11-mavzu. Global korrupsiya ijtimoiy-madaniy inqiroz oqibati


Korrupsiya tushunchasining ta’rifi


Download 68.05 Kb.
bet2/16
Sana24.12.2022
Hajmi68.05 Kb.
#1057175
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
global korrupsiya

2. Korrupsiya tushunchasining ta’rifi. Bugungi kunda mamlakatimizda jahon hamjamiyati bilan birgalikda korrupsiyaga qarshi kurashish muammosiga juda katta e’tibor berilmoqda. Chunki, korrupsiya har qanday jamiyatning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan holda, xalq manfaatlarini ko‘zlab amalga oshiilayotgan islohotlarning borishi o‘zining salbiy ta’sirini o‘tkazmoqda. Xo‘sh,shunday ekan korrupsiya nima,uning genezisi,evolyusiyasi,xullas,u salbiy hodisa sifatida tarixiy makon va zamonning qaysi kesishgan nuqtalarida paydo bo‘lgan degan savollar tug‘iladi?
Bu savolga Birlashgan Millatlar Tashkilotining korrupsiya bilan xalqaro kurash hujjatida: ”Korrupsiya – bu davlat hokimiyatining o‘z manfaatlari yo‘lida suiiste’mol qilishidir2....,xususan: 1) davlat mulkini yuqori lavozimdagi amaldor shaxslar tomonidan o‘zlashtirish,o‘g‘irlash; 2) o‘zining manfaatlari yo‘lida o‘z lavozimini suiiste’mol qilish; 3) shaxsiy manfaatdorlik va jamiyat oldidagi burchining o‘rtasidagi to‘qnashuv”3,– degan javoblar berilgan. Shuningdek, Transparensy International, Jahon banki va boshqa tashkilotlar tomonidan berilgan ta’riflarda:” Korrupsiya – ishonib topshirilgan hokimiyatni shaxsiy manfaatlar yo‘lida suiste’mol qilishdir”4, – degan ta’rif berilgan. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 3 yanvar’, O‘RQ-419-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” qonunida: Korrupsiya — shaxsning o‘z mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud o‘zga shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”,– degan ta’rif berilgan. Bu degan so‘z korrupsiya bu pul, qimmatbaho buyumlar ko‘rinishida imtiyozlar olish uchun mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish, pora berish, pora olish, o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilish, tijorat pora olish yoki boshqa shaxsning o‘z rasmiy mavqeidan jamiyat va davlatning qonuniy manfaatlariga xilof ravishda noqonuniy foydalanishidir. Mulkiy xususiyatga ega bo‘lgan boshqa mulk yoki xizmatlar, o‘zi uchun yoki uchinchi shaxslar uchun boshqa mulkiy huquqlar yoki boshqa shaxslar tomonidan ushbu shaxsga ushbu imtiyozlarni noqonuniy ravishda berish; shuningdek, ushbu harakatlarni yuridik shaxs nomidan yoki uning manfaatlari uchun amalga oshirish, demakdir.

Download 68.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling