11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet180/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

 
Ta‘lim shakli – ta‘lim jarayonining tashkiliy tuzilmasi. 
 
Tizim (mustaqil tushuncha sifatida) - o‘zaro bog‘langan ko‘plab elementlar 
(tarkibiy qismlar) o‘rtasidagi mustahkam birlik va o‘zaro yaxlitlik. 
 
Tiflopedagogika - (yunoncha typhlos – ko‘r) – ko‘rish qobiliyati buzilgan 
bolalarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish muammolarini 
o‘rganuvchi fan; korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim 
sohasi. 
 
Test - aniq maqsad asosida muayyan holat darajasini sifat va miqdoriy 
ko‘rsatkichlarda belgilashga imkon beruvchi sinov vositasi. 
 
Topshiriq - o‘quvchilarda mehnat, ijtimoiy xulq va hayotiy tajriba 
ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida qo‘llaniladigan usul. 
Tushuntirish - o‘quv materiali mazmunini isbot, tahlil, umumlashma
taqqoslash asosida bayon qilish. 
 
To‘garak - o‘quvchilarning qiziqish va qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida sinfdan 
yoki maktabdan tashqari sharoitda uyushtiriluvchi qo‘shimcha ta‘lim shakli. 
 
Umumiy pedagogika – maktab yoshidagi bolalarni tarbiyalash va ularga 
ta‟lim berish masalalarini o‟rganadi. 
 
Umumiy o‘rta ta‘lim - o‘quvchilarning fan asoslari bo‘yicha muntazam 
bilim olishlarini, ularda bilim o‘zlashtirish ehtiyojini, asosiy o‘quv-
ilmiy va umummadaniy bilimlarni, milliy va umumbashariy 
qadriyatlarga asoslangan ma‘naviy-axloqiy fazilatlarni, mehnat 
ko‘nikmalarini, ijodiy fikrlash va atrof-muhitga ongli munosabatda 
bo‘lishni va kasb tanlash ko‘nikmalarini shakllantirish bosqichi. 
 
Universitet - kadrlar tayyorlash va bilimlarning keng sohalari bo‘yicha oliy 
va oliy o‘quv yurtidan keyingi ta‘lim dasturlarini amalga oshiruvchi, 
yuridik maqomga ega ta‘lim muassasasi. 

Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling