11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Talabalar mustaqil ta‘limini baxolash mezoni
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи
Talabalar mustaqil ta‘limini baxolash mezoni. Talabalarning
mustaqil ishi bo‘yicha faoliyati o‘quv rejasidagi xar bir fan uchun mustaqil ishga ajratilgan soatdan kelib chiqqan xolda xisoblangan ballar bo‘yicha reyting tizimi asosida baxolanadi. Talabaning mustaqil ta‘lim bo‘yicha reytingi «Talabalar bilimini baxolashning reyting tizimi xaqida» nizomga ko‘ra aniqlanadi. Talabaning mustaqil ta‘lim bo‘yicha faoliyatini baxolashda uning topshiriqlarni qanchalik tuliq, to‘g‘ri va sifatli bajarilganligi, Yangi bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, topshiriqlarni bajarishga qanchalik ijodiy yondashganligi, topshiriqlar bajarish muddatiga qanchalik amal qilganligi xisobga olingan xolda ball qo‘yiladi. Eng yaxshi bajarilgan topshiriqlar, referatlar, ma‘ruza matnlari va shu kabilar talaba nomi bilan institut saytiga kiritiladi. Kelajagi buyuk davlatni bunyod etishda yangicha fikrlaydigan, bozor munosabatlari sharoitlarida muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatadigan yuksak malakali, chuqur bilimli mutaxassislarni tayyorlash davr talabidir. Mamlakatimiz rivojlangan davlatlar qatoridan mustahkam o‘rin egallashi uchun zamonaviy axborot tizimlari va texnologiyalarini inson faoliyatining barcha jabhalariga, shu jumladan ta‘lim tizimiga keng joriy etish muhim omillardan biridir. Oliy ta‘lim muassasalarining o‘quv-tarbiya jarayonida mustaqil ta‘limni samarali tashkil etishning psixologik asoslarida talabalarning mustaqil bilim olishi ularda mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirishning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Shu sababli fan o‘qituvchisi oldida: • talabalarning ilmiy dunyoqarashini shakllantirish va rivojlantirishda fanning ahamiyatini oshirish; • mustaqil ta‘lim mashg‘ulotlarini ishlab chiqish va uni talabalar tomonidan o‘zlashtirish samaradorligini oshirish; • talabalarning bilish faoliyatini va o‘zlashtirish darajalarini rivojlantirish asosida o‘qitishning usul va shakllarini takomillashtirish; • ta‘limda zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash usullarini ishlab chiqishdek muxim vazifalar turadi. Bu vazifalarni amalga oshirish uchun ta‘limda talabalarning mustaqil bilim olishini kuchaytirishga qaratilgan topshiriqlar yordamida amaliy dasturlardan foydalanishga o‘rgatish zarur. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligining 2005 yil 25 fevraldagi 34-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan va 2005-2006 o‘quv yilidan boshlab o‘quv jarayoniga kiritilgan «Talabalar mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida»gi namunaviy Nizomda «Talabaning mustaqil ishi-o‘quv rejasida muayyan fanni o‘zlashtirish uchun belgilangan o‘quv ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u uslubiy va axborot resurslar bilan ta‘minlanadi hamda bajarilishi reyting tizimi asosida nazorat qilinadi», deb qayd etilgan. Bu esa talabalarga fanlardan mustaqil ish topshiriqlari berish orqali ularni mustaqil ta‘lim olishga undashni talab etadi. Talabalar mustaqil ta‘limi tashkiliy shakllari o‘qitilayotgan fan xususiyatlarini hisobga olgan holda tegishli kafedralar tomonidan aniqlanadi. Guruxdagi talabalarning o‘zlashtirish darajalari va shaxsiy qobiliyatlarini e‘tiborga olib mustaqil ta‘lim topshiriqlari to‘plamlari ishlab chiqiladi. Hozirgi zamon talabiga javob beradigan pedagogik kadrlarni tayyorlashda mustaqil ta‘limni tashkil etish katta ahamiyatga ega. Lekin, o‘quv jarayonida kompyuter vositalari yordamida talabalarning fanlarni mustaqil o‘zlashtirishi va o‘zlashtirgan bilim darajalarini aniqlovchi kompyuter dasturini yaratish va undan foydalanish metodikasi hamda uni takomillashtirish еtarli darajada o‘rganilmaganligi, ayniqsa, zamonaviy kompyuter texnologiyalari va kommunikasiya vositalaridan foydalanib mustaqil ta‘limni tashkil etishga еtarlicha e‘tibor berilmayotganligi sezilmokda. Shuning uchun ham hozirgi kunda oliy ta‘lim tizimida fanlardan mustaqil ta‘limni tashkil etish va talabalarning bilim olishi uchun kompyuter dasturlari yaratish hamda ulardan o‘quv-tarbiya jarayonida foydalanish metodikasini ishlab chiqish dolzarb masalalardan biri ekanligi shubhasizdir. Respublikamizda «Ta‘lim to‘g‘risida» gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» qabul qilinganligi natijasida ta‘lim tizimida zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yaxshilash, ta‘lim tizimida yangi axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, jumladan, kompyuter texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda ta‘lim sifatini oshirish, o‘quv jarayoniga oid zamonaviy o‘quv-nazorat dasturlari ishlab chiqishga bo‘lgan talab kuchaymoqsa. Shu sababli ta‘lim sifatini yaxshilash yo‘lida uchraydigan muammolarni hal etishga qaratilgan ilmiy-metodik ishlarga zaruriyat yanada ortib bormoqda. Mustaqil ta‘lim topshiriqlari va ularning mazmunini ishlab chiqish; talabalarning mustaqil ta‘lim mazmunini o‘zlashtirishlari, ularning bilim darajalarini aniqlovchi pedagogik dasturiy vosita yaratish va undan foydalanish metodikasini ishlab chiqish; talabalarning mustaqil ravishda o‘zlashtirgan bilimlarini aniqlash uchun kompyuter dasturidan fanni o‘qitishda foydalanish metodikasini ishlab chiqish. Talabalarning faolligini oshirishda ularning mustaqil bilim olishi muxim o‘rin tutsa, ularning mustaqil olgan bilim darajasini aniqlash jarayonida esa, ularning mustaqil ishlashi turadi. Talabaning mustaqil bilim olishida mustaqil ta‘limni tashkil etish uslubiyatining o‘ziga xos talablarini xisobga olish zarur. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling