11-Mavzu: Jamoa tushunchasi va uning o’ziga xosliklari


Huquqiy tarbiyani amalga oshirishning yo‘l va vositalari


Download 2.82 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/213
Sana07.11.2023
Hajmi2.82 Mb.
#1753372
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   213
Bog'liq
МАЖМУА-Пед-назария-ва-тарихи

4. Huquqiy tarbiyani amalga oshirishning yo‘l va vositalari. Davlat 
ramzidan pedagogik maqsadlarda foydalanish, ta‘lim va tarbiya 
jarayonida ularning ahamiyatini o‘quvchilarga tushuntirish, ularning hulq 
atvoriga chuqur ta‘sir etadi. Hozirgi vaqtda davlat ramzidan foydalangan holda 
o‘quv-tarbiya ishlarini tashkil etish alohida muhim masalalardan bo‘lib turibdi. 
Hayotga qadam qo‘yuvchi har bir o‘smir o‘z Respublikasining qomusini 
bilishi, unga amal qilishi kerak. O‘quvchi va yoshlarda O‘zbekiston 
Respublikasi madhiyasi, gerbi va bayrog‘iga nisbatan chuqur hurmatni 
tarbiyalash ishlarimizning uzviy qismini tashkil etadi. Huquqiy tarbiyani 
muvaffaqiyatli hal etish uchun har bir maktab, kollej, litsey o‘z o‘quvchi va 
talabalariga davlat ramzlarining tub moxiyatini ochib ko‘rsatishlari va ular 
haqidagi Nizomlarni puxta o‘rganishlarini tashkil etishlari zarur. Davlat 
hokimiyatining ramzlari o‘zining mohiyati jihatidan huquq bilan bog‘liq 
bo‘lib, muhim tarbiyaviy mazmunga ega. O‘zbekiston Davlat gerbi, bayrog‘i, 
madhiyasi mamlakatimizdagi barcha millat va еlatlar birligi, do‘stligi va 


qardoshligining ramzlari hisoblanadi. Bundan ko‘rinib turibdiki, davlat ramzlari 
juda boy, siyosiy-ma‘naviy davlat tushunchalariga egadir. 
Ularning mazmunlari bilan o‘quvchi va yoshlarni tanishtirish 
pedagogik jamoalarning muhim burchidir. O‘quvchi va yoshlar o‘rtasida olib 
boriladigan ta‘lim-tarbiya ishlarida faqat Davlat ramzlaridangina 
foydalanib qolmay, balki o‘quvchilar tashkilotlarining ramzlarini ham 
o‘rganishga e‘tibor berish kerak. Bunday mashg‘ulotlar ko‘pincha sinfdan 
va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlarda amalga oshiriladi. 
Davlat ramzlarini o‘rganishni pedagogik jihatdan to‘g‘ri tashkil etilsa, u 
o‘quvchilarning huquqiy va ahloqiy xis-tuyg‘ulariga, vatanparvarlik 
qarashlariga yaxshi ta‘sir ko‘rsatadi. Bu borada o‘quvchilar bilan olib 
boriladigan jamoa tarbiyaviy ishlarining imkoniyatlari beqiyosdir. Davlat 
Gerbi, bayrog‘i, madhiyasi hamda o‘quvchilar tashkilotlari ramzlarining 
ahloqiy, siyosiy, huquqiy mazmuni haqida uyushtirilgan xilma-xil 
munozara va suhbatlar, shubxasiz, samarali natija beradi. Bunday tadbirlar 
o‘rtasida o‘quvchilarda fuqarolik sifatlarini tarkib topishiga yordam beradi. 
Davlat ramzlari faqat ta‘sirchan tarbiyaviy vosita bo‘lmay, balki ta‘limiy
jihatdan ham muhim omillardandir. 
O‘quvchilar Davlat gerbi va bayrog‘ining tasviri, Davlat madhiyasining 
matni bilan tanishadilar. Ularda davlat hokimiyati ramzlariga hurmat xis-tuyg‘usi 
qaror topadi. Umuman, davlat ramzlarini o‘rganishda o‘quvchilarning yosh 
hususiyatlari, 
albatta, 
hisobga 
olinishi, 
mavjud 
darslik, 
usuliy 
qo‘llanmalariga, qoida va nizomlarga to‘la amal qilinishi kerak. Davlat 
gerbi va madhiyasi, O‘zbekiston Respublikasi qomusi hamda o‘quvchilar 
tashkilotlarining ramzlari bilan olib boriladigan pedagogik ishlari samaradorligi 
huquqiy tarbiyaga bevosita bog‘liq ekanligini unutmaslik kerak. 
Hukumat qarorlarida maktablar, Oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari yosh 
avlodni har tomonlama еtuk va barkamol qilib tarbiyalashga da‘vat etilganlar. 
O‘zbekiston fuqarosi o‘z vatanini sevishi, xalqiga cheksiz sadoqatli bo‘lishi, 
O‘zbekiston Respublikasisning qonun va qoidalarini, ramzlarini yaxshi bilishi 
va ularga chuqur xurmat bilan munosabatda bo‘lishi shart. O‘quv chi va 
talabalarda ana shu xis-tuyg‘ularni tarbiyalash muqaddas vazifadir. 
Ahloq, odob qoidalarining buzilishi, tarbiyasi "qiyin" deb ataluvchi 
o‘smirlarga еtarlicha pedagogik ta‘sir ko‘rsatmasligimiz natijasida kelib chiqadi. 
O‘miriing bunday noahloqiy harakati oila, maktabda huquqiy tarbiya sohasida 
yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar bilan harakterlanadi. Ko‘cha-ko‘ydagi muhit ham 
o‘smirning shakllanishida katta ahamiyatga ega. Ko‘pincha odob 
me‘yoridan chetga chiqqan o‘smirlarning xulq-atvorini izohlashda, uning 
o‘tish davrida bir muncha tez jismoniy rivojlanishi va nerv tizimining kuchli 
kamoloti kabi omillarga kam e‘tibor beriladi. 
Organizmdagi fiziologik o‘zgarishlar bilan bog‘liq ravishda 
o‘smirning harakterida faollik, tashabbuskorlik kuchayadi. U o‘zidagi kuch-
qudratni jismoniy imkoniyatlari darajasida ishlatishda ba‘zan me‘yorni 
unitib qo‘yadi. Xaddan tashqari beboshlik, tarbiyaviy ta‘sirning еtarli 


emasligi intizom va jamoat tartibini buzishga sabab bo‘ladi, bezorilik
shumlik va shunga o‘xshash ko‘ngilsiz hodisalarni keltirib chiqaradi. 
O‘smirlar, odatda, turli tuman ijobiy va salbiy ta‘sirlarga tez beriluvchan 
bo‘lishadi, sezgirlik va ta‘sirchanlik ular harakterining shakllanishiga 
yordam beradi. Bu yoshda paydo bo‘lgan taassurot uzoq vaqt uning hayot 
yo‘lini belgilashi mumkin. O‘smirlar ko‘pincha o‘z shaxsiy idealini izlashda 
va unga o‘xshashga harakat qilishadi. Bu ideal o‘zlari bilgan tanigan odam 
yoki adabiy qaxramon qiyofasida namoyon bo‘ladi. 
O‘smirlarda o‘ziga ortiqcha baho berish kuchli bo‘ladi, Ular o‘zlarini 
tutish, muomala, xatti-harakatlarida kattalardek bo‘lishga intilishadi. Kattalarni 
ularning "mustaqilligini" cheklab qo‘yishga qaratilgan har qanday urinishlariga 
nisbatan juda sezgir bo‘ladilar. Odatda 14-15 yoshlarda iroda shakllana 
boshlaydi. Bunday yoshda o‘smirlar o‘zlarini ma‘lum darajada shakllangan 
shaxs sifatida anglab, kuchli irodali shaxslarni namuna qilib olib, 
o‘zlarida ularni fazilatlarini rivojlantirishga intilishadi. 
Shaxsning mavjud bo‘lishi, rivojlanishi va o‘zini ko‘rsata bilishining 
asosiy belgisi muomala hisoblanadi. Tarbiyaviy ishlar oqsab qolgan maktablarda 
o‘smirga ko‘cha-ko‘ydagi guruhlarning tasiri sezilarli iz qoldira boshlaydi. 
Ko‘chadagi muomalani boshqarish ancha mushkuldir. U ko‘pincha soxta 
o‘rtoqchilik va yuzaki "qahramonlik" shakllarini olishi mumkin. 
O‘smirlarda o‘yinqaroqlik mayli kuchli bo‘ladi. Hayotning o‘zi ular uchun 
o‘yindek tuyuladi. Ular uchun o‘yin qoidalari xulq-atvor andozasi bo‘lib qoladi va 
ularning xatti-harakatlarida o‘z aksini topadi. O‘smirlar o‘z xatti -
harakatlarini to‘g‘ri baholay olish me‘yorini unutib qo‘yadilar. Buning 
oqibatida bezorilik, beboshlik, hayvonlarga azob berish singari qiliqlar uning 
uchun oddiy holat bo‘lib qoladi va ularda berahmlik, birovning boshiga 
tushgan kulfatga befarq qarash, loqaydlik hususiyatlari paydo bo‘ladi. 
Shaxsning voyaga etishi g‘oyat murakkab davr hisoblanadi. Bu jarayon 
qiyinchilik bilan kechadi. Ko‘nikib qolgan ayrim odatlardan voz kechishga 
to‘g‘ri keladi. 
Oiladagi va maktabdagi nazoratning bo‘shligi natijasida huquqiy
tarbiya ham susayadi. Shu davrda o‘smirning yangicha xayot sharoitlarga 
ko‘nikishiga ko‘z-quloq bo‘lib turilmasa, huquqiy tarbiyadan chetga chiqish 
xavfi kelib chiqadi. Huquqiy tarbiyaning еtarli darajada shakllanmaganligi, 
bolada ma‘suliyat tuyg‘usining еtarlicha rivojlanmaganligida, oilaga va 
jamiyatga nisbatan o‘z burchini bilmaslik yoki tan olmaslik kabi urinishlarida 
ko‘rinadi. 
Ba‘zi oilalarda o‘smirni arzanda qilib o‘stirish, qo‘lini sovuq 
suvga urdirmaslik kabi odatlar vaziyatga tanqidiy baho bera olmaslikka olib 
keladi. 
Odatda o‘n olti yoshga to‘lgan shaxslar jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
Bu yoshda o‘smirlar sodir etilgan jinoyatning xavflilik darajasini anglab
еtgan bo‘ladilar va sodir etilgan jinoyat uchun javobgarlikka tortilishi 
mumkin ekanligini biladilar.Biroq ta‘qiqlangan va jamiyat uchun xavfli 
jinoyatlarni sodir etganlik uchun jinoiy javobgarlik o‘n to‘rt yoshdan boshlab 


belgilangan qasddan yoki ehtiyotsizlikdan odam o‘ldirish, badanga qasddan 
tan jaroxat еtkazib, kishi sog‘lig‘iga zarar еtkazish, nomusiga tegish, 
bosqinchilik, talonchilik, o‘g‘rilik ashaddiy bezorilik, davlat mulkini yoki 
fuqarolarning shaxsiy mulklarini qasddan nobud qilish yoki zarar еtkazish 
natijasida og‘ir oqibatlar kelib chiqishi, ashaddiy bezorilik, o‘q otar qurollar, 
o‘q-dorilar yoki portlovchi moddalarni, poyezdni halokatga olib kelishi kabi 
jinoyatlari uchun o‘n to‘rt yoshdan jinoiy javobgarlikka tortiladilar. 
Axloqi buzilgan o‘quvchilar bilan dastlabki ishlar, avvalo- xalq ta‘limi 
bo‘limlari, jamoalari tomonidan olib boriladi. Bunda o‘zlari otaliqqa olgan 
notinch oilalarga imkoniyatlari darajasida yordam berish ko‘zda tutiladi. 
Umumiy majburiy ta‘limga jalb qilish, kuni uzaytirilgan guruppalarga 
joylashtirish, otaliqa olishga tayinlash, ota-onalarning huquq va burchlari 
to‘g‘risida suhbatlar o‘tkazish, notinch oilalarni yig‘ilishlarda muhokama qilish, 
ota-onalar burchining qanday bajarilayotganligi haqidagi ma‘lumotlarni sudlariga 
jo‘natish kabi choralar jinoyatni oldini olish tadbirlariga kiradi. 
Tajriba voyaga еtmaganlar o‘rtasida huquq tarbiyasini olib borishda 
oilaviy axborotni barcha vositalaridan (matbuot, radio televideniye) yagona reja 
bo‘yicha foydlanishi zarurligini ko‘rsatmoqda. O‘quvchilarning huquqiy
tarbiyasi maktabda ham yagona reja asosida olib borilmog‘i uchun 
pedagoglar ota-onalar uchun huquqiy mavzuli targ‘ibotlar, savol-javob 
kechalarini tashkil etish, tarbiya usullari va bolalarni kuzatib borish haqida 
ota-onalar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazishni hozirgi kun talablari 
darajasiga ko‘tarishlari kerak. Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni 
targ‘ibot qilish o‘quvchilarning o‘zlashtirishini ko‘taribgina qolmasdan, balki 
ularni maktabdan tashqaridagi xulqning yaxshilanishiga yordam beradi. 
Xalqimiz o‘z-o‘zini anglab borayotgan hozirgi davrda maktab 
o‘quvchilarining maktabdan tashqaridagi xulqiga ta‘sir etish imkoniyatlari 
sezilarli darajada kengaydi, bolalar tashkilotlari faoliyatida qat‘iy bir 
maqsadga qaratilganlik oshdi, dam olishni tashkil etish yaxshilandi. 
Bolalar va o‘smirlar o‘rtasida olib boriladigan tarbiyaviy ishlarning yangi 
shakllari qo‘llana boshlandi. Yoshlar o‘rtasida huquqiy tarbiya ishlarini 
tashkil etish va sodir etiladigan huquqbuzarlikni oldini olish borasidagi 
pedagogik faoliyatini yanada kuchaytirish uchun fikrimizcha quyidagilarni 
amalga oshirish kerak: 
1.Umumiy ta‘lim maktablarida huquqiy bilimlarni targ‘ib qiladigan xonalar 
tashkil qilishga alohida ahamiyat berish; 
2.Barcha maktablarning sud, prokratura, advokatura, birinchi navbatda esa 
voyaga еtmaganlar inspeksiyasi va voyaga еtmaganlar ishlari bilan 
shug‘ullanuvchi komissiyalar bilan aloqasi mustahkamlanishi kerak; 
3. Doimiy ravishda yaxshi tajribalarni o‘rganish, umumlashtirish va ularni 
hayotga keng tatbiq qilish. 
To‘plangan bilimlardan, pedagogik tajribalardan oqilona foydalanish,
d a v l a t i m i z q o n u n l a r i v a q o i d a l a r i g a m u n t a z a m r i o ya q i l i s h
ko ‘nik mala rini singdirish huquqiy tarbiyaning samarali amalga oshirish 
garovidir 



Download 2.82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   213




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling