11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

- Ijtimoiy bilimdonlik 
Dars mobaynida sinf bilan samarali o‘zaro muomala shaklini tashkil eta 
olish, yoshlar bilan til toptirish va sog‘lom ma‘naviy muhitni hosil qila olish 
qobiliyati. 
- Uslubiy bilimdonlik- 
Barcha bilimlarini, ko‘rgan-kechirganlarni yoshlarga tushunarli, ravon tilda еtkaza 
olishi, ta‘lim texnologiyasi va metodlaridan boxabarlik qobiliyati. 
- Kasbiy bilimdonlik 


O‘z fanini va predmeti sohasi bo‘yicha chuqur va har tomonlama mukammal 
bilimlariga ega bo‘la olishi, o‘z ustida ishlash qobiliyati. 
Amaliyotda eng obro‘li, bilimdon pedagoglar birinchi navbatda insoniy 
bilimdonlik sohiblari bo‘lishadi va shundaylarni o‘quvchilar yaxshi qabul 
qilishadi. Chunki zamonaviy o‘quvchi ko‘plab ma‘lumotlarga ega, uning 
psihologiyasi, talab-takliflarini aniq bilib til topisha olgan shaxsgina pedagogik 
jarayonda katta yutuqlarga erishadi. 
Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy aytganidek, «Muallimning maqsadi 
mansab uchun kurash bo‘lmasligi, bilmagan ilmlarini aytmasligi, o‘zini ko‘rsatish 
uchun dars bermasligi, ochko‘zlik va johillik qilib, quruq gap sotmasliklari
g‘avg‘o ko‘tarmasliklari lozim». U muallimlikni olijanob va faxrli kasb deb 
hisoblaydi. Shu sababdan bo‘lsa kerak: 
Haq yo‘lida kim senga bir harf o‘qitmish ranj ila, 
Aylamak bo‘lmas oning xaqqin ado ming ranj ila. 
Pedagogik mahorat egasi oz mehnat sarf qilib, katta natijaga erishadi, o‘z 
ishining natijasi bilan mo‘jizalar yaratadi, ijodkorlik uning hamisha hamkori 
bo‘ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste‘dodli kishidagina pedagogik mahorat 
bo‘lishi mumkin. 
 
O‘qituvchining qobiliyatlari 
Qobiliyat malaka va uddaburonlikdan farq qiladi. Malaka va uddaburonlik 
mashq, o‘qish natijasi hisoblansa, qobiliyatning rivojlanishi uchun esa yana 
iste‘dod, layoqat va zehn, ya‘ni inson nerv tizimida anatomo-fiziologik hususiyat 
bo‘lishi ham zarur. 
Pedagogik faoliyatning samarali bo‘lishi uchun o‘qituvchida qobiliyatning 
quyidagi turlari mavjud bo‘lmog‘i lozim: 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling