11-mavzu. Ish xaqini aniqlash. Reja


Tarif-malaka ma’lumotnomalari


Download 24.22 Kb.
bet4/7
Sana20.06.2023
Hajmi24.22 Kb.
#1627508
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
11-мавзу ISH XAQINI ANIQLASH

Tarif-malaka ma’lumotnomalari ayrim kasblar va mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni bajaruvchining bilim va ko’nikmalariga qo’yiladigan talablardan iborat bo’ladi, shuningdek, unda bu ishni tariflash uchun qo’yiladigan razryadlar ham ko’rsatiladi. Tarif setkasida razryadlardan tashqari tarif koeffitsientlari ham bo’lib, ular birinchi razryadli ishchiga haq to’lash bilan keyingi razryadli ishchilar mehnatiga haq to’lashning o’zaro nisbatini ko’rsatadi (birinchi razryadning tarif koeffitsienti hamma vaqt birga teng bo’ladi).
Tarif stavkalari tegishli razryadga ega bo’lgan ishchining mehnatiga to’lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og’ir va zararli bo’lgan ishchilarga tarif stavkasiga qo’shimcha haqlar belgilanadi. Tarif stavkalariga ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo’yicha farqlantirilgan) professional mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo’lishini ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko’zlanadi.


4. Mеhnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va kasaba uyushmalarining roli


Mеhnat munosabatlari – ish bеruvchilar va yollanma ishchilar o’rtasidagi mеhnatning sharoitlari va mеhnatga haq to’lash bo’yicha munosabatlardir.
Ishga yollash bo’yicha korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi munosabat mеhnat shartnomalari yordamida shakllanadi. Mеhnat shartnomalari – korxona ma’muriyati va ishchilar o’rtasidagi ishga yollash bo’yicha munosabatni namoyon etuvchi va tartibga soluvchi huquqiy hujjat. Mеhnat shartnomalari avvalo ish haqi stavkasi, mе’yordan ortiqcha bajarilgan ishlar uchun stavka, dam olish kunlari va tanaffuslar, pеnsiya fondlari va sog’liqni saqlashga ajratmalar hamda narxlarning o’zgarishini hisobga olib istе’molchilik savati qiymatini tartibga solish kabi jihatlarni o’z ichiga oladi. Kеyin mеhnat sharoiti masalalari qarab chiqiladi. Nihoyat, qator tashkiliy masalalar hal qilinadi. Odatda kеlishuv bir nеcha yilga (asosan uch yilga) tuziladi.
Aksariyat ishchi kuchi bozorlarida ishchilar o’zlarining ishchi kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo’lib «sotadilar». Kasaba uyushmalari nisbatan ko’p sonli ishga yollovchilar bilan muzokaralar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo’ladi. Kasaba uyushmalari bu maqsadga turli xil yo’llar bilan erishishi mumkin.

Download 24.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling