikda yuridik majburiyatlar va ularni ro’yxatga olish byudjet hisobi va g’aznachilik ishi kafedrasi o’qituvchisi: Murodjon Abdurasulov
11-MAVZU. G’AZNACHILIKDA YURIDIK MAJBURIYATLAR VA ULARNI RO’YXATGA OLISH Byudjet hisobi va g’aznachilik ishi kafedrasi o’qituvchisi: Murodjon Abdurasulov Reja:
G’aznachilikda yuridik majburiyat tushunchasi, uning yuzaga kelishi
1
G’aznachilikda yuridik majburiyatlami ro‘yxatga olish tartibi.
2
Yuridik majburiyatlarni shakllantirishning umumiy qoidalari
3
Yuridik majburiyatlar, ularni qabul qilishning umumiy qoidalari Yuridik majburiyat Byudjet tashkiloti bilan kontragent o’rtasida ma’lum bir muddatdan so’ng ma’lum bir tovarni etkazib berish (ishlar bajarish, xizmatlar ko’rsatish) to’g’risida shartnoma imzolanganidan va bu shartnoma tegishli tartibda g’aznachilikda ro’yxatdan o’tkazilganidan keyin vujudga keladi Moliyaviy majburiyat Shartnomaga muvofiq tovarlar etkazib berilganidan (ishlar bajarilganidan, xizmatlar ko’rsatilganidan) keyin vujudga keladi. Byudjet Kodeksida belgilab qo’yilishicha, “moliyaviy majburiyatlar – byudjet tashkilotlarida va byudjet mablag’lari oluvchilarda ularga pul mablag’larini o’tkazish majburiyatini yuklovchi hujjatlar, shu jumladan ijro hujjatlari asosida yuzaga keladigan majburiyatlar” hisoblanadi. Moliyaviy nazorat shakllari
Dastlabki
Joriy
Yakuniy
Dastlabki nazorati
Turli darajidagi byudjetlar, davlat maqsadli jamg'armalari byudjetlari loyihalarini tuzish, ko'rib chiqish, tasdiqlash, byudjet tashkilotiarining byudjet mablag'lari bo'yicha xarajatlar smetasini hamda byudjetdan tashqari mablag'lar bo'yicha smetasini tuzish, tasdiqlash va tegishli moliya organlarida belgilangan tartibda ro'yxatga olish jarayonida amalga oshiriladigan nazorat shakli hisoblanadi
Joriy nazorat
Moliyalashtiruvchi organlar tomonidan mablag'larning ajratilishida. bevosita to'lovlaming amalga oshirilishida olib boriladi.
Yakuniy nazorat
Yakuniy nazorat Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi va uning hududiy boshqarma va bo'limlari hamda boshqa vakolatli davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Majburiyatlami qabul qilishda quyidagilar asos bo‘lib xizmat qiladi
Imzolangan va tegishli tarzda rasmiylashtirilgan kontrakt va shartnomalar, tender savdolari asosidagi tovar va xizmatlar xaridiari bo‘yicha hujjatlar, ishlab chiqaruvchilarning tovar va xizmatlari sifati va boshqa xususiyatlarini tasdiqlovchi patentlar, litsenziyalar va boshqalar
Ish haqi, stipendiyalar, nafaqalar va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun qonuniy asos bo‘lib xizmat qiluvchi hujjatlar
Jarimalar va sud qarorlariga asosan, penyalar to‘lovini amalga oshirish uchun asos bo‘luvchi tegishli davlat vakolatli organiari qarorlari
Byudjet dotatsiyalarini ajratish, davlat grantlari, mukofotlar bo‘yicha to'lovlarni amalga oshirishga asos bo‘luvchi hujjatlar.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |