11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Takrorlash va mashq qilishda talaba


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet160/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

Takrorlash va mashq qilishda talaba dars mashgulotlari paytida olgan 
bilimlarini takrorlaydi, taxlil kilib, fikrlab ko‘radi, eslab qoladi, Amaliy 
topshiriqlarni bajarish ko‘nikmalari va malakalarini shakllantiradi. 
Yangi bilimlarni mustaqil o‘zlashtirishda talaba axborot manbalarini izlab 
topish, ular ustida ishlash, konspektlashtirish, fikrlarini izchil bayon qilish bo‘yicha 
ko‘nikma va malakalarni egallaydi, mustaqil ta‘lim olish uslublarini o‘rganadi. 
Ijodiy xarakterdagi topshiriqlarni bajarishda talaba muammoli vaziyatlarni 
aniqlash, taxlil qilish va mustaqil ravishda qaror qabul qilish ko‘nikmalarini 
egallaydi, masalani xal qilishga ijodiy yondashishga o‘rganadi, ko‘rgazmali 
vositalar tayyorlash, ilmiy tavsifdagi, izlanishlarni talab qiladigan masalalarni xal 
qilish uslublari bilan tanishadi. 
Talabalar mustaqil ta‘limi bo‘yicha bajarilgan topshiriqlarni ximoya 
qilish tartibi:
- Talabaning mustaqil ravishda bajargan topshiriqlarining yozma bayoni 
(ma‘ruza matnlari va referatlar, nazorat ishlari, ijodiy ishlar va x.k.) himoya 
qilinadi va kafedraga topshiriladi. Himoya paytida talaba ishning mazmuni va 
moxiyatini gapirib berishi, savollarga javob berishi, tushuntirib va asoslab bera 
olishi, topshiriqlarni chuqur o‘zlashtirganligini namoyon qilishi, topshiriqlarni 
xaqiqatan xam mustaqil ravishda bajarilganligini isbotlay olishi lozim. 
Himoyada ma‘ruza va amaliyot o‘qituvchilari ishtirok etadi. Himoyagacha 
o‘qituvchi bajarilgan topshiriqning yozma bayonini (referat, konspekt, ma‘ruza, 
amaliy topshiriqlar bajarilgan daftar, ijodiy ish namunalari va x.k.) ko‘rib chiqib, 
kamchiliklarni bartaraf qilish xususida ko‘rsatma va maslaxatlar berib boradi. 
Ximoya topshiriq va uning bajarilish jarayoni, bajarilgan ishning taxliliy 
mazmunini gapirib berish, savollarga javob berish, tushuntirib berish, asoslab 
berish, qisqacha yozib berish shakllarida o‘tkazilishi mumkin va bunda talabaning 
topshiriq mazmuni va moxiyatini qanchalik o‘zlashtira olganligi e‘tiborga olinadi. 
Mustaqil ta‘lim bo‘yicha talabaning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi reyting jurnali 
va qaydnomada qayd etiladi. Topshiriqlarning bajarilganligini asoslovchi xujjatlar 
kafedrada ikki yil davomida saqlanadi. 



Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   156   157   158   159   160   161   162   163   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling