11-mavzu. Ish xaqini aniqlash. Reja
Ish haqining iqtisodiy mazmuni
Download 24.22 Kb.
|
11-мавзу ISH XAQINI ANIQLASH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi.
4. Ish haqining iqtisodiy mazmuni
Ish haqi – ishchi va xizmatchilarning mehnatining miqdori, sifati va unumdorligiga qarab, milliy mahsulotdan oladigan ulushining puldagi ifodasidir. Ish haqi ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan zaruriy mahsulot bilan chambarchas bog’liqdir. Chunki ish haqi uning asosiy qismini tashkil etadi. Ish haqining asosiy vazifasi ishchi va xizmatchilarning turmush va mehnat sharoitini yaxshilash, boshqacha qilib aytganda, mehnat me’yori bilan iste’mol me’yori o’rtasidagi bog’liqlikni ta’minlashdan iboratdir. Ish haqining mazmunini to’laroq tushunish uchun nominal va real ish haqi tushunchalarini bilish zarurdir. Ishchi uchun qanday shaklda va qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi muhim. SHu sababli nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal ish haqi bu ma’lum vaqt davomida olingan pul summasi yoki pul shaklidagi ish haqi. Misol uchun, mexanika zavodi ishchisi yanvarь oyida 200 ming so’m, fevralь oyida 190 ming so’m, mart oyida 220 ming so’m ish haqi oldi. Bular nominal ish haqi hisoblanadi. Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda real ish haqi – bu nominal ish haqining «xarid etish» qobiliyati. O’z-o’zidan aniqki, real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va xizmatlar) narxiga bog’liq. SHunday ekan, real ish haqi boshqa sharoitlar bir xil bo’lganda, nominal ish haqiga to’g’ri mutanosibdir va iste’mol buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir. Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin: , bu yerda: VP - real ish haqi ; VH - nominal ish haqi ; R - iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi. Bizning misolimizda ishchining nominal ish haqi yanvarь oyiga nisbatan fevralь oyida 95 foizni, mart oyida 110 foizni tashkil etgan edi. Real ish haqi darajasining o’zgarishini aniqlash uchun esa iste’mol buyumlari va xizmatlarning narx darajasi to’g’risida ma’lumot zarur bo’ladi. Aytaylik, narx darajasi yanvarь oyiga nisbatan fevralda 1,08, martda esa 1,2 baravar oshgan bo’lsin. U holda ishchining real ish haqi fevralda 176 ming so’mni, mart oyida esa 183 ming so’mni tashkil etadi. Ya’ni, ishchining real ish haqi yanvarь oyiga nisbatan fevralь oyida 88 foiz, mart oyida 91,5 foiz darajasida bo’ladi. Nominal ish haqi ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real ish haqi esa xodimlarning iste’moli va farovonlik darajasini tavsiflaydi. Download 24.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling