11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari
Huquqiy tarbiyaning mazmuni. Huquqiy tarbiyani maqsad va vazifalari
Download 2.82 Mb. Pdf ko'rish
|
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи
3. Huquqiy tarbiyaning mazmuni. Huquqiy tarbiyani maqsad va vazifalari.
O‘zbekiston-mustaqil, demokratik, huquqiy davlatdir. Bu insonparvarlik qoidalariga asoslangan, millati, dini, ijtimoiy ahvoli, siyosiy e‘tiqodlaridan qat‘iy nazar fuqarolarning huquqlari va erkinliklarini ta‘minlab beradigan davlatdir. Qonuniylik va huquq-tartibot tantana qilmasa shaxsning huquqlari va erkinliklari amalga oshirib bo‘lmaydi. Shu jihatdan XII chaqiriq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n oltinchi sessiyasida qabul qilingan "O‘zbekiston Respublikasining ma‘muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi. Huquqiy tarbiyada asosiy dastur bo‘lib xizmat qiladi. Bunda voyaga еtmaganlarning javobgarligi to‘g‘risidagi moddalarni o‘rganishni osonlashtiradi. Pedagoglarni mazkur bo‘limdan foydalanish imkoniyatlarini vujudga keltiradi. Jazo turlari ham qayta-qayta muhokama qilinishi natijasida o‘quvchilarning ongiga mukammal singib boradi. O‘zbekiston Respublikasining mustaqil bo‘lishi munosabati bilan maktablardagi ta‘lim-tarbiya ishlari tinimsiz rivojlanib, takomillashib kelayotir. Mamlakatimizda juda katta ijtimoiy iqtisodiy o‘zgarishlar ro‘y berganligi, yangi jamiyat barpo etilganligi natijasida qonunchilik va huquq targ‘ibotni yanada mustahkamlash, fuqarolarning huquq targ‘ibotni yanada mustahkamlash, fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilinishini kuchaytirish tobora katta ahamiyat kasb etmoqda. Respublikadagi sog‘lom vaziyat, xalqning moddiy farovonligi va madaniy saviyasiniig o‘sib borayotganligi mehnatkashlarning onglilik va intizomlilik darajasi yuksalganligi tufayli huquqbuzarlik xollari tobora kamayib bormokda. Kishilar ongiga jamiyat manfaatlari yo‘lida halol mehnat qilish, sofdil, xaqgo‘y bo‘lishi, adolasizlikka, tekinxo‘rlikka, ta‘magirlikka qarshi murosasiz bo‘lishi, qonun me‘yorlariga hurmat nazari bilan qarash kabi xislatlar ko‘proq singib bormoqda. Ayni paytda Respublikada ma‘muriy javobgarlikka sabab bo‘layotgan huquqbuzarlik holatlari onda-sonda bo‘lsa ham, davom еtmoqda va ular barham topgan emas. Bunday xollarga batamom barham berish uchun qonun kuchidan, huquqiy tarbiyaning ta‘sir ko‘rsatish vositalaridan, keng jamoatchilik yordamidan еtarlicha foydalanilayotgani yo‘q. Huquq tartibotining har qanday buzilishlarini batamom yo‘qotish, qonunchilikni buzish xollariga befarq bo‘lmaslik umumxalq ishi bo‘lib, ular yoshlarga huquqiy tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Huquqiy tarbiyani esa bolaning yoshlik chog‘idan boshlash lozim. Chunki yoshlar bizning kelajagimiz, davlatimizning tez kunlardagi haqiqiy fuqarolaridir. Kelajak avlodning huquqiy; ma‘naviy kamol topishi hukumatning muntazam g‘amxo‘rlik qilishi ham shu boisdandir. O‘quvchilarga yuksak fuqarolik va ma‘naviy sifatlarni singdirishdek bag‘oyat zarur masalani to‘g‘ri va muvaffaqiyatli hal qilishda tarbiyaning barcha omil va vositalaridan, pedagogik ishning barcha usullaridan, oqilona, maqsadga muvofiq foydalanish, hyech shubxasiz, o‘zining samarali natijalarini beradi. Har bir pedagog ta‘lim bilan tarbiya birligiga, ta‘lim berib tarbiyalash va tarbiyalab ta‘lim berishga jiddiy e‘tibor berishi lozim. Xususan, o‘quvchi va yoshlarga huquqiy tarbiya berishda, ularda yuksak fuqarolik xis-tuyg‘ularini, sifat va xislatlarini tarkib toptirishda ta‘lim va tarbiya birligi muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabda o‘qitiladigan har bir fanning o‘ziga xos tarbiyaviy ahamiyati va imkoniyatlari bor. Ana shu imkoniyatlardan o‘z o‘rnida to‘g‘ri foydalanish o‘qituvchining bilim, tajriba va mahoratiga, ijodiy ishlashi, izlanishiga bog‘liqdir. Ta‘limiy va tarbiyaviy omil va vositalar ko‘p. Shulardan biri davlat ramzlaridan darslarda va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘rinli foydalanishdir. Hozirgi kunda maktab o‘quv dasturlarida mavjud bo‘lgan "Milliy istiqlol g‘oyasi", "Tarix", "Davlat va huquq asoslari", "Geografiya" darslarida va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda davlat ramzlaridan keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Download 2.82 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling