11-mavzu: Glikozid saqlovchi dorivor o’simliklar reja
MARMARAK (MAVRAK) BARGI - FOLIA SALVIAE
Download 232.85 Kb.
|
11 mavzu glikozid saqlovchi dorivor o‘simliklar J Muxayyo
- Bu sahifa navigatsiya:
- EVKALIPT BARGI VA MOYI – FOLIA ET OLEUM EUCALURTI
MARMARAK (MAVRAK) BARGI - FOLIA SALVIAE
Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Ishqor eritmasida qaynatib yoritilgan bargning tashqi ko‘rinishi mikroskopda ko‘riladi (2- rasm). Bargning yuqori epidermisi ko‘p burchakli yoki yumaloq biroz egri-bugri devorli, pastki epidermisi esa umuman egri-bugri devorli hujayralardan tashkil topgan, Ustitsalar asosan pastki epidermisda joylashgan bo‘lib, 2 ta epidermis hujayra bilan o‘ralgan (labguldoshlar oilasiga xos). Bargdagi tuklar ikki xil bo‘ladi: oddiy (3-4 ta kichkina va bitta uzun egri-bugri hujayrali) hamda boshchali tukchalar. Boshchali tuklar mayda bo‘lib, 1-3 ta mayda hujayrali qisqa oyoqchadan va yumaloq shaklli bir hujayrali boshchadan tashkil topgan. Boshchali tuklar asosan barg tomiri bo‘ylab joylashgan. Efir moyili bezlar tuklar ostida deyarli ko‘riimaydi. Bu bezlar yumaloq shaklli bo‘lib, efir moyi ishlab chiqaradigan, radius bo‘yicha joylashgan 8 ta hujayradan tashkil topgan (yalpiznikiga o‘xshash). 2-rasm. Dorivor marmarak bargining tashqi ko‘rinishi. A – bargning yuqori epidermisi; B – bargning pastki epidermisi. 1 – oddiy tuklar; 2 – boshchali tuklar; 3 – efir moyli bezlar; 4 – qat-qat joylashgan kutikula; 5 – ustitsa. EVKALIPT BARGI VA MOYI – FOLIA ET OLEUM EUCALURTI Mahsulotning mikroskopik tuzilishi. Barg qalin va qattiq bo‘lganidan uni bir necha kungacha glitserin bilan suv aralashmasiga solib qo‘yib yumshatiladi. Bunday bargni marjon daraxti o‘zagi yoki probka orasiga qo‘yib, ko‘ndalangiga kesiladi va preparat tayyorlanadi. Preparatni cudan-III eritmasi bilan bo‘yab, xloralgidrat eritmasi yordamida mikroskopning kichik va katta ob’ektivlarida ko‘riladi. Sudan-III eritmasi ta’sirida kutikula qavati va efir moyi bor joylar sarg‘ish-qizil rangga bo‘yaladi. Barg izolateral tipda tuzilgan (3-rasm). Qoziqsimon to‘qima 3-4 qator bo‘lib, bargning har ikkala tomoniga, bulutsimon to‘qima esa bargning o‘rta qismiga joylashgan. Bargning yumshoq (mezofil) qismida tarqoq holda druzlar, ba’zan prizma shaklidagi kristallar, efir moyi bor katta-katta sharsimon joylar uchraydi. Bu joylar yuqori va pastki epidermis oraliqlarini butunlay egallab olishi mumkin. Ular ichida efir moylari ishlab chiqaruvchi hujayralar 1-3 qator bo‘lib joylashgan. Har ikkala (pastki va yuqori) epidermis to‘qimasi qalin kutikula qavati bilan qoplangan. Barg tomirlari mayda kristallar bilan o‘ralgan. Epidermis hujayralari barg plastinkasining yuqorisidan qaraganda turli shakldagi ko‘p burchak holida ko‘rinadi. Download 232.85 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling